Turli muhitlarda elektr toki


Download 50.95 Kb.
bet2/5
Sana20.06.2023
Hajmi50.95 Kb.
#1636900
1   2   3   4   5
Bog'liq
turli muhitlarda elektr toki bolimin

Mustaqil razryad - gazlarda elektr tokini hech qanday tashqi ta’sirlarsiz o’z-o’zidan o’tishiga aytiladi.
Nomustaqil razryad - tashqi ta’sir natijasida gazlardan elektr toki o’tishi hodisasi bo’lib bunday gazning o’tkazuvchanligi ionizatorga bog’liq bo’ladi.
Mustaqil va nomustaqil razryad bilan yaqindan tanishamiz.
Mustaqil razryad
Gazlarning xossa va holatlariga elektrodning materiali, shakli, o’lchamlari va o’zaro joylashuviga, elektroddagi kuchalanish kattaligiga bog’liq ravishda mustaqil razryad
1. miltillama razryad
2. yoy razryad
3. toj razryad
4. uchqun razryad
kabi turlarga bo’linadi.

Nomustaqil razryad
Nomustaqil razryad tashqi ta’sir natijasida gazlarda elektr tokining o’tishi hodisasisdir. Nomustaqil razryad

2. fotoelektron


3. termoelektron
4. avtoinlanish
kabi turlarga bo’linadi.

Miltillama razryad
Gazlarda past bosimlarda ya’ni simob ustuni millimetrining o’ndan bir , yuzdan bir ulushlarida hosil bo’ladi. Bunda elektrodlar orasidagi masofa 30-50 sm elektrodlardagi kuchlanish o’zgarmas va bir necha yuz voltga teng bo’ladi.
Nurlanishning rangi nay ichiga to’ldirilgan gaz turiga bog’liq bo’ladi. bu xildagi razryad kunduzgi yorug’lik lampalarida, gaz razryadli naylar rekombinatsiyasi maqsadlarida yoki reklama yozuvlarida ishlatiladi.
Miltillama razryadlarda gaz razryadining rangi juda ajoyib bo’lib u naycha ichidagi gaz xususiyatlariga bog’liq. Masalan argon ko’k rang, neon – qizil rang, geliy - sariq rangli nurlanish bo’ladi.
Toj razryad
Atmosfera bosimida bir jinsli bo’lmagan kuchli elektr maydoni mavjud bo’lgan hollarda kuzatiladi. Toj razryad kuzatilishi mexanizmini quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Yuqori kuchlanishli sim atrofida tasodifan hosil bo’lgan musbat ion manfiy sim tomonga harakatlanadi va undan elektronlarni urib chiqaradi. Ular o’z navbatida gaz molekulalarini ionlashtiradi bu protsesda nurlanish kuzatiladi. Demak toj razryadi hosil bo’lishi uchun nihoyatda kuchli ammo notekis elektr maydon mavjud bo’lishi lozim. Masalan elektrod sirti tekis bo’lmay unda katta darajadagi egrilikning qavariq hollariga tegishli sirtda zaryadlarning katta konsentratsiyasi vujudga keladi. Bunday sirt atrofida binafsha rangli nurlanish kuzatiladi. Yashin qaytargichning ishi toj razryadga asosalangan. Atmosferada momaqaldiroq bo’lgan vaqtda hosil bo’ladigan kuchli elektr maydon yashin qaytargichning ichida toj razryadni vujudga keltiradi. Bu razryad zaryadning bino oldida to’planishga yo’l qo’ymay ularni yerga o’tkazib turadi va binoni yashin urishdan saqlaydi.

Download 50.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling