Turli muhitlarda elektr toki


Download 50.95 Kb.
bet4/5
Sana20.06.2023
Hajmi50.95 Kb.
#1636900
1   2   3   4   5
Bog'liq
turli muhitlarda elektr toki bolimin

Gazlarni ionlashtirish
Aytib o’tganimizdek gaz molekulalari elektr jihatdan neytraldir. gaz elektrni o’tkaza olishi uchun uning molekulasidan biror usul bilan bitta yoki bir nechta elektronni uzib olish kerak. Bunda gazda erkin tok tashuvchilar ionlar va elektronlar paydo bo’ladi. Bu jarayon gazni ionlashtirish deb ataladi.
Lekin neytral molekulalardan elektronni uzib olish uchun ma’lum ish bajarishi kerak yoki boshqacha aytganda energiya sarflashi kerak.
Bu energiyaning minimal qiymali ionlanish energiyasi deb ataladi.
Gaz molekulalarini elektronlar , alfa zarrachalar bilan bombardimon qilib hamda yorug’lik rengen nurlari bilan nurlantirib ionlashtirish mumkin. Gazlar ionlanadigan tashqi ta’sirga ionlashtirgich deyiladi.
Gaz ionlashtirgich sifatida alanga xizmat qilishi mumkin.
Agar A va K plastinalar oralig’ida spirt lampasining alangasi kiritilsa unga qadar nolni ko’rsatib turgan mikro ampermetr strelkasi darhol elektr toki o’tayotganini ko’rsatadi.
Gaz ionlashtirilganda molekuladan ko’pincha bitta elektron yulib olinadi va musbat zaryadga ega bo’lgan musbat zaryadga ega bo’lgan musbat ion qoladi.
Elektr maydon bo’lmaganda elektronlar va ionlar haotik harakatda bo’ladi. Ular to’qnashganda yangi neytral molekula hosil bo’ladi. Bu jarayon yuqorida ta’kidlaganimizdek rekombinatsiyadir.
Ionlashtirish va rekombinatsiyalash jarayonlari paralel holda boradi va ular orasida dinamik muvzanatda vujudga keladi.
Ionlashtirish natijasida molekuladan ajratib olingan elekton neytral molekula bilan uchrashib manfiy ionni hosil qiladi. Shunday qilib ionlashtirish natijasida gazlarda musbat va manfiy ionlar va erkin elektronlar hosil bo’ladi. Agar ionlangan gaz bilan to’lgan fazoda elektr maydon hosil qilinsa, ionlar va elektronlar tartibli harakatga keladi va zanjirda elektr toki hosil bo’ladi.



Tok kuchining kuchlanishga bog’liqligi
Agar yuqoridagi(katod va anod ) qurilmada Ava K plastinalar orasidagi kuchlanish asta sekinorttirilib borilsa zanjirdagi tok kuchining ham ortib borganini sezish mumkin.!rasm!
Kuchlanishning kichik qiymatlarida tok kuchi kichlanishga to’g’ri proporsional
I—U
ya’ni OM qonuni o’rinlidir.
Grafikda bu bog’lanish OA qismiga mos keladi. Maydon kuchlanganligi katta qiymatlarida tok va kuchlanish orasidagi
I—U
bog’lanish buziladi. Bunda kuchlanish ortishi bilan tok kuchi ham ortib boradi. Bu grafikda AB qismga to’gri keladi.
Kuchlanish grafikda B nuqtaga mos kelgan qiymatga yetganda tok kuchining ortishi to’xtaydi. Kuchlanish yana orttirilsa ham tok kuchi o’zgarmaydi. Tokning bu qiymati to’yinish toki deb ataladi. Tashqi ionlashtirgich ta’sirida birlik vaqt ichida hosil bo’layotgan elektrodlarga yetib borayotgan zarrachalar soniga teng bo’lsa, tok to’yinish qiymatiga yetadi.
Faqat tashqi iyonlashtirgich doimiy mavjud bo’lganda boradigan elektr razryadi nomustaqil razryad deb ataladi
Bugungi yangi mavzuyimizning qisqacha bayoni shu. Keling endi yangi mavzumizni mustaqil o’zlashtirishga harakat qilib ko’ramiz.
Har bir guruhga yangi mavzuga oid tarqatma manba’alar berib chiqiladi.
Guruhlarga yangi mavzuni mustaqil o’rganish uchun vaqt beraman.
har bir o’quvchidan qo’lidagi manba’a asosida organganlarini tushintirib berishini so’rayman.

Download 50.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling