Turli muhitlarda elektr toki


Download 50.95 Kb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi50.95 Kb.
#1636900
1   2   3   4   5
Bog'liq
turli muhitlarda elektr toki bolimin

Uchqunli razryad
Atmosfera bosimida elektrodlar orasidagi elektr maydonning kuchlanganligi juda katta.
E-3000 kV/m
bo’lganda zarbdan uyg’unlashish natijasida qisqa vaqtli razryad uchqun vujudga keladi.
Elektron erkin yugurish uzunligidan atom yoki molekulani ionizatsiyalash uchun yetarli energiyani oladi va lavina vujudga keladi. Lavinalar bir-birining ustiga tushib strimar uchqun kanalini hosil qiladi. Yashin impuls lampasining chaqnashi va boshqa ko’pgina jarayonlarda gaz oralig’idan qisqa vaqt ichida cheklangan elektr oqimi miqdori oqib o’tsa uchqun razryad yuz beradi. Mustaqil razryaddan uchqun razryadlagichlarda ichki yonuv dvigatellarida yonilg’i aralashmasini o’t oldirishda zajigalkalarda metallar sirtini erroziyadan saqlash va boshqa maqsadlardan foydalaniladi.

Yoy razryad
Turli gazlarda bosim atmosfera bosimining o’nli ulushlaridan tortib bir necha ming atm bosimigacha bo’lgan bosimda ro’y beradi. Gaz razryadlari ichida amaliy jihatdan juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan elektr yoyidir.
Yoy razryadlarini siz kundalik hayotingizda ham ko’rgansiz.
Elektr yoyini hosil bo’lishi uchun 2 ta ko’mir sterjen olib ularga 40-50V kuchlanish beriladi va avval ularning uchlari bir-biriga tekkiziladi. Bunda ikkala sterjen uchlari orasida birdanniga ko’zni qamashtirarli darajada ravshan nurlanish ro’y beradi. So’ngra elektrodlar bir-biridan biroz uzoqlashtirilsa ular orasida yoy shaklida kuchli yorug’lik beruvchi elektr yoyi deb ataluvchi mustaqil gaz razryadi hosil bo’ladi. Elektr yoyini 1- bo’lib, 1802-yilda rus akademigi V.V.Petrov kashf qilgan.
Yoy razryadida temperetura 250-4000C gacha ko’tarilishi metallurgiyada yoy razryadidan issiqlik oladigan elektr pechlarida metallarni payvandlash ishlarida qo’llaniladi. Yoy razryadi juda kuchli yorug’lik manbaidir. Undan projektorlarda, proyeksion apparatlarda va kino apparatlarida foydalaniladi.
Ikki elektrod oralig’ida yuzaga keladigan bunday razryad elektrodlarning biri qizishi natijasida undan juda ko’p miqdordagi termo elektronlar uchib chiqishi va ushbu termo elektrodlar ikki elektor oralig’idagi gazni keskin, tez ionlashtirishi natijasida sodir bo’ladi. Yoy razryadida elektrod orasidagi kuchlanish katta bo’lamasa ham tok kuchi juda katta bo’lishi natijasida yoysimon yorug’lik chiqadi.

Download 50.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling