Turli yoshdagi guruhlarda huquqiy tarbiya berishni tashkil etish


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiyani tashkil etish


Download 160.47 Kb.
bet8/9
Sana03.02.2023
Hajmi160.47 Kb.
#1150608
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dilanavoz1562234

2.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiyani tashkil etish
Jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari – bu bolalarning rang-barang faoliyatini ta’lim-tarbiyaviy majmuasi bo‘lib, uning asosini harakat faoliyatiga tashkil etadi. Bolalar harakat faoliyatini tashkil etishini shakllari quyidagilardan iborat: 1. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlar; 2. Kun tartibidagi jismoniy sog‘lomlashtirish ishlari: ertalabki gimnastika, harakatli o‘yinlar va sayr paytidagi jismoniy mashqlar, jismoniy daqiqalar, kunduzgi uyqudan so‘nggi jismoniy mashqlar, chiniqtirish tadbirlari; 3. Faol dam olish: bolalar turizmi, jismoniy dam olishlari, jismoniy tarbiya bayramlari, salomatlik kunlari, ta’tillar; 4. Bolalarning mustaqil harakat faoliyati; Bu shakllarning barchasi jismoniy tarbiya va bolani har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi. 6 Jismoniy tarbiya faoliyati bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam o‘rgatishning asosiy shaklidir. Faoliyatlarning ahamiyati harakatlar madaniyatini mujassam shakllanishi, sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Faoliyatlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo‘nalgan holda faoliyat ko‘rsata oladigan, shuningdek, ahloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Jismoniy faoliyatlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda o‘tkaziladi. Yoz paytida o‘yinlar, mashqlar ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida o‘tkaziladi. Ilk qadam davlat o‘quv dasturida har bir yosh guruhi uchun belgilangan jismoniy mashqlar faoliyatlarning mazmunini tashkil etadi. Mazmuniga ko‘ra xilma-xil faoliyatlani o‘tkazishda vazifalarning aniq va oydin bo‘lib qolishi, dasturni o‘tishda izchilikka rioya qilish, shuningdek bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish shartdir. Faoliyatlar tuzilishi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo‘yilgan vazifalar, nerv tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichidagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Faoliyat paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. Jismoniy tarbiya faoliyati o‘zaro bog‘liq uch qismdan iboratdir: 1. Kirish – tayyorgarlik. 2. Asosiy qism. 3. Yakuniy qism. Ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari faoliyatning har bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga egadir. Jismoniy tarbiya faoliyatining birinchi qismi qo‘yilgan vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Faoliyatning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat ko‘nikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta- 7 sekin faoliyatlarning asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv tez faoliyatga tayyorlashdan iboratdir. Shu maqsadda bolalarga to‘g‘ri qad-qomatni tarbiyalashga, yassi tovonlikni oldini olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada mo‘ljal olish bilan bog‘liq, bajarilishi ko‘p vaqtni talab qilmaydigan tanish mashqlar va ularning variantlarini bajarish taklif etiladi. Bunday mashqlarga quyidagilar kiradi: saflanish mashqlari – turlicha saflanishlar va qayta saflanishlar; turli topshiriqlar bilan bajariladigan yurish va yugurish; tarqalib yengil yugurish hamda keyinchalik katta va kichik davra, kolonna va hakozo bo`lib saflanish; turli ko‘rinishdagi va yassitovonlikning oldini olish maqsadidagi yurishlar tovonda, oyoq uchida, poldagi qalin shnur ustida, narvonda yurish va boshqalar. Kirish qismi bolalarning kolonnaga uch to‘rttadan bo‘lib saflanishi, tarqalishi… bilan yakunlanadi. Bu bolalarni faoliyatning asosiy qismi boshlanishidagi umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatishga o‘tish uchun xizmat qiladi. Bu qism kichik guruhlarda 2-4 daqiqagacha, o‘rta guruhlarda 3 dan 5 daqiqagacha, katta va maktabgacha tayyorlov guruhlarida 4 dan 6 daqiqagacha, davom etadi. Faoliyatlarning asosiy qismi vazifalari va mazmuni Faoliyatning bu qismida bir holatda dastlab bolalarni umumrivojlantiruvchi mashqlarga, so‘ngra asosiy harakatlarga o‘rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari belgilanadi; ikkinchi bir holatda asosiy harakat mashqlariga o‘rgatish belgilanadi. Bu mashqlar yangi harakat materiali bilan tanishtirishni, avvaldan tanish mashqlarni turli variantlardan foydalanib takrorlashni, mustahkamlanish bosqichidagi harakat ko‘nikmalarini takomillashtirishni ko‘zda tutadi. Shundan so‘ng barcha bolalarni intensiv harakatga tortadigan qoidali harakatli o‘yinlar o‘tkaziladi. Bolalarning psixik ish qobiliyatining davomsizligini hisobga olib, murakkab vazifalar asosiy qismning boshida belgilanadi (bolalarni yangi material bilan tanishtirish yoki juda murakkab koordinatsiyali mashqlarni bajarish).

XULOSA
Usib kelayotgan avlod huquqiy tarbiyasining xususiyatlari yangi jamiyatning o’z xarakteri, turmush tarziga asoslanadi. Ularning hammasi prinsipal jihatdan yangi, yanada murakkab muammolarni hal etish zaruriyatini taqozo qiladi.
Avvalo, huquqiy tarbiya yangi insonni kamol toptirishning samarali vositasi hisoblanadi. Qonunlar jamiyatimizning eng muhim axloqiy normalarini ifodalash bilan ayni bir vaqtda ushbu normalarning nafaqat e’lon qilinishi, shu bilan birga real ta’minlanishining dalili bo’lib ham xizmat qiladi. SHu jihatdan olganda huquq qudratli tarbiya vositasi hisoblanadi.
Huquqiy tarbiya yana shuning uchun ham muhimki, jamiyat qonunlari o’zining dalzarbligini saklab qoladigan ilg’or va insoniy qoidalarni o’z ichiga olgan bo’ladi. Turgan gapki, o’z mohiyatini yo’qotgan normalar barham topadi, lekin ko’pgina narsalar saqlanib ham qolai. Avvalo, mehnat intizomiga, uning samaradorligini, unga nisbatan ijodkorona munosabatni ta’minlashga, iqtisodiy negizni mustahkamlashga, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarning uyg’un tarzda qo’shib olib borilishiga, odamlarning bir-biriga do’stona munosabatda bo’lishiga taalluqli va shu kabi qoidalar yashab qoladi. Endi ular huquqiy norma, qonun sifatida bo’lmaydi. Odamlar tegishli qoidalarga amal qilishga o’rganishadi, bu ular uchun odat tusiga kiradi. Ana o’shanda bunday qoidalarni qonunlarda mustahkamlab qo’iish va ularni, mabodo bunday qoidalarga rioya qilinmaganida buning uchun tegishli huquqiy javobgarlikka jalb qilinadi, degan ko’rsatma orqali isbotlab qo’yishga bo’lgan zaruriyat o’z-o’zidan barham topadi. Bunday qoidalar endi ma’naviy tartibga soluvchilar tarzida amal qilaveradi.

Download 160.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling