Turon universiteti


Download 95.7 Kb.
bet8/9
Sana10.11.2023
Hajmi95.7 Kb.
#1763360
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ijtimoiy taraqqiyotning xozirgi davri va umumbashariy muammolar yangi

Oziq-ovqat muammosi. Bugungi dunyo aholisi 7 millionga yetdi va uning soni ortib bormoqda. Tez o‘sib borayotgan dunyo aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash muammosi keyingi paytlarda jahonning bir qancha mintaqalarida ancha keskinlashdi. Mavjud ma’lumotlarga asosan, dunyo xalqlarining 2/3 qismi 196 doim oziq-ovqat taqchilligi hukm surayotgan mamlakat xalqlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mintaqalarda ekiladigan yer maydonlari aholi jon boshiga nisbatan kamayib, 0,2 ga ni tashkil etmoqda. Holbuki, 1950-yilda bu ko‘rsatkich 0,5 ga ni tashkil etgan edi. Oziq-ovqat zaxiralarining o‘sishini, bir tomondan, ishlanadigan yer maydonlarini kengaytirish hisobiga, ikkinchi tomondan ekilayotgan maydonlarning hosildorligini oshirish hisobiga ta’minlash mumkin. Keyingi paytlarda hosildorlikni ko‘paytirish ustida juda ko‘p ishlar qilinib, o‘tgan asrning 80-yillari oxirlariga kelib dunyo miqyosida yetishtirilgan mahsulot o‘sishining 90% hosildorlikni ko‘tarish hisobiga to‘g‘ri keldi. Ammo, bizga ma’lumki, bunday muvaffaqiyatlarga tabiatga haddan ziyod qilingan qattiq zug‘um natijasida erishildi. Juda ko‘p yerlar bunday tazyiqqa dosh bera olmasdan ishdan chiqa boshladi. Bugungi kunda ana shu yerlarni tabiiy holatiga qaytarish uchun imkoniyat qolmadi. Bunday tahlikali holatning sabablarini aholining tabiiy o‘sishi nihoyatda tez sur’atlar bilan ko‘paygani, ularning ish va oziqovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishi bilan tabiiy muhitning ekologik muvozanatini saqlash uchun yetarli mablag‘ni topa olmayotganligidan izlash kerak. Rivojlangan va kam taraqqiy etgan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovutni yo‘qotish ham davrimizning eng chigal jahonshumul muammolari qatoridan o‘rin oldi. Rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy texnologiya, ilg'or ishlab chiqarish malakasi va insoniyatning ilmiy-texnika yutuqlari sistemalashtirilgan bilimlar zaxirasi to‘planib, shu bilan birga aholining tabiiy o‘sish darajasining pastligi boshqa mamlakatlarga nisbatan o‘z mamlakati aholisining iqtisodiy yashash tarzining beqiyos darajada yaxshilanishiga olib keldi. Bu mamlakatlarda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning o‘ziga xos tomonlari shundaki, mazkur mamlakatlarda industrlashtirish jarayoni o‘tgan asrimizning 70-yillari boshidayoq tugallanib, eng‘ avval AQSH, keyinchalik Germaniya, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarish taraqqiyotining yanada yuqoriroq bosqichiga o‘ta boshladi. Bunda ilmiy texnika yutuqlari ko‘proq talabga mos va yuqori texnologiyani rivojlantirishga ko‘p e’tibor berdi, tabiiyki, oqibatda juda katta foyda olina boshlandi. Bunday ishlab chiqarish jarayonida malakasiz yoki kam malaka va bilimga ega bolgan ishchi kuchlariga ehtiyoj keskin kamayib ketadi. Bunda iqtisodiy taraqqiyot darajasi tabiiy resurslar yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan emas, balki ilmiy-bilim, texnologiya, murakkab mashina va uskunalar bilan o’lchanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar bu darajaga yetishish uchun bir qator jarayonlardan o‘tgan. Birinchidan, bu mamlakatlar tabiiy boyliklari hisobiga orttirilgan milliy daromad miqdorining mamlakat aholisi jon boshiga tushadigan salmogl keskin darajada ko‘paydi. Ikkinchidan, mamlakat aholisining tug‘ilishini chegaralash, ularga sarflanadigan mablag'ni yuqori texnologiyani egallashda zarur bolgan mutaxassislar yetkazish uchun sarflash ko‘zda tutildi. Uchinchidan, ilmiy tadqiqot, oliy o‘quv yurtlari va maorifga taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy manba sifatida qarab, birinchi darajali ahamiyat berildi. Chunki yuqori texnologiyani egallash yuqori malakali ilm egalarini talab qiladi. Ijtimoiy taraqqiyot darajasini belgilovchi eng asosiy omil — ilmiy tafakkur esa jamiyat a’zolarining ma’rifatlilik darajasini belgilab beradi. Bu sohada, butun jahon miqyosida fan va ta’limga 3—4% yalpi milliy mahsulotning miqdorida mablag1 ajratilayotgan bir paytda, 0 ‘zbekistonda bu ko‘rsatkich bir necha marta ko‘p miqdorda ekanligi kelajakka katta umid bilan qarashga imkon tug‘diradi. XX asrning so‘nggi o‘n yilligida ba’zi mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy ko‘rsatkich orasidagi tafovut tobora kuchayib bordi. Agar XX asrning 60-yillarida Hindistonda ishlab chiqariladigan yalpi ijtimoiy mahsulot jon boshiga 50—70 dollarni tashkil etgan bolsa, Afg‘onistonda 60-70 dollar, Turkiyada 243 dollar, Yaponiyada 1400 dollar, AQShda 3600—3800 dollar bolgan. 1994 yilgi ma’lumotlarga muvofiq, yalpi milliy mahsulot jon boshiga Hindistonda 370 dollar, Afg‘onistonda 80 dollar, Turkiyada 3900 dollar, Bangladeshda 125 dollar, Germaniyada 22 ming dollar, 198 Italiyada 14,8 ming dollar, AQShda 26 ming dollar, Janubiy Koreyada 8,7 ming dollar, Yaponiyada 37000 dollar bolgan. Demak, kambag‘al davlatlarning kambag‘allashishi yanada kuchayib bormoqda. Buning bosh sababchisi, shu mamlakatlardagi demografik jarayon ekanligi ta’kidlanmoqda. Aholining faqat miqdoriy o‘sishining o‘zi ko‘r-ko‘rona yaxshi yashash tarziga olib kelavermaydi. Buning uchun mamlakat aholisining e’tiqodi, milliy psixologiyasi, qadriyat va an’analarini hisobga olgan holda faol demografik siyosat olib borish zarur. Demografik muammolar. XX asr o‘zining bir qator belgilari bilan oldingi barcha davrlardan keskin farq qiladi. Xususan, XX asrni «demografik portlash» davridir, degan qarashlar ham keng tarqalgan. Bunda qolgan barcha jahonshumul muammolarni keltirib chiqaruvchi bosh sabablardan biri ham aynan yer yuzida aholining tez sur’atlar bilan ko‘payishi bilan bevosita bogliq ekanligi nazarda tutiladi. «Demografik portlash» tushunchasi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning qisqa bir davrida, muayyan mintaqa yoki mamlakatda va Shuningdek, butun yer yuzida tabiiy tug‘ilish hisobiga aholi miqdorining nihoyatda tez ko‘payishini anglatadi. Insoniyatning oldida ana shunday xavf borligi to‘g‘risida dastlab ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766—1834-y.) ogohlantirgan edi. U o‘zining «Aholishunoslikning qonuniyati to‘g‘risida tajribalar» nomli kitobida aholining geometrik progressiya bo‘yicha ko‘payishini, uning hayot kechirishi uchun zarur bolgan moddiy ne’matlarning ko‘payishi arifmetik progressiya bo‘yicha ro‘y berishini aytgan edi. Maltus bu jarayonning oldi olinmasa, yaqin kelajakda, planetar masshtabda, tabiiy muhit berishi mumkin bolgan moddiy ne’matlar miqdori bilan juda tez sur’atlarda ko‘payayotgan dunyo aholisi ehtiyoji o‘rtasida ziddiyat vujudga kelishini bashorat qilgan edi. Darhaqiqat, bundan 6—8 ming yillar oldin yer yuzida 5 mln. atrofida odamlar istiqomat qilishgan, deb taxmin qilinadi. Bu ko'rsatkich eramizning boshlarida 230 mln., 1-ming yillikning oxiri 2-ming yillik boshlarida, ya’ni Beruniy zamonida 305 mln., 1500-yilda 440 mln., 1800-yilda 952 mln., 1900-yilda 1656 millionni, 2012-yilda esa 7 mln.ni tashkil etgan. XVI asr boshidan 199 XIX asr boshigacha, ya’ni uch asr mobaynida bu ko‘rsatkich 174 foizga oshganligini; 1900-yildan to 2016-yilgacha esa bu nisbat salkam 5 barobar oshganligini kuzatamiz. XX asrning ikkinchi yarmida yer yuzi mintaqalarida aholining tabiiy ko‘payish sur’atlari turlicha bolib, bu o‘z navbatida, Yer yuzida mintaqalar, mamlakatlar, xalqlar salmoglning keskin o'zgarishiga olib kelmoqda. Masalan, 1800-yilda (Napoleon zamonida) Fransiya aholisi 27 mln. kishi — Yer yuzi aholisining 3 foizini tashkil etgan bolsa, Filippin orollarida yashayotgan aholi 1,6 mln. kishi miqdorida bolib, planeta aholisining umumiy salmoglga nisbatan 0,16 foizni tashkil etardi. 1999-yil 13-oktabr kuni Yer yuzi aholisi olti milliardlik dovonni bosib o‘tdi. Fransiya aholisi 56,2 mln.ni, Yer yuzi aholisi salmoglning 0,94 foizini, Filippin aholisi ham 65 mln. kishini tashkil etib, jahon aholisidagi salmogl (1,05%) bo‘yicha Fransiyadan o‘zib ketdi. Bu borada milliarddan ko‘p aholi yashaydigan Xitoy va Hindiston alohida o‘rin tutadi. Xullas, bu masala bir mamlakat doirasidan chiqib, jahon muammosiga aylandi. U bilan bogliq muammolarni hal qilish uchun ham butun jahonda mushtarak faoliyat olib borish zarur.

Download 95.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling