Kategoriya
|
Category
|
Koevolyusiya – olamdagi barcha narsa va hodisalarning, tabiat va jamiyatning birgalikda tadrijiy rivojlanishi.
|
Koevolyusiya
|
Co-evolution
|
Kreasionizm – butun borliqni Xudo yaratganligini e’tirof etuvchi diniy ta’limot.
|
Kreasionizm
|
Creationism
|
Kuzatish– bevosita idrok qilish orqali narsa va hodisalarni qanday bo‘lsa, shundayligicha tabiiy asosda o‘rganish metodi. Kuzatish o‘zining aktivligi, maqsadga qaratilganligi bilan oddiy idrokdan farq qiladi.
|
Nablyudenie
|
watching
|
Logos (yunon. logos – so‘z, ta’limot) – dastlab: so‘z, nutq, til; keyinchalik: fikr, aql, qonun.
|
Logos
|
Logos
|
Madaniyat (arab. shaharga oid, farovon maskan, taraqqiyot o‘chog‘i)–insonning tabiatga bo‘lgan o‘ziga xos faol munosabat bo‘lib,uning davomida inson o‘zini o‘rab turgan tabiiy muhitni muayyan maqsadlari asosida qayta ishlaydi, o‘zgartiradi, o‘z ehtiyojlariga moslashtiradi, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratadi.Madaniyat nisbiy ravishda ma’naviy va moddiy madaniyatga bo‘linadi. Moddiy madaniyat tushunchasi sivilizatsiya tushunchasi bilan uzviy bog‘liq.
|
Kultura
|
culture
|
Mazmun – narsa yoki hodisani aynan shu narsa yoki hodisa sifatida ifodalovchi xususiyatlar, muhim elementlar, jarayonlar va o‘zgarishlarning majmui. Shakl – mazmunning mavjudlik usuli, ya’ni tuzilishiniifodalovchi, narsa va hodisalarning ichki va tashqi tomonlarining birligidan iborat. Mazmun va shakl uzviy aloqador bo‘lib, olamda muayyan mazmun va shaklga ega bo‘lgan narsa va hodisalar mavjud.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |