Gegel
|
Hegel
|
Gedonizm (yunon. hedone – huzur–halovat, rohatlanish) –inson xatti-harakatlarining asosiy motivi va maqsadini, shuningdek hayotining ma’nosini huzurlanish, lazzatlanish tashkil etishi haqidagi axloqiy tamoyil. Unga ko‘ra huzur-halovat keltiruvchi va azob uqubatdan qutqazuvchi kuch yaxshilik sifatida, azob–uqubat keltiruvchi kuchni esa yomonlik sifatida ta’riflanadi.
|
Genezis'>Geliotsentrizm'>Gedonizm
|
Hedonism
|
Geliotsentrizm (yunon. helios – Quyosh) – Quyosh sistemasining markazida Quyosh joylashganligi haqidagi tasavvur, ta’limot.
|
Geliotsentrizm
|
heliocentrism
|
Genezis (yunon. genesis – kelib chiqish, paydo bo‘lish) – muayyan narsa yoki hodisaning kelib chiqishi va rivojlanishi.
|
Genezis
|
Genesis
|
Gilozoizm'>Germenevtika (yunon. hermeneutikos – tushuntirish, talqin etish) – ilgari matnlarni tushuntirish metodi, keyinchalik –«tushunish» kategoriyasini ta’limotining markaziga qo‘ygan zamonaviy falsafiy yo‘nalish, shuningdek ijtimoiy fanlarda bilish metodlaridan biri.
|
Germenevtika
|
Hermeneutics
|
Gilozoizm (yunon. hyle – jism va zoe – hayot) – butun olamni tirik organizm sifatida talqin etuvchi ta’limot.
|
Gilozoizm
|
hylozoism
|
Gipoteza (yunon. hypothesis – asos, taxmin) – haliisbotlanmagan nazariy fikr, faraz;bilish faoliyatining usuli, tadqiqot jarayonida vujudga kelgan savolga haqiqatligi ehtimol qilingan javob; shakllangan muammoli bilim.
|
|