Turon zamin ziyo
Download 0.92 Mb.
|
BOLALAR RIVOJLANISHIDA JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- FUNKSIONAL HOLAT
JISMONIY RIVOJLANISH
Antropologik o‘lchovlarni o‘tkazish uchun alohida xona bo‘lishi kerak, xona harorati 20-22 darajada. Barcha o‘lchovlar bolaning o‘ng tomonida o‘tkaziladi. O‘lchash uchun zarur uskunalar: Bo‘yini o‘lchash uskunasi - 1 dona, medik tarozi - 1 dona, santimetr o‘lchagichi - 2 dona. Bola bo‘yini o‘lchash. Tana uzunligi boshning eng yuqori nuqtasidan pastigacha o‘lchanadi. Bola tekis joyda, tik holatda turishi kerak. Bosh qismi gorizontal xolatda, antropometr esa tik chiziqdan chetlanmasligi kerak. O‘lchash aniqligi 0.1 sm gacha. Natija santimetrlarda yoziladi. Tana vaznini o‘lchash. Vaznini o‘lchash medik tarozisida (kilogramm) amalga oshiriladi (ustki kiyim va oyoq kiyimiyechilgan holda). O‘lchashdan oldin tarozi nol ko‘rsatishi kerak. O‘lchash aniqligi Q - 50gramm. Ko‘krak qafasini o‘lchash. O‘lchash uchun santimetr o‘lchagichi ishlatiladi, har 200-250 marta o‘lchagandan so‘ng santimetr o‘lchagichini almashtirish lozim. O‘g‘il bolalarni o‘lchaganda santimetr shonaning past qismidan boshlab ko‘kragining past chizig‘igacha o‘lchanadi. -215- Qiz bolalarda esa- ko‘kragining tepa qismigacha. Bola tik holatda, qo‘lini ko‘tarib turishi kerak, nafas olib va nafas olmasdan o‘lchanadi, ko‘rsatkichlar santimertlarda aks ettiriladi. FUNKSIONAL HOLAT Arterial qon bosimini o‘lchash (sistolik va diastolik). O‘lchash uchun Korotkov simobli monometri kerak bo‘ladi - 1 dona. Arterial bosim o‘tirgan holatda o‘lchanadi, bolaning o‘ng qo‘lida maxsus manjetlar yordamida. 2-3yoshar bolalar uchun M-55, 6-yoshar uchun M-85 manjetlari ishlatiladi. Bolaning qo‘lini kiyimidan bo‘shatib manjet kiydiriladi, manjetdagi bosimni 20-30 mm ko‘proq odatdagi bosimdan (140-160mm) ko‘taradilar va 2-3 mm tezligi bilan kamaytiradilar. Yangi urish tovushi paydo bo‘lganda sistoletik bosim deb hisoblanadi. Urish tovushlari to‘liq ko‘tarilganda esa- diastolik bosim. O‘lchash 2 marta o‘tkaziladi, protokolga esa o‘rtacha ko‘rsatgich yoziladi. Yurak urishini o‘lchash (puls). Yurak urishi sekundomer yordamida o‘lchanadi, 30 sekund davomida o‘tirgan xolatda, kaftingizni bolaning yurak qismiga qo‘ygan xolda. Keyin bu ko‘rsatgich 2 ga ko‘paytiriladi va 1 daqiqa davomida puls nechta urishi aniqlanadi. O‘pka hajmini o‘lchash. O‘pkaning hajmi spirometr yordamida o‘lchanadi. Bola 2-3 marta chuqur nafas olganidan so‘ng, bitta chuqur nafas olib sekin chiqargan xolda spirometr trubkasiga oxirigacha puflaydi. O‘lchash 3 marta o‘tkaziladi va eng katta ko‘rsatgich yozib olinadi (aniqligi 1000sm 3). Trubkaning qopqog‘i xar bir o‘lchashdan so‘ng dezinfektsiya qilinishi kerak. Jismoniy chidamliligini aniqlash. -216- Muolajaga o‘tkir surunkali kasalliklarga chalinmagan 1 sog‘lik guruhiga kiritilgan, bolalar jalb qilinmaydi, PWS170 testini o‘tkazish uchun kerakli jihozlar: turli balanlikdagi zinapoya; metronom; d) sekundomer; Test o‘tkazaladigan xona keng bo‘lishi kerak, 1 kishiga 4 kv. m. xona to‘g‘ri keladi, yorug‘, toza, shinam bo‘lishi kerak. Xona harorati 18-20 darajada bo‘lishi kerak. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling