Sakrashni mashq qildirish. Turgan joyda oyoqni juftlab
-137-
sakrash, oyoqni chalishtirib to‘g‘irlab, galma-galdan o‘ng yoki chap oyoqdan sakrash, oyoqni juftlab yonlamasiga pastroq to‘siq ustidan sakrab o‘tish: goh o‘ng oyoqda, goh chap oyoqda sakrash, 80 sm uzunlikka sakrash yugurib kelib balandlikka uzunlikka sakrash, qimirlab turgan va qimirlamay turgan arg‘imchoq ustidan sakrash.
Otib va ilib olish, irg‘itishni mashq qildirish. To‘p bilan bajariladigan mashqlarni mukammallashtirish. To‘pni ketma-ket 1 metr yuqoriga otishga o‘rgatish. To‘pni yerga tashlash va ikki qo‘l bilan ilib olish, yuqoriga otib to tushgunga qadar qarsak chalishga ulgurish, ketma-ket 10 marta yerga urib o‘ynash. Turli usullarda ilib olish, og‘ir to‘plarni dumalatish kabilarni o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |