Turon zamin ziyo


Maktabacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun


Download 0.92 Mb.
bet136/159
Sana05.01.2022
Hajmi0.92 Mb.
#225477
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   159
Bog'liq
BOLALAR RIVOJLANISHIDA JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI

Maktabacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun
mashqlar yig’indisi.
Mashqlar taqlid qilish holatida bo’ladi va bolalar uni obrazli so’zlar va dadil harakatlar bilan so’zlab bajaradilar.


  1. “Cho’zilish”. Bola tarbiyachining yonidan o’ta turib to’xtaydi, qo’llarini yuqoriga ko’taradi va barmoqlari bilan tarbiyachining qo’llariga tegishga harakat qiladi (3-5 marta).

2. “Safda ketayotgan harbiy kabi yurish”- Safda qadam tashlab yurish-oyoq uchini cho’zib, oyoq kafti bilan erni bosish. Dastlab qo’llar yonga qisiladi, keyin faol harakatlar bilan yuriladi. 20-30 sek takrorlanadi.



-186-

3. “Chumchuqdek sakrab yurish”-Chumchuqcha ikki oyoqlab yuuradi-“sakra-sakra”. Qo’llar yon tomonga yoziladi.(20-30 sek). Harakat vaqtida chirqillagan tovush chiqarish ham mumkin.



4. “Samolyot uchyapti”- Qo’llar-qanotlar turli tomonlarga harakatlantiriladi- 20-30 sek bajariladi. Guvillash mumkin.





-187-

  1. “O’tinchi”-Qo’lda go’yo bolta turgandek, siz o’tin yormoqchisi.Oyoqlar kengroq qo’yiladi, qo’llar keng yoziladi va butun kuchni yig’ib, to’nkaga uriladi. Gavdani pastga egib, qo’llar oyoqlar orasida turadi. Nafas chiqarayotganda “ih” deyiladi(10-12 marta).




  1. “Tarozi”-Ikkita bola qo’llaringizdan ushlaydi. Oyoqlaringiz barmog’iga oyog’i tegib turadi. Bir bola o’tirganda ikkinchisi turadi, keyin birinchisi turadi va ikkinchisi o’tiradi. 20-30 sek bajariladi.

7. “Ayiqqa o’xshab yurish”- Cho’kkalab o’tiriladi, chap qo’l va o’ng oyoq oldinga qo’yiladi, tizzalar bukilmaydi. 15-20 sek bajariladi.



-188-


8. “Qushga o’xshab uchish”-Turgan joyda va yurayotganda qo’llarniharakatlantirish, qusha o’xshab qo’llarni xuddi qanotlar kabi uchirish.


9. “Qarsak chalish”-turgan joyda, keyin yurayotganda qo’lni oldinga qilib qarsak chalinadi. 15-20 sek bajariladi.




  1. “Quyoncha”- Cho’qqayib turgan holatda qo’llar quyon quloqlarini tasvirlaydi va oldinga tomon qisqa-qisqa sakraladi(8-12 marta).





  1. “Baliqcha”-Qorin bilan yotib, qo’llar va oyoqlar yuqoriga ko’tariladi, baliq kabi harakat qilinadi(5-6 marta)




    • 189 -





  1. “Parovoz”-aylana bo’ylab dastlab turgan joyda, keyin yurgan holda qo’llar bilan harakat qilinadi. Tizzalar balandroq ko’tariladi.”odinga yur”. “orqaga yur” deb buyruq berib turiladi. Guvillagan ovoz chiqarish mumkin. 20-30 sek bajariladi.




  1. “Yana chapak chalamiz”-Turgan joyda bosh tepasida va bir oyoq tagida qarsak chalinadi. 15-20 sek bajariladi.




  1. “Oyoqni qo’lga tekizish”-Chalqancha yotib, avval bir oyoq, keyin ikkinchi oyoq ko’tariladi, ular bilan o’rtoqning qo’liga tegishga harakat qilinadi-har bir oyoqda 6-8 marta.



    • 190 -




  1. “Orqani mushukga o’xshab egish”-To’rt oyoqlab turiladi va orqani goh egib, goh tushiriladi. 6-8 marta takrorlanadi.





  1. “Qushcha”- Qorin bilan yotib. Qo’llar yon tomonlarga cho’zilguncha harakatlanadi. 5-6 marta.



-191-

  1. “Velosiped”-Chalqancha yotib, oyoqlar bilan velosiped haydayotgan kabi harakat qilinadi. 20-30 sek bajariladi.




  1. “Tunneldan emaklab o’tish”- To’rt oyoqlab turiladi va “tunnel”ga tegmasdan emaklab o’tiladi.Chap oyoq va o’ng oyoq oldinga, keyin aksincha , o’ng qo’l va chap oyoq oldinga qo’yiladi. 2-3 marta bajariladi.




  1. “To’pni dumalatish”- Birinchi bola engashib. Oyog’i tagidan to’pni ikkinchi bolaga uzatadi, ikkinchi bola to’pni olib, birinchi bolaga boshi orqali to’pni uzatadi. Harakat 20-30 minut mobaynida bajariladi.


    • 192 -




  1. “Qarqaraga o’xshab yurish”-Qo’llar orqaga qo’yiladi , tizzani bukkan holatda oyoqni oldinga cho’zib erga bosiladi va boshqa oyoqni ko’tarib, bukib va erga bosib oldinga yuriladi. Mayinlik bilan bajariladi. 20-30 sek bajariladi.




  1. “Tikka turib g’oz yurish”-Boshga kitob qo’yib, 20-30 sek yuriladi3.




  1. A.Q.Atoev. Farzandingiz barkamol bo’lsin. T. Ibn Sino nomidagi nashriyot. 1990 y



1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling