Turon Zarmed universiteti pedagogik ta’lim va sport fakulteti


Lyusher bo’yicha ranglarni ta’riflash 4 asosiy va 4 ta qo’shimcha ranglarni o’z ichiga oladi


Download 1.28 Mb.
bet8/16
Sana19.12.2022
Hajmi1.28 Mb.
#1032678
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
cf,hbyf

Lyusher bo’yicha ranglarni ta’riflash 4 asosiy va 4 ta qo’shimcha ranglarni o’z ichiga oladi

Asosiy ranglar

  • Ko’k – qoniqishga, xotirjamlikka, barqaror ijobiy mehribonlikka bo’lgan ehtiyoj
  • Yashil - o’zini ta’kidlashga bo’lgan ehtiyoj, dadillik, qatiylik gohida qaysarlik hissini ifodalaydi
  • Qizil - faol harakatga va niyatga erishish ehtiyoji
  • Sariq - istiqbolga, aktivlik, muloqotga intiluvchanlik, xushchaqchaqlik hissi

Qo’shimcha ranglar

Siyohrang, jigarrang, qora rang, nolga barobar bo’lgan ranglar. Ular salbiy yo’nalishlarni: xavotir, stress, qo’rquv, xafagarchilik hislarini bildiradi.

Additiv metodlar

Gapni, hikoyani, tarixni tugallash “Tugallanmagan gaplar” metodikasi. Bu metodikalar xar hil shaxslik o’zgaruvchilar, motivlardan u yoki bu xarakatlardan tortib, to jinsiy tarbiya munosabatlarigacha aniqlashga mo’ljallangan.

SUXBAT METODI

Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo’llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo’lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo’llaniladi. Suxbat metodidan moxirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.

Psixologik tadqiqotni o’tkazishga qo’yiladigan talablar

  • Tadqiqotlarni tashkil qilish tekshiruvda qo’llaniladigan metod va metodikalarni tanlash handa sinab ko’rishni o’z ichiga oladi. Tadqiqotga tayorgarlik jarayonida tekshiriluvchilar va ularning soni aniqlanadi.
  • Tadqiqot o’tkazish joyi turli xil tashqi shovqinlardan holi bo’lishi, shu bilan birga sanitariya-gigiena qoidalariga javob berishi lozim. Majbur qilmaydigan ish holati ta’minlanishi kerak.
  • Tadqiqotning texnik ta’minlanishi hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarga mos tushishi kerak.

. Sinaluvchilarni sifat jihatdan bir xil qilib tanlash zarur

  • Tadqiqotchi tadqiqotning borishiga, uning barcha bosqichlarini o’tkazishga ta’sir etadi ( rejalashtirishdan, to xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishgacha)
  • Yo’riqnoma yoki ko’rsatma tadqiqot boshlanishidan oldin, tayorgarlik bosqichida tuziladi. U aniq, qisqa va bir ma’noli bo’lishi lozim
  • Tadqiqot natijalari bayonnomalarda qayd etilib, u bir vaqtning o’zida ham to’la, ham maqsadga qaratilgan bo’lishi kerak
  • Tadqiqotdan olingan ma’lumotlar sifat va miqdor jihatdan analiz, sintez qilinishi, y’ani qayta ishlanishi zarur

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling