Mavzu: laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish va uni o’tkazish metodikasi Reja: Aniqlashtirilgan o’quv maqsadilari - Amaliy va laboratoriya mashg’ulot turlari, tizimi va ularni o’quv jarayonida tutgan o’rnini tushunadi ;
- Laboratoriya, amaliy mashg’ulotning tashkiliy shakillarini biladi;
- Laboratoriya, amaliy mashg’ulotlarga qo’yiladigan umumiy talablarini biladi;
- Mashg’ulotlarni rejalashtirish va uni o’tishga tayyorgarlik ko’rishni biladi;
- Laboratoriya amaliy mashg’ulot rejasi va uni o’tish metodikasini o’rganadi.
Laboratoriya ishlari va ularni o’tkazish tartibi Laboratoriya ishlari mustaqil ishning faol shakli xisoblanadi. U auditoriyalarda o’tkaziladigan mashg’ulotlarning 30%ini tashkil qiladi. Laboratoriyani o’tkazishdan maqsad fanning ilmiy-texnika asoslarini chuqur o’rganish, tajriba o’tkazishning zamonaviy metodikasi bilan tanishish. Laboratoriya mashg’ulotlari talabalarni mustaqillikka, ziyraklikka o’rgatadi. Laboratoriya metodi ta’lim jarayonida o’quvchilarga atrofni o’rab olgan obyektiv borliqdagi narsa va xodisalar, ularning shakli, xajmi, tarkibi, tuzilishi, o’zgarish va rivojlanish qonuniyatlari xaqida yangi-yangi bilimlar berish, o’zlashtirilayotgan ilmiy bilimlarni mustaxkamlash xamda tegishli ko’nikma va malakalar bilan qurollantirihsda muhum ahamiyatga ega. Laboratoriya ishlari va ularni o’tkazish tartibi - Tajriba ishlari va amaliy ishlar bevosita ishlab chiqarish xarakteriga ega emas. Ulardan ko’zlangan maqsad o’quvchilarga mazmuni jixatidan umumtexnika va maxsus fanlar bilan bog’lik bo’lgan texnologik jarayonlar, texnikaviy xodisalar, umumiy qonuniyatlar, amaliy qoidalar, texnikaviy normativlar va shu kabilarni amalda o’rgatishdir. Tajriba va amaliy ishlar davomida o’quvchilar o’zlaridagi mavjud bilimlarni tushunadilar, mustaxkamlaydilar va kengaytiradilar, bu bilimlarni tatbiq etishga o’rganadilar, bu esa kasbiy maxoratini oshirish uchun zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |