Tursunov xojimurod Mavzu: laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish va uni o’tkazish metodikasi


Download 154.38 Kb.
bet3/4
Sana20.12.2022
Hajmi154.38 Kb.
#1035775
1   2   3   4
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

O‘quv laboratoriya xonalari va bo‘limlarining maydoni hamda sanitariya-texnika me’yorlari ta’lim muassasasida tayyorlanadigan ixtissosliklarga qarab me’yorlar bilan belgilanadi. O‘quv laboratoriyalarining rejasini tuzishda qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagilardan iborat:


o‘quv laboratoriyalari mashg‘ulotlarni dasturiga muvofiq o‘tkazishga moslashtirilgan va operatsion kompleks tizimga muvofiq bo‘lishi kerak;
har bir bo‘lim maydoni va asbob-uskunalari miqdoriga ko‘ra hamda beriladigan kasbga muvofiq 25 - 30 yoki 12 - 15 kishilik ta’lim oluvchilar guruhini bir vaqtda o‘qitishga mo‘ljallanadi;
laboratoriya xonalari butun guruhni (frontal) o‘qitishga moslangan bo‘lishi kerak;
Agar laboratoriya xonasi bir necha guruhni bir vaqtda o‘qitishga mo‘lallangan bo‘lsa, o‘quv guruhining ish mintaqasidan o‘tish yo‘lini berkitish uchun laboratoriya xonasi bo‘limlari bir-biridan ajratiladi. Bu bilan ishlab chiqarish ta’limi ustasining barcha guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazish uchun zarur sharoit yaratiladi;
O‘quv laboratoriyalarida har bir kasbning o‘ziga xos xususiyatini nazarda tutib, alohida bo‘limlar, shuningdek, asbob-uskunalar va materiallar saqlanadigan omborxona, chilangar-mexanika bo‘limi va hokazolar tashkil qilinadi;
Aboratoriya xonalarining ko‘rinadigan joyiga birinchi yordam ko‘rsatish uchun dori-darmon solingan aptechka va qaynatib sovitilgan suvli bak qo‘yiladi;
yong‘inga qarshi zaruriy asbob-uskunalar albatta bo‘lishi shart.

O’quv laboratoriyalarida o’qitish

  • Laboratoriya (lotinchadan “laboro”- ishlayman) - ilmiy muassasa, vazirlik, korxona, ta’lim muassasasi tarkibidagi ilmiy, o‘quv-ishlab chiqarish yoki o‘quv mashg‘ulotlari olib boruvchi mustaqil muassasa yoki bo‘lim, bo‘linma hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarida laboratoriya uch turga ajratiladi: o‘quv laboratoriya (ayrim o‘quv fanlaridan) - talabalar bilan laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi; ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi - asosiy fanlar bo‘yicha yirik ilmiy-texnikaviy izlanish masalalari hal qilinadi; soha laboratoriyasi - ishlab chiqarishning muayyan tarmog‘idagi dolzarb masalalar hal etiladi.

Download 154.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling