Tursunov xojimurod Mavzu: laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish va uni o’tkazish metodikasi


O’lchash vositalari Fanining o’quv reja bo’yicha taqsimoti


Download 154.38 Kb.
bet2/4
Sana20.12.2022
Hajmi154.38 Kb.
#1035775
1   2   3   4
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

O’lchash vositalari Fanining o’quv reja bo’yicha taqsimoti

Maxsus fanlardan amaliy-laboratoriya mashg’ulotlari frontal va nofrontal o’tkazilishi mumkin


Amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarini frontal tashkil etish quyidagi afzalliklarga ega: o‘qituvchini guruhdagi talabalarga rahbarlik qilishi va mashg’ulotning bajarilishini kuzatib turishi osonlashadi; butun guruhga bitta mavzu bo’yicha yo’riqnoma berish mumkin bo’ladi. Bu usulning kamchiliklari jumlasiga o’quv xonasida juda ko’p bir xil asbob-uskunalar yoki tarqatma materiallar bo’lishini talab etilishi kiradi
Bunda amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarining mazmuni ayrim guruhlar uchun har xil bo‘ladi. Nofrontal shaklda tashkil etilgan amaliy-laboratoriya mashg’ulotlar qo’yidagi kamchilikga ega: ishlarni tashkil qilish va unga rahbarlik qilish ma’lum darajada qiyin bo’ladi, chunki o’qituvchi barcha talabalarga umumiy ko’rsatma berish va natijalarni jamoa bo’lib muhokama qilish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Shunga qaramay umumkasbiy va maxsus fanlarni o’rganishda nofrontal tajriba-amaliy mashg’ulotlar ko’p hollarda o’tkaziladi,chunki bunda hamma talabalar uchun bir turdagi jihoz va moslamalarni bo’lishi shart emas.
    • Laboratoriya mashg’ulotlaridan ko’zda tutiladigan maqsad- muayyan texnologik jarayonlarni, qonuniyatlarni, sabab-natijali bog’lanishlarni va shu kabilarni tekshirish maqsadida turli xil eksperimentlar o’tkazish orqali ushbu hodisalarni kuzatish hamda tahlil qilishni o’rganishdir

    • Аmаliy mаshg’ulotlаridаn ko’zdа tutilgаn mаqsаd - tаlаbаlаrdа texnikаviy obъektlаrni yanаdа chuqurroq o’rgаnish mаqsаdidа ulаrdаn foydаlаnish bilаn bog’liq bo’lgаn аmаliy ko’nikmа hаmdа mаlаkаlаr hosil qilishdir.

O’quv laboratoriyalarida o’qiti

  • Laboratoriya (lotinchadan “laboro”- ishlayman) - ilmiy muassasa, vazirlik, korxona, ta’lim muassasasi tarkibidagi ilmiy, o‘quv-ishlab chiqarish yoki o‘quv mashg‘ulotlari olib boruvchi mustaqil muassasa yoki bo‘lim, bo‘linma hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarida laboratoriya uch turga ajratiladi: o‘quv laboratoriya (ayrim o‘quv fanlaridan) - talabalar bilan laboratoriya mashg‘ulotlari olib boriladi; ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi - asosiy fanlar bo‘yicha yirik ilmiy-texnikaviy izlanish masalalari hal qilinadi; soha laboratoriyasi - ishlab chiqarishning muayyan tarmog‘idagi dolzarb masalalar hal etiladi

Download 154.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling