Tursunova Sayyora Qahramonovna
Ma’naviy-axloqiy motivatsiyani hosil qiluvchi metodlar
Download 284.65 Kb.
|
dissertatsiya oxirgi 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqdirlash
- Uyaltirish
Ma’naviy-axloqiy motivatsiyani hosil qiluvchi metodlar. Bu guruh metodlaridan o’qituvchi o’quvchilarda ijobiy axloqiy sifatlami mustahkamlash, o’quvchi xulqidagi salbiy tomonlarni yo'qotish maqsadida foydalaniladi. Koyish - jazo berishning yengil turi. O’quvchiga tanbehlovchi so‘z aytish, tanbeh berish, urishib qo‘yish. Maqtash - o’quvchini uning o‘ziga yoki boshqalar oldida yaxshi tomonlarini ko‘rsatib gapirish, yaxshi qilib ko‘rsatish. Taqdirlash - o’quvchini qadrlash, munosib baholash, o’quvchiga uning qadri bor ekanligini sezdirish. Ta’qiqlash - tarbiyaviy maqsadda o’quvchiga, o’quvchiga biror narsani man etish. Tahsinlash - o’quvchini «ofarin», «balli» kabi so‘zlar bilan qarshi olish, maqtab yuksak baholash. Tergash - vaqti-vaqti bilan o’quvchiga yetarli darajada qattiqqo‘llikni namoyon qilib, tekshirib, nojo‘ya xatti-harakatlari uchun koyib, «yo‘li»dan qaytarib turish. Uyaltirish - noma’qul qilig‘i uchun o’quvchiga o‘ta noqulaylik tug‘dirish, xijolot qildirish. Shavqlantirish - o’quvchining xulqi, muvaffaqiyatlari, kelajagiga g‘oyat mamnunlik hissi bilan qiziqish, ruhiy ko'tarinkilik bilan zavqlanish, zavqlantirish, qanoatlantirish32.
Yoshlarni ma’naviy boy, jismoniy jihatdan sog’lom qilib tarbiyalash maqsadida dastlab, ularning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash lo`zim. O'qituvchilarning umumiy madaniyat va tarbiyalanganlik darajasini oshirish uchun optimal pedagogik-psixologik vaziyatlarni tashkil qilish, fanlararo integratsiyalashuv jarayonini ta’minlashda taqdim qilinayotgan o'quv materiallarning sifat ko'rsatkichini oshirish lo`zim. Bundan tashqari, o'quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini o'stirish uchun ularda: axloqiy kategoriyalarni anglash, idrok qilish va ijtimoiy hayotda amal qilish tarbiya maqsadining kafolatlagan natijasidir. Bu esa o'z navbatida, mustaqilligimizni qadrlay oladigan, o'zligini, jamiyat, davlat va oila oldidagi mas’uliyatni anglaydigan yetuk shaxsni shakllantirish kabi vazifalar bilan bog'liq jarayondir. Qanday odamni tarbiya qilish darkor, tarbiya natijasida inson qanday bo'lishi kerak, degan savollarni avvaldan tasavvur etish zarar. Bunda pedagogik diagnostika katta ahamiyatni kasb etadi. Download 284.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling