Tursunova Sayyora Qahramonovna


III. BOB.TAJRIBA SINOV ISHLARINING SAMARADORLIGI


Download 284.65 Kb.
bet2/31
Sana27.01.2023
Hajmi284.65 Kb.
#1130962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
dissertatsiya oxirgi 2022

III. BOB.TAJRIBA SINOV ISHLARINING SAMARADORLIGI
3.1. Boshlag’ich sinf o’quvchilarida ma’naviy madaniyatni shakllantirish tizimini takomillashtirishning metodlari va samaradorlik darajasi………………
3.2. 3-4-sinflarda o’quvchilarning sinfdan tashqari mashg’ulotlarida va ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarda ma’naviy madaniyati shakllanganlik samaradoraligi……………………………………………………………………
3.3. 3-4-sinflarda o’quvchilarning ma’naviy madaniyatini shakllanganligining matematik statistik tahlili…………………………………………………………
3.3. 3-bob boyicha xulosalar………………………………………………..


IV. UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALAR………………………..
V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………...
VI. ILOVALAR……………………………………………………………..

Kirish
Mavzuning dolzarbligi va asoslanishi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tarbiya sohasida katta islohotlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov mustaqillik yillaridanoq Umumta’lim maktablarida boshlang’ich sinflarda tahsil olayotgan o’quvchilarning ta’lim – tarbiya olisbhiga katta ahamiyat bergan. O‘zbekistonda ta’lim sifatini yanada takomillashtirish bo’yicha qator farmonlar va qarorlar ishlab chiqildi. 2020 yil 6-noyabr PF-6108 O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida va Ta’lim to’g’risidagi 24-sentabr 2020 yil ishlab chiqilib, unda Respublikamizda ta’lim tizimini isloh qilish jumladan umumta’lim maktablari boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilim olish saviyasini ma’naviyatini – madabiyatini rivojlantirishhaqida fikrlar bayon qilingan. XXI asrga kelib ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma’naviyati asosiy rivojlantiruvchi omil ekanligi toboro namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun ma’naviy yetuklik, ezgulik, tashabbuskorlik va diniy bag`rikenglik, millatlararo totuvlik, insonparvar demokratik huquqiy davlatdan muayyan kuchli fuqorolik jamiyatini shakllantirishningbosh tamoyili sifatida qabul qilindi. Ho`zirgi kun talabi kreativ yondashuvlar asosida o’quvchi yoshlarni ma’naviy axloqiy munosabatlarini shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 14- avgustdagi PQ – 3907- son qarorida “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib1 tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF– 3931- sonli Farmoni: “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-sentyabrdagi Farmoni: 2019-2021 yillarda “O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonlari; O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida2 2019-yil 19-mart kuni yoshlarga e`tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san`at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko`nikmalrini singdirish, yoshlar o`rtasida kitobxonlikni targ`ib qilish, xotin qizlar bandligini oshirish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining PQ—4307 sonli qarori bilan 2019-yil 31- dekabrda “Uzluksiz ma’naviy madaniy tarbiyakonsepsiya”ni tasdiqlanishi va uni amalga oshirish ch ya 8 bob va ma’naviy tarbiyaning uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan 61 ta maqsadli va manzilli tadbirlar rejasidan iborat bo’lib, uning amalga oshirilishi 4 bosqichda bo’lib, aynan III bosqich – umimiy o’rta ta’lim tizimida ( ikki davr: 1- davr 7 (6) – 10 yosh boshlang’ich sinf, 2- davr: 11-17 yosh o’rta va yuqori sinflarda) amalga oshiriladi. Konsepsiyaning bosh maqsadi-yosh avlodda mustaqil hayot uchun zarur ijtimoiy ko’nikma va fazilatlarni yoshiga mos 4 bosqichda shakllantirish asosida yuksak fazilatli, barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iborat.
Prezidentimizning 2019 yil 3 may PQ-4307- sonli’’Ma’naviy –marifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha chora tadbirlar to’g’risida3‘’gi qarorini imzolandi.Bunga ko’ra tizimdagi ikki yillik faoliyat tahlilidan kelib chiqib, ma’naviyat targ’ibotida maqsadli va manzilli tarbiya mexanizmlarini joriy qilish g’oyasi ilgari surilgan.
Shuningdek, Respublikamizda ma’naviy–marifiy ishlar samaradorliginiyanada oshirish ,aholining intelektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashda doir chora – tadbirlar dasturi hamda Respublika Ma’nayiyat va ma’rifat kengashining tarkibi tasdiqlandi.
Mamlakatimiz aholisining 60 % ni 15yoshdan 30yoshgacha bo`lgan yigit- qizlar tashkil etadi. Ularning ta`lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan.Shu bilan birga, yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma`naviy barkamol bo`lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo`ladi.
Ma`lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma`naviy-ma`rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo`lga qo`yish bo`yicha 2020 - yil 19 – mart Respublikamiz prezidenti tomonidan ilgari surilgan “4Besh tashabbus “ loyihasini belgilash ayni vaqtda dolzarb muammolarni yechimi ,tashabbusni ilgari surishi hamda mazkur faoliyatga 2022-2026 yillaga mo’ljallangan Taraqqiyot strategiyasi tegishli 2022-yil 28-yanvardagi PF-60 qaroriga asosan o’quvchi yoshlarning taraqqiyot strategiyasi huquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi.
Bugungi kunda beshta muhim tashabbus doirasida umumta’lim maktablarida sezilarli ishlar amalga oshirilib o’quvchilar turli to’garaklarga jalb qilib kelinmoqda.bundan tashqari har bir har bir hududda faoliyat ko’rsatib kelayotgan ,,Barkamol avlod’’ijodiyot uylari yaqqol misol bo’ladi.
Chunonchi ma’naviy-axloqiy munosabatlar tarixiy taraqqiyot davomida tarkib topib, takomillashib borgan va kishilarda birgalikda yashash sharoitidan, tabiiy ehtiyojidan, ijtimoiy manfaatlari va hayotiy talablaridan kelib chiqqan va ular muayyan tarixiy davrdagi kishilarning hatti-harakati va boshqalarga bo‘lgan munosabatlarida namayon bo‘lgan. Ana shu munosabatlarsiz biron bir jamiyatni tasavvur qilib bo’lmaydi.
Umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchi yoshlarini ma’naviy-axloqiy munosabatlarini shakllantirishning diagnostik tizimini modulli
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma’naviy-axloqiy munosabatlarini shakllantirish davr talabidir. Maktablarda tarbiyaviy ishlar rejali va tartibli hamjihatli bilan amalga oshiriladigan taqdirdagina ma’naviy rivojlanishining muvofiqqiyati taminlanadi.
Prezidentimizning ma`naviy-marifiy ishlar tizimini tubdan takomilashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo’yicha 2022 yil 28 yanvarda5 o`tkazilgan videoselektirdagi ma`ruzalarida yillar davomida yig`ilib qolgan ochiq oshkora aytilishi barchamiz uchun ayni muddao bo`ldi: zero, ma`naviyatini yuksaltirish-bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. 2021-yil 24-oktabr kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentlik saylovida ham muhtaram yurtboshimizning qayta 5yil muddatga saylanlanligidan keyin prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’z xalqi haqida shunday degan edi;’’ Xalqimizning siyosiy ongi o’sganligi, hamda madaniyati yuksalganliga guvoh bo’ldim’’ deb ta’kidlagan edilar.
O’zbekiston “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Yangi davr shiddati ta’lim-tarbiya tizimiga ham o’zining aniq, qat’iy talablarini qo’ymoqda. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga murojaatnomasida 6Yangi O’zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim – tarbiya tizimidan boshlanadi” degan g’oyalari asosida keng ko’lamli islohotlarni ishlar amalga oshirilishi haqida ta’kidlab o’tdilar. Bunda, aslida ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g’oyamizning asosiy ustunlari bo’lib, xizmat qilishi lo`zim. Yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish yo’lga qo’yish, ular jismoniy va ma’naviy sog’lom, vatanparvar, insonlar bo’lib ulg’ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarning safarbar etilishi, o’quvchi-yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo’lgan insonlar voyaga yetkazish ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi. Buning yana bir isboti sifati 72020/2021-o’quv yilidan boshlab umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fani yangi o’quv fani sifatida kiritilib o’qitilib kelinayotganligidir.



Download 284.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling