Tursunova Sayyora Qahramonovna
Download 284.65 Kb.
|
dissertatsiya oxirgi 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ma`naviy madaniyati shakllantirish mazmuni.
Farobiy esa bilimidan yurish turishidan ma’rifatli, madaniyatli obrazni tasvirlar ekan, bunday deydi: “Har kimki ilm hikmatni o’rganmagan bo’lsa,uni yoshligidan boshlasin ,sog’-salomatligi yaxshi bo’lsin ,barcha qonun-qoidalar ni bilsin bilimdon toniq bo’lsin ,ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin ,barcha real narsalar to’g’risidagibilimga ega bo’lsin”.
Alisher Navoiyning ijodining asosini inson va uning ma’naviy dunyosi, muhabbat va go'zallik tushunchalari haqidagi chuqur o’y-xayollar, hayot mazmuni haqidagi fikrlar tashkil etadi. Shoir nazarida muhabbat - bu insonni yomonliklardan va ehtiyojga berilishdan forig‘ etuvchi ulug‘vor axloqiy kuch. U o‘zida olijanoblik va mardonavor ruhni, vafodorlikni, insondagi barcha imkoniyatlar va ma’naviy kuchlarning faol namoyon bo‘lish yo‘llarini aks ettiradi. Inson ruhining go‘zallikka intilishi va bu go‘zallik uchun axloqiy jasorat ko‘rsatishga tayyorlik Navoiyda shoirning ijodiy tasavvurida yaratilgan yuksak ulug‘vorlik ko‘rinishida tasvirlanadi. ,,Davlatchiligimiz asoslarini yaratib ketgan Temr bobomiz g’ayrat shijoati, yuksak aql – zakovati, tadbirkorligi, elparvarligi bilan bizga hamisha ibrat namunasi bo’lib qolg’usidir. Biz u zoti oliydan hamisha ruhiy madat olamiz.18 1.2.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ma`naviy madaniyati shakllantirish mazmuni. «Yangi islohotlar amalga oshirilib rivojlanayotgan bir davrda mamlakatimiz miqyosida ta’lim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan e’tiborni alohida ta’kidlamoq joiz. Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki jarayon o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi. Bizning ertangi kelajagimiz bunyodkorlari bo’lgan yoshlarga bilim, ko’nikma va malakalarini egallashga nazariy va amaliy ko’maklashish ertangi yanada farovon yashashimiz uchun katta zamin ho`zirlaydi. Biz yangi O’zbekistonda yangi g’oyalar va rejalar bilan hamohang qadam qo’ymoqdamiz. Bu ildam qadamlarimiz yaqin kelajakda o’zining istiqbolli natijalarini ko’rsatadi. Jamiyatimizdagi keng qamrovli islohotlarda ham o’zining samarasi ko’rsatmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-son “Uzluksiz ma’naviy madaniy tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, Uzluksiz ma’naviy madaniy tarbiyaKonsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. Konsepsiyaning maqsadi — yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish, uni amalda ro‘yobga chiqarish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi19: - ma’naviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish; - tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanib voyaga yetgunga qadar davom etadigan, tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish; - bola tarbiyasida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg‘or yutuqlaridan samarali foydalanish; - tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borish; - ma’naviy tarbiyani shakllantirishda oila, mahalla va ta’lim muassasalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish; - ma’naviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishi. Download 284.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling