Tushuncha deb predmet, hodisalarning muhim va umumiy belgilarini inson ongida yaxlit tarzda aks ettiruvchi tafakkur shakliga aytiladi. Tushunchalarda faqat tashqi obyektiv borliq emas, balki inson


Download 37 Kb.
bet4/14
Sana19.11.2023
Hajmi37 Kb.
#1786396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
xulosa

Noaniq ta’riflash. Shunday tushunchalar borki, ularning mazmunini real ta’riflash vositasida ochib berib bo‘lmaydi. Hajm jihatidan eng keng tushunchalar (kategoriyalar), matematik atamalar ana shular jumlasiga kiradi. Chunki ular mazmunan mavhum tushunchalar bo‘lib, ularning jins va tur belgilarini aniqlab bo‘lmaydi. Bunday hollarda noaniq ta’riflashga murojaat qilinadi. Mazkur ta’riflash turli shakllarga ega bo‘lib, ular orasida eng ko‘p qo‘llaniladiganlari – bu kontekstual va predmetning o‘ziga bo‘lgan qarama-qarshilik munosabatini ko‘rsatish orqali ta’riflashlardir.
Tushunchani bo‘lish deb uning hajmini ochishga qaratilgan mantiqiy usulga aytiladi. Bizga malumki, tushunchaning hajmi – bu unda fikrlanayotgan predmetlar ko‘lami, turlarining yig‘indisidir. Boshqacha qilib aytganda, tushunchada ifodalanayotgan predmetning muhim belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan turlarning majmui tushunchaning hajmini tashkil etadi. Tushunchani bo‘lish unda fikrlanayotgan predmetlarni shunchalik turlarga ajratish bo‘lmasdan, ayni paytda ularning muhim belgilari asosida muayyan jinsning tur (element)larini aniqlashga qaratilgan mantiqiy usul hisoblanadi. Bu esa tushunchalarda aks etgan buyum, hodisalarni har tomonlama bilib olish uchun xizmat qiladi.
Hukm tafakur shakli sifatida. Hukumning tarkibi va xususiyatlari.
Hukm tafakkurning shakli bo‘lib, uning mantiqiy asosini tushunchalar tashkil etadi. Lekin ularni bir-biridan ajratib qarash mavhumlashtirish natijasi bo‘lib, mazkur ajratish ularning o‘ziga xos xususiyatlarini bilib olishga qaratilgandir. Chunki tafakkur – bu tushuncha, hukm, xulosa chiqarishlarning dialektik birligida kechuvchi murakkab jarayoni bo‘lib, ularning biri ikkinchisining yuzaga kelishi, amal qilishining mantiqiy negizi hisoblanadi.
Hukm quyidagi xususiyatlari bilan boshqa fikr shaklidan, xususan, tushunchadan farqlanadi:

  1. Hukm fikrning tasdiq yoki inkor shaklidir.



Induktiv xulosa, uning turlari va mantiqiy tuzilishi

Alohida hodisalar haqidagi bilimdan umumiyni bilishga mantiqiy o‘tish induktiv xulosa yoki induksiya (lotinchadan - to‘g‘rilash) shaklida sodir etiladi.



Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling