Tushuncha deb predmet, hodisalarning muhim va umumiy belgilarini inson ongida yaxlit tarzda aks ettiruvchi tafakkur shakliga aytiladi. Tushunchalarda faqat tashqi obyektiv borliq emas, balki inson


To‘liq induksiya va uning bilishdagi roli


Download 37 Kb.
bet6/14
Sana19.11.2023
Hajmi37 Kb.
#1786396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
xulosa

To‘liq induksiya va uning bilishdagi roli
To‘liq induksiya - bu sinfning har bir unsur yoki har bir qismiga muayyan belgining tegishli ekanligi asosida uning umuman sinfga mansubligi haqida xulosa chiqariladigan xulosadir. Bunday tipdagi induktiv xulosalar faqat unsurlari soni pirovard va osonlik bilan sharhlanadigan yopiq sinflar bilan ishlaydigan hollarda qo‘llaniladi. Masalan, Yevropadagi davlatlar soni, ushbu mintaqadagi sanoat korxonalari soni, mazkur davlatdagi federatsiya subyektlari soni va hokazo. Tasavvur qilaylikki, auditorlik komissiyasi oldiga aniq bir bank birlashmasi filiallaridagi moliyaviy intizom holatini tekshirish vazifasi qo‘yilgan. Ma’lumki, uning tarkibiga beshta alohida filiallar kiradi. Bunday hollarda tekshirishning odatdagi usuli - beshta bankning har biri faoliyatini tahlil qilishdir. Agar ulardan bittasida ham moliyaviy tartib buzishlar aniqlanmasa, unda shu bilan umumlashtiruvchi xulosa chiqariladi: bank birlashmasining hamma filiallari ham moliyaviy intizomga rioya etadi.
To‘liq induksiya xulosalarining chizmasi shunday shaklda bo‘ladi:
S1 R belgisiga ega; S2 R belgisiga ega; Sn P belgisiga ega.
S1; S2, …, Sn - K sinfini tashkil etadi.
K sinfidagi hamma predmetlarga R belgisi xosdir.
Ushbu xulosaning asoslarida ifodalangan sinfning har bir unsuri yoki har bir qismi haqidagi axborot tadqiqot to‘liqligining ko‘rsatkichi va belgini butun sinfga mantiqiy o‘tkazish uchun yetarli asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu bilan to‘liq induksiya xulosasidagi natija oshkora tus oladi. Bu asoslar haqiqat bo‘lganida xulosaning ham zaruriy tarzda haqiqiy bo‘lishini anglatadi.
To‘liq induksiyadagi xulosaning bilishga oid roli hodisalar sinfi yoki jinsi haqidagi yangi bilimni shakllantirishda namoyon bo‘ladi. Belgining alohida predmetlardan umuman sinfga mantiqiy o‘tkazilishi oddiy bir jamlash bo‘lmaydi.
Sinf yoki jins haqidagi bilim - bu yagona asoslarga nisbatan yangi bosqichdan iborat bo‘ladigan umumlashmadir.
Sud tadqiqotida ko‘pincha inkor etuvchi xulosalarga ega to‘liq induksiya shaklidagi dalillovchi mulohazalar qo‘llaniladi. Masalan, har xil turlarni istisno etadigan tarzda qayta sanab o‘tish orqali jinoyat sodir etilishining muayyan usuli, jinoyatchining jinoyat sodir etiladigan joyga kirib olish usuli, jarohat yetkazilgan qurol tipi va shu kabilar istisno etiladi.
To‘liq induksiyaning mulohazalarda qo‘llanilishi ko‘plab hodisalarning amalda qayta sanab chiqilishi bilan belgilanadi. Agar predmetlarning butun sinfini qamrab olish mumkin bo‘lmasa, unda umumlashma noto‘liq induksiya shaklida quriladi.

Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling