Tushunchalar tahlili Akademik lltsey


Didaktika (ta’lim nazariyasi)


Download 42.61 Kb.
bet5/24
Sana13.12.2022
Hajmi42.61 Kb.
#999608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Tushunchalar tahlili

Didaktika (ta’lim nazariyasi) - (yunoncha “didaktikos” “o‘rgatuvchi”, “didasko” - “o'rganuvchi”) - ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, 0‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolari)ni o‘rganuvchi fan.
Didaktika tamoyillari (lotin tilidan “principium” - har qanday nazariyaning asosiy, boshlang‘ich, dastlabki holati) - ta’limni tashkil etishga qo‘yilgan me’yoriy talablami ifodalovchi, shuningdek, ta’lim jarayonining asosiy maqsadi va qonuniyatlariga muvofiq uning dastlabki hoiatini belgilovchi qarashlari.
Didaktik tashxis maqsadi - о‘quv jarayonining samaradorligini aniqlash, baholash va tahlil qilish.
Didaktik tizim (yunoncha “sy stema” - yaxlit, qismlarda tashkil topgan, birlashtirish) - ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit hoiatini belgilash, ajratib ko‘rsatish.
Didaktik o‘yin - o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchinmg bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi.
Dunyoqarash - tabiat, jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimi.
Jazolash - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berish usuli.
Jamoa (lotincha “kollektivus” so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh kabi ma’nolami anglatadi) - bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh.
Jamoa an’analari - jamoa a’zolari tomonidan birdek qo‘llabquwatlanuvchi barqarorlashgan odat.
Jamoaning norasmiy tuzilmasi - jamoa a’zolari o‘rtasidagi shaxslararo ma’naviy-psixologik munosabatlaming umumiy tiyimi; shuningdek, jamoada mikroguruhni tashkil qiluvchi ayrim shaxslar o‘rtasidagi tanlash munosabatlarining mazmuni.

Download 42.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling