Tushunchalar tahlili Akademik lltsey


Download 42.61 Kb.
bet8/24
Sana13.12.2022
Hajmi42.61 Kb.
#999608
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
Tushunchalar tahlili

Yosh xususiyatlari - muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash - mutaxassislaming kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi ta’lim bosqichi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturs” - “Ta’lim to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuninmg qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili hamda ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, iitimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega boigan, istiqlol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlaming yangi avlodini shakllantirish mazmunini belgilab beruvchi yuridik hujjat.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli - shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlaming o‘zaro hamkorligi, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik asosida “yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlami tayyorlash Milliy tizimi” mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyiha Uning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat.
Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlaming iste’molchisi va ulami amalga oshiruvchi;
Davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlami tayyorlash va ulami qabul qilib olishning kafillari.
Uzluksiz ta’lim - malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimining tuzilmasi va uning faoliyat ko£rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalamivchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi; Ishlab chiqarish - kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ulaming tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablami belgilaydigan asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tiVimini moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’mini ash jarayonining faol ishtirokchisi.
Yo‘l (ruscha - priyom) - biror maqsadni amalga oshirish uchun tanlangan harakat turi.
Kasb-hunar kolleji - о‘quvchilaming kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantimvchi, tanlab olingan kasb-huiiar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunax ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.

Download 42.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling