Tushuntirish yozuvi mavzu: Kuniga 60t soya moyini uzluksiz usulda neytrallash, oqlash va hidsizlantirish texnologiyasi
Download 248 Kb.
|
kuniga 60t soya moyini uzluksiz usulda neytrallash oqlash va hidsizlantirish(2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MEXNATNI MUXOFAZA QILISh
Штаб бошлиғи корхона директори
Бош мухандис
Тиббий хизмат Ёнғин хавфсизлик бўлими Қўриқлаш хизмати Аврия техник бўлими Марказий лаборатория Моддий таъминот бўлими “Toshkent yog’-moy kombinati” OAJ korxonasida O’zbekiston Vazirlar maxkamasining 455-sonli qaroriga muvofiq quyidagi favqulotda vaziyatlar ro’y berishi mumkin. Ι. Tabiiy favqulotda vaziyatlardan: - zilzila, suv toshqini (agar daryo yaqin bo’lsa), kuchli shamollar. ΙΙ. Texnogen favqulotda vaziyatlardan: - obyektda yong’in va portlash – KTZMlarniing atrofga tarqalishi - Kuchli elektr toki bilan bog’liq xodisalar. ΙΙΙ. Ekologik favqulotda vaziyatlardan: - xom ashyo va tayyor mahsulotga kasallik qo’zg’atuvchi virus va infeksiyalar tushishi bilan. Mahsulotlarni saqlashda va muddatlariga rioya qilinmagan xollarda yuzaga keladigan holatlar. Korxonada asosan ishlab chiqarish sexlari g’isht va temir-beton konstruksiyali bo’lib, ma’muriyat binolari va maishiy binolardan iborat bo’lib, ularning yer silkinishiga bardoshliligi Gixter shkalasi bo’yicha 8 ballgachani tashkil etadi. Yong’in xavfsizligiga ko’ra ishlab chiqarish sexlari V kategoriyaga kiradi. Korxonada o’tkir zaharli moddalar qo’llanilmaydi. Yog’-moy ishlab chiqarish jarayonida ko’p miqdorda chang hosil bo’ladi. Changni xavodagi YKBKning 2mg/m3, chang miqdorini kamaytirish uchun moslamalarning germetikligini ta’minlash va shamollatish (Ventilyasiya) tizimidan foydalanish. Korxonada yuzaga kelgan Favqulotda Vaziyatlar haqida barcha ishchi xodimlar zudlik bilan ogohlantiriladi, hamda xavfsizlikni ta’minlashning birlamchi choralari ko’riladi. Zaruriy etilishi mumkin. Korxonada ishchi xodimlarga ma’muriyat tomonidan bepul maxsu kiyimlar xamda shaxsiy himoya vositalari ta’minlab beriladi. Ulardan xalat, shim, bosh kiyimi, oyoq kiyimlar, hamda alohida sexlar resperator, ko’zoynak va qo’lqop bilan ham ta’minlanadilar. Ular ishga yaroqliligi hamda foydalanishi bosh muxandis tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi. Korxonada asosiy xom ashyo bu yog’-moy mahsulotlari bo’lib (moyli urug’lar) ochiq holda qabul qilib olinadi. Xom ashyoga bo’lgan talablar uning namligi, sifatliligi hamda chiqindilarning kamligi bilan o’lchanadi. Tayyor mahsulotlar sifatida esa turli navli moy maxsulotlari ishlab chiqariladi. Ushbu mahsulotlar atrof muhitga zararsiz bo’lib, uning saqlanishiga katta e’tibor qaratish talab etiladi. Moy mahsulotlari1.0 va 4.2 litr polipropelen butilkalarga qadoqlanadi. Rafinasiya sexidan chiqqan soapstok qayta ishlash uchun sovun sexiga yuboriladi. Moy dezodorasiya qilish jarayoniga beriladi, chunki ekstraksiya moyini istemol qilishdan avval xidsizlantirish lozim. Moy tarkibida ma’lum miqdorda erituvchi qolib ketgan bo’lishi mumkin. MEXNATNI MUXOFAZA QILISh Yog’ va moy sanoati korxonalarida ishlovchi ishchilarni sog’liqlarini, xavfsiz va yaxshi mexnat sharoitlarini tashkil etish bilan saqlash davlatimizning asosiy vazifalaridan biri xisoblanadi. Mexnatni muxofazasi deganda qonuniy xujjatlarda o’z aksini topgan. Sotsial-iqtisodiy, tashkilish va texnik, davolash profilaktik tadbir va vositalar inson salomatligining xavfsizligini saqlash tushuniladi. Rafinasiyalash sexlarida ishlovchi insonlarni xavfsizligini ta’minlash ya’ni sexlardagi uskunalarni instruksiya bo’yicha ishlatish,bundan tashqari qo’l mexnatlarini mexanizasiyalag, yuvinish xonalarini tashkil etish va boshqa juda ko’plab shunga o’xshash tadbirlarni mexnatni muxofazasi ko’zda tutudi. Chunki yog’-moy sanoatida texnologik uskuna quvvatlarini ortishi ishlab chiqarish jarayonini mexanizasiyasi shunga olib keldiki, inson har doim fizik ishalb chiqarish faktorlari ta’siriga tushib qoladi.shuning uchun ham davlatimizmehnatni muhofaza qilishga katta e’tibor berilmoqda. Rafinasiya sexlari tashlashga oid SN-245-71 ga ko’ra 3-sinfga kiradi. Sex 300 metrsanitar ximoya zona bilan ajratib trurishi kerak. Sog’lom va xavfsiz mehnat sharoiti ishlash qobilyatini ko’tarish atrof muhitni ishlab chiqarishga salbiy ta’siri qilmasligini ta’minlash chora tadbirlari sanitar-gegeyena normalarga asosan olib borilmoqda. Yog’-moy korxonalarida havo ishlab chiqarish jarayonlari natijasida, xom ashyo tarkibidagi, yarim tayyor mahsulot tarkibidagi zararli moddalar bilan ifloslanish mumkin. Rafinasiyalangan moy ishalb chiqarish uchun asosiy xom ashyolardan tashqari yordamchi material kaustik soda ishaltiladi. Bu kimyoviy modda odam organizimiga salbiy ta’sir qiladi. Kaustik soda oq qattiq modda bo’lib,erkin harorati 318,4 0 S, zichligi 2,13ga teng. Suvda yaxshi eriydi, qattiq hamda suvni biriktirib oladi va havoda karbonat angidridni yutadi. Yog’-moy korxonalarini loyixalaganda albatta shimol yo’nalishi xisobga olinadi. Chunki sanitar qurilish norma loyixa normasiga asosan, ya’ni SNiP.2.09.01-85. xisobga olib, yog’-moy korxonalari axoli yashash punktidan 300 masofa bilan ajratilgan bo’lishi kerak. Shuning uchun ham shamol yo’nalishini hisobga olib korxona qurilishi boshlanadi. Masalan rafinasiya sexlaridan chiqadigan yoqimsiz hidlar shamol yordamida atmosferaga tarqaladi va axoliga salbiy ta’sir qiladi. Toshkent shaxri uchun 37% shamol janubiy g’arbga esadi. Ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligi ularni loyixalash va tashkiliy tadbirlar asosida ta’minlanadi, ya’ni tegishli texnologik sxemani tanlash, uskunaga xizmat ko’rsatish va uni ekspluatasiyasi, uskunalarni sexlarda joylashtirish sharoiti, maxsulotlarni tashish va saqlash, tayyor va yarim tayyormaxsulotlarni tayyorlash shuningdek ishlab chiqarish chiqindilarini ajratish va ulardan ximoya vositalari kabi tadbirlar asosida bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonlarini yong’inga va portlashga xavfsiz tanlanadi va bu tanlangan tizim atrof muxitni ifloslamasligi zarur xisoblanadi. Uskuna va apparatlar GOST-12.2003-74 “Ishlab chiqarish uskunalari” talablariga javob beradi. Ishlash joyiga, tuzilishiga, ishlash muxitini tavsifiga, shuningdek texnologik jarayonni borishiga ko’ra uskunalar xavfli va xavfsiz uskunalarga bo’linadi. Apparatlarni ishlatganda, ya’ni ekspluatasiya qilganda ko’zda tutilgan texnologik instruksiyaga asosan maxsulotni qayta ishlash kerak. Nazorat o’lchov asboblari joylashgan markaziy pult bilan boshqariladigan, ya’ni uskunadagi texnologik jarayonni boshqarilishi masofiy bo’lsa – bu uskuna xavfsiz xisoblanadi. Texnologik jarayonlarni takomillashi ya’ni uskuna va texnologik sxemalarni ishlab chiqarishga joriy qilinishi bizning sexlarimizda inson doimiy ravishda tebranish va shovqin ta’siri ostida bo’ladi. Shovqin va tebranishlar insonni umumiy kasalliklarga chaluvchi umumiy biologik xolatni buzuvchi omillar hisoblanadi. Ish joylaridagi tovush chastotasining darajasi, ya’ni tovush bosimi darajasi va uning ekvivalentlari, bundan tashqari ularni o’lchash usullari sanitar norma SanPIN 01.20-01 talablariga javob beradi. O’z navbatida tebranish ham San PIN 01.22-01ga javob beradi. Yoritish mexnat sharoitini asosiy elementlaridan biri bo’lib xisoblanadi. Yoritish miqdor va sifat ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Yoritishning asosiy vazifasi ishlab chiqarishda quyidagilardan iborat: ko’rish uchun eng yaxshi sharoit yaratish va maksimal unumdorlikni ta’minlash, ishlab chiqarish binolari xususan, rafinasiya va qadoqlash sexini yoritishda suniy usuldan ko’proq foydalanadi. Yoritishning tabiiy yoritilganligi SNiP II – 0105-95ga asosan amalga oshiriladi. Tabiiy yoritilganlikni yetarli emasligi yoki sutkaning qorong’i qismida ishlab chiqarish binolari sun’iy yoritish vositalari bilan yoritiladi. Sun’iy yoritish vositasi asosidagi yoritish SNiP 2 – 4 – 79 bilan ishning ko’rinish tavsifiga bog’liq xolda normalanadi. Qisman namlik ajraladigan ishlab chiqarish binolarida xavroli isitish tizimi, kritik shamollatish yoki suv radiatori va qovurg’asimon trubalar bilan birgalikda qo’llaniladi. Texnologik uskunalarni normal rejimlarida ishlashida yong’inga xavfli gazlar, changlarni xavo bilan aralashib yong’inga xavfli aralashmalarxosil bo’lmasligida shamollatish asosiy axamiyatga ega hisoblanadi. SanPiN 0058 – 96 ga asosan ventilyasion va aspirasion tizimlarini ekspluatasiyasi GOST 14. i. 021 – 75ga asoslangan yog’-moy sanoatida shovqinga qarshi kurash usullari va ventillyasiya tizimlarini qo’llash va loyixalash instruksiyalariga binoan amalga oshiriladi. Yog’ – moy sanoati ishlab chiqarish binolarida mexnat sharoitida elektrxavfsizlik, elektr uskunalarining tegishli konstruksiyasiga texnik va tashkiliy ximoya talablariga asosan ta’minlanadi. Tasodifiy tok o’tkazuvchi qismlariga tegib ketishlikni oldini olish bo’yicha elektr xavfsizlikquyidagi texnik vosita va usullar bilan ta’minlanadi: aloxida yoki bir biriga birlashgan xolda ximoya qobig’ini qo’llash, ximoya to’siqlari, ish joyini izoliyasiyasi, ximoya o’girishlar, blokirovka, xavfsizlik belgilari, elektr uskunalar normativlarga asosan GOST 12100 – 79 ga mos keladi. Idishlarda va quduqlarda remon va boshqa ishlarni amalga oshirilganda, bundan tashqari komplektiv vositalar xavodagi YQMBK ta’minlay olmasa, aloxida ishlovchi ishchilar zararli moddalardan ximoyalanish maqsadida (A) shaxsiy ximoya vositasi qo’llanadi. Ular nafas olish orgonlarini changdan, gazlardan va odam tanasini ximoya qiluvchi turlarga bo’linadi. Ulardan changdan ximoya qiluvchi vosita changli respiratorlar tayyorlov va forpress va tayyorlov sexlarida qo’llaniladi. (B) Noqulay metiriologik sharoitlaridan ximoya qiluvchi vositalar va choralarga quyidagilar kiradi. Mahsus kiyim, mahsus poyafzal va boshqa shaxsiy ximoya vositalari: 1. rasional mexnat va hordiq rejimi 2. tuzilish rejimi 3. xavoliy issiqlik dushlari 4. masofiy boshqarish Oziq – ovqat sanoati, asosiy binolari sanitar tavsifga ko’ra qaysi sinfga ta’luqligiga qarab korxonalarda umumiy va maxss sanitar gigiyenik xonalar joylashtiriladi. Shunga ko’ra qaralayotgan yog’ – moy sanoati korxonasida quyidagi sanitar mayishiy xonalar joylashtiriladi: Oshxona, sog’lomlashtirish punkti, dushxona, umuvalniklar, xojatxonalar, shaxsiy gegeyenik xonalari, dam olish xonalari, qo’l va oyoq yuvish vannasi, psixologik dam olish, maxsus kiyim va poyafzallarni yuvish va ta’mirlash va x.k. bundan tashqari korxona mexnat muxofazasi xonalari ajratishadi. Har hil saqlanadigan tashiladigan qayta ishlanadigan, qizigan mahsulotlar va moddalarga bog’liq xolda ishlab chiqarish xonalarda yong’in paytida turli vaziyatlar sodir bo’ladi. Xonalarni texnologik loyixalash normasi SNiP 2.01.02-05ga asosan xonalar yong’in va portlashga xavfliligi jihatdan 5 kotegoriyaga bo’linadi. Bulardan rafinasiya sexi B va qadaqlash sexi V kategoriyaga mansub. Portlashga xavfli maydon bo’yicha 4 sinfga bo’linadi. Portlash xavfliligiga ko’ra bizning sex V-II a sinfiga ta’luqli, chunki moy qiziganda bosim ostida bo’lganligi uchun portlash xavfi bor. Yong’inga xavfsizligi bo’yicha bino P –II sinfiga ta’luqli Download 248 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling