Tutash-avlodlar iqtisodiy o‘sish modeli reja
Download 47.32 Kb.
|
TUTASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.4.Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini iqtisodiy o‘sishga ta’siri. Tayanch so‘z va iboralar
- 3.1.Tutash avlodlar iqtisodiy o‘sish modelida jamg‘arishning mohiyati va omillari
TUTASH-AVLODLAR IQTISODIY O‘SISH MODELI Reja: 3.1.Tutash avlodlar iqtisodiy o‘sish modelida jamg‘arishning mohiyati va omillari 3.2.Uy xo‘jaliklari jamg‘armalari va investitsiyalari 3.3.Raqobatbardoshlik kategoriyasining mohiyati va metodologik asoslari 3.4.Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini iqtisodiy o‘sishga ta’siri. Tayanch so‘z va iboralar: Tutash avlodlar, jamg‘arish, iste’mol, investitsiya, jamg‘arish normasi, uy xo‘ja!iklari, aholi jamg‘armalari, samaradorlik, raqobatbardoshlik, xalqaro raqobat, mezon darajadagi raqobatbardoshlik, firma, tarmoq, mahsulot, raqobat kurashi, strategik marketing, narx-navo, iqtisodiy o‘sishda ijtimoiy iqtisodiy modellar, inson kapitali, daromad, sog‘liqni saqlash, axborot resurslari, milliy qadriyatlar, ijtimoiy himoya, mexnat, tashkiliy tadbirkorlik. 3.1.Tutash avlodlar iqtisodiy o‘sish modelida jamg‘arishning mohiyati va omillari AQSHning Masachuset texnologiya institutining professori Nobel mukofoti laureati Piter Daymond tomonidan ishlab chiqqan modelga ko‘ra iqtisodiyotda mehnat resurslari hayot faoliyati davomida bir necha bosqichlarda amal qiladi. Ulami asosan ikki mehnatga layoqatli davr va nafaqa davrlardan iborat. Ushbu ketma-ketlikda avlodlar faoliyat olib boradi. Har-bir bosqichda yangi yoshlar avlodlari kirib keladi va oldingi yosh avlod esa asta-sekin nafaqaga chiqadi. Shu nuqtai nazardan iqtisodiyotda ikki tutash avlod yashaydi va mavjud bo‘ladi. Hayotining birinchi davrida mexnat resurslari mavjud ishlab chiqarish quvvatlari asosida mexnat qiladi, daromad topadi va uning bir qismini nafaqaga ajratib qoldiradi. Ushbu mablag‘lar jamlanib iqtisodiyotga investitsiya qilinadi va ular asosida yangi ishlab chiqarish quvvatlari shakllantiriladiki ular yordamida yangi keyingi yosh avlodga yanada ko‘proq daromad topishga imkon yaratiladi. Shunday qilib iqtisodiyot o‘sadi, unda jamg‘arish normasi individning maksimallashtirish vazifasidan kelib chiqib ya’ni ikkala hayotiy davrida bir xil darajada iste’molni ta’minlash maqsadida endogen aniqlanadi. Piter Daymond tomonidan ishlab chiqqan model iqtisodiyotda pensiya tizimini isloh qilishda juda foydali bo‘lib hisoblanadi. Biroq iqtisodiy o‘sish modeli sifatida bizni oldinga harakat qilishga imkon bermadi. Uning mantig‘i R.Solov modeli mantig‘iga olib keladi. Keyingi mahsulot birligini ishlab chiqarish unubdorligini pasayishi sharoitida har bir avlodning investitsiyasi kam samaradorlikga ega bo‘lib boradi. Ishlab chiqarish quvvatlarining amortizatsiyasini to‘ldirib turish uchun xarajatlar o‘sadi. Iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun ekzogen texnik taraqqiyot talab etiladi. Jamg‘arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, investitsion tavsifdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg‘arishning amalda namoyon bo‘lish shakli bo‘lganligi sababli dastlab, tahlilni jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz. Jamg‘arish — milliy daromadning bir qismining (jamg‘armaning) asosiy va aylanma kapitallami, shuningdek, ehtiyot zaxiralarini ko‘paytirish uchun sarflanishidir. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg‘arish bir-biridan farqlanadi. Jamg‘arilgan mablag‘laming moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarining asosiy kapitallarini va aylanma mablagiarini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish Download 47.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling