Tutash-avlodlar iqtisodiy o‘sish modeli reja
Raqobatbardoshlik kategoriyasining mobiyati va metodologik asoslari
Download 47.32 Kb.
|
TUTASH
3.3.Raqobatbardoshlik kategoriyasining mobiyati va metodologik asoslari
Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirishda zaxiralaming ichki va tashqi imkoniyatlaridan samarali foydalanish ko‘p jihatdan bilimlarga asoslangan iqtisodiyotning shakllanishi bilan bog‘liq. Shuningdek, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlaming tub mazmun-mohiyati milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlashning shart-sharoitlari va asosiy yo‘nalishlarini shakllantirishga qaratilinganligi bilan alohida ahamiyatga egadir.Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar davomiyligi va samaradorligini ta’minlash, raqobatbardoshlik kategoriyasining mohiyati va metodologik asoslarini hozirgi zamon iqtisodiyoti nuqta’i nazaridan talqin etishni taqazo etadi. Tahlil natijalari jahon iqtisodiyotining globallashuvi, integratsion jarayonlaming kuchayishi, innovatsiyalaming jadal rivojlanishini shakllantirish hisobiga milliy iqtisodiyotning xalqaro raqobatbardoshlikka erishishi va jahon bozorida mustahkam mavqega ega bo‘lishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Raqobatbardoshlik o‘z navbatida raqobat kategoriyasi bilan o‘zaro uzviy aloqadorlikda bo‘ladi. Korxonalar baholardan tashqari raqobatda tovaming quyidagi jihatlariga e’tibor beradilar va evaziga firmaning bir tekis rivojlanishiga erishadilar: - tovarning texnik jihatdan yangiligi, uning avtomatlashtirilishi; - tovarlaming yangidan-yangi ehtiyojlami qondirish imkoniyatlari; - o‘xshash tovarlarga nisbatan ishlab chiqarilayotgan tovaming chidamli, ishonchliligi, sifatining yuqorilik darajasi; - tovarlami sotib olgan xaridorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlaming xilma-xilligi; - tovarlaming tejamliligi, ixchamligi, energo resurslami kamroq xarajati; - atrof-muhit uchun ekologik toza bo‘lishi va hokazolar. Raqobatning noformal, jamiyat tomonidan qoralanadigan turi ham mavjud. Bu o‘rinda “g‘irrom raqobat” to‘g‘risida ham so‘z yuritishimiz kerak. Raqobat firmalar uchun hayot-mamot masalasi bo‘lgani uchun, ular ayrim hollarda raqobat kurashida g‘ayriqonuniy usullardan ham foydalanadilar. Bunda ular davlat tomonidan raqobat kurashini tartibga soluvchi turli qonun va qoidalarga xilof ravishda ish ko‘radilar. G‘ayriqonuniy usullarga quyidagilami kiritish mumkin: • baholar bo‘yicha bir nechta firmalaming o‘zaro kelishib olishlari; •boshqa firmalar tovarlarining nomlari, tashqi ko‘rinishi, Tovar nishonasini o‘zboshimchalik qilib ruxsatsiz foydalanish; • raqobatchilar to‘g‘risida noto‘g‘ri axborot yoki to‘g‘ri bo‘lsa ham ulaming obro‘siga ziyon beradigan ma’lumotlar tarqatish; • reklamada tovarlami nojo‘ya solishtirish, axborot berish; • raqobatchilarga nisbatan reket, shantaj va hokazolar yordamida zo‘ravonlik qilish; • raqobatchining tijorat sirlarini pinhona bilib olish; • konfedensial va maxfiy ma’lumotlami ovoza qilish; • tovaming sifati, xususiyatlari kabi masalada xaridorlami aldash, noto‘g‘ri axborot berish va reklama qilish. M.Porteming fikricha, raqobatning asosiy maydoni -bu tarmoqdir, ya’ni bir xil yoki o‘xshash tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi va o‘zaro raqobat qiluvchi bir tarmoqdagi raqobatchilar guruhi hisoblanadi. Tarmoqdagi raqobatga beshta omil ta’sir qiladi: - yangi raqobatchilaming paydo bo‘lishi; - o‘rinbosar tovar va xizmatlaming paydo bo‘lishi; - yetkazib beruvchilaming savdolashish qobiliyati; - xaridorlaming savdolashish qobiliyati; - mavjud bo‘lgan raqobatchilaming o‘zaro raqobati. Yuqoridagi besh omil tarmoqning daromadliligini belgilaydi. Chunki, ular bahoga, xarajatga, kapital qo‘yilmalarga va boshqalarga ta’sir qiladi. Firmaning tarmoqdagi о‘mi, avvalo, raqobat ustunligi bilan aniqlanadi. Agar firma barqaror raqobat ustunligiga ega bo‘lsa, u o‘z raqiblarini ortda qoldiradi: - firmaning raqobatchilariga nisbatan kam xarajatlar bilan tovarlami ishlab chiqara olish va sota bilish qobiliyati haqida dalolat beruvchi, juda past xarajatlar; - tovarlar differensiyasi, ya’ni firmaning iste’molchi ehtiyojini qondira olish qobiliyati. Firmaning tarmoqda tutgan o‘miga ta’sir qiluvchi boshqa bir muhim omil - bu firmaning o‘z tarmog‘i doirasida moMjalga oluvchi raqobat muhitini, firma maqsadining kengligi hisoblanadi. Firma o‘zi uchun necha turdagi tovarlarni ishlab chiqarishini, qanday sotish kanallaridan foydalanishini, qanday xaridorlarga xizmat ko‘rsatishini, qaysi joylarda o‘z mahsulotini sotishini va qaysi milliy tarmoqlarda raqobatlashishini hal qilib olishi kerak. Download 47.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling