Tutash-avlodlar iqtisodiy o‘sish modeli reja
Mezodarajadagi raqobatbardoshlikni baholash
Download 47.32 Kb.
|
TUTASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqobatbardoshlik
Mezodarajadagi raqobatbardoshlikni baholash. Firmaning
raqobatbardoshligini baxolash. Iqtisodiyotni globallashtirish va baynalmilallashtirish davrida uning samaradorligi va ishlab chiqarilayotgan maxsulot talabgirligining yagona mezoni bo‘lib raqobatbardoshlik hisoblanadi. Hozirgi vaqtda “raqobatbardoshlik” tushunchasining yagona ta'rifi mavjud emas. Ushbu tushuncha talqinlarining ko‘p boiishi ehtimolini belgilab beruvchi asosiy omillar -bu iqtisodchilamiig turli xil boshlang‘ich pozitsiyalari hamda ishlab chiqaruvchi sifatida faqat alohida korxona, tarmoq yoki butun iqtisodiyotning ko‘rib chiqilishidir. Raqobatbardoshlik – nisbiy tushuncha, chunki bir turdagi bozorlarda muvaffaqiyatli raqobatlashuvchi tovar boshqa bozorlarda umuman raqobatbardosh bo‘lmaydi.Bu hoi tashqi va ichki bozorlarda raqobatbardoshlikni chegaralash zaruratini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, raqobatbardoshlik sohasida umumiy konsepsiyani shakllantirish uchun mazkur holatning barcha tomonlarini hisobga olish lozim. Biroq qator mamlakatlar tajribasiga ko‘ra ichki bozordagi raqobat xalqaro raqobatning asosi hisoblanadi. Raqobat munosabatlarining barcha xili uchta boskichda amalga oshiriladi: • mahsulot, ishlab chiqarish va korxonaning muayyan mikro turlari; • mezotarmoqlar, korxonalaming tarmoq korporativ birlashmalari va gorizontal integratsiyalashgan firmalar; • tarmoqlararo integratsiyalashgan makroiqtisodiy majmualar. Har qanday sanoat firmasi, har qanday tovar ishlab chiqaruvchi u tashkil etilgan vaqtdan boshlab va butun faoliyati davomida o‘zi uchun zarur bo‘lgan raqobatbardoshlik muammolarini hal etishiga to‘g‘ri keladi. Jahonning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyoti jahon xo‘jaligi aloqalariga jalb etilgan, milliy bozor va uning talablari esa jahon bozori va xalqaro raqobatbardoshlikning faol ta’siri ostida shakllanadi. 0‘zi uchun yangi hisoblangan bozorga kirib borish, ishlab chiqarishni kengaytirish yoki uni qisqartirish, texnologik jixozlami modemizatsiya qilish, yoxud ishlab chiqariladigan mahsulotni yangilash maqsadida investitsiyalarni amalga oshirishda, albatta, ishlab chiqaruvchi yoki korxonaning raqobatbardoshligini baholash talab etiladi. Korxona strategiyasi, ya’ni oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘llarini belgilab beruvchi asosiy omillarni aks ettirishdan iborat: 1.Qo‘llaniladigan ilmiy yondashuvlar va boshqaruv usullarining soni va chuqurligi nuqtai nazaridan boshqaruv tizimining kuzatuvi sifatini tahlil qilish: • o‘z fan-texnika taraqqiyoti tizimi; • ITTKIning moddiy-texnika bazasi;\ • mutaxassislaming ijodiy salohiyati; • yangiliklami joriy etishga undash; • raqobat va kooperatsiya motivlari; • o‘zgartirishlar kirituvchi yangiliklar; • o‘zgartirish kiritmaydigan yangiliklar; • bozor talablariga moslashish; • mahsulot tizimini rivojlantirish; • texnologiyani rivojlantirish; • binolar va inshootlami loyihalashtirish. 2.Tizimning chiqish komponentlarini, ya’ni tashkilot strategiyasining sifatini tahlil qilish, uning ichki zaif va kuchli tomonlari, tashqi tahdidlar va imkoniyatlardan kelib chiqib madsadni aniqlashtirishdan iborat (“SWOT-tahlil”). 3.Tashkilot chiqishidagi asosiy raqobatchilar faoliyat ko‘rsatishining raqobatbardoshligi, samaradorligi va barqarorligi, tashqi tahdidlar va imkoniyatlar, raqobatchilaming ichki kuchli va zaif tomonlari. 4. Tarmoqda raqobat qonuni, monopoliyaga qarshi qonun xujjatlari amal qilishi mexanizmi, tarmoqda raqobat shakli va kuchining tahlili. 5. Tashkilotga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mamlakat makro muhiti omillari. 6. Tizimga kirishda raqobat qonuni, monopoliyaga qarshi qonun xujjatlari amal qilish mexanizmi, tashkilot yetkazib beruvchilari o‘rtasida raqobat kuchining tahlili. 7.Boshqaruv tizimining boshqariladigan kichik tizimi sifatini tovarlar sifati va resurs talab qilishi, ularga servisning sifati, bozor infratuzilmasi, faoliyatning ushbu yo‘nalishlari samaradorligi tahlilini tashkil qilish. 8. Tashkilotni boshqarish tizimining boshqaruvchi kichik tizimlarini strategik va taktik boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha xodimlami boshqarish nuqtai nazaridan tahlil qilish. 9. Strategik marketing, innovatsion va ishlab chiqarish menejmenti, taktik marketing tizimida aloqalar tarkibi, mazmuni va sifatini tahlil qilish, uning zaif va kuchli tomonlarini aniqlash. 10. Ishlab chiqariladigan tovarlar, yangiliklar va bajariladigan xizmatlar, xodimlar va texnologiyalar, umuman, tashkilotning raqobatbardoshligini tahlil qilish. 11.Resurslardan foydalanish samaradorligi va ishlab chiqarish rentabelligini tahlil qilish. 12.Tashkilot faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini tahlil qilish. 13. Tovarlar raqobatbardoshligi, ular asosida tashkilot strategiyasini ishlab chiqish uchun uning faoliyat ko‘rsatishi samaradorligi va barqarorligining strategik va taktik omillarini belgilash. Mintaqaning raqobat jihatdan ustunliklari quyidagilar bilan aniqlanadi: • birinchi bosqichda -ishlab chiqarish omillari: tabiiy resurslar, tovarlar ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar, malakali ishchi kuchi hisobidan; • ikkinchi bosqichda -ta ’lim, texnologiya, litsenziyaga tajovuzkor investitsiyalash asosida; • uchinchi bosqichda - “romb”ning barcha tarkibiy qismlarining amal qilishi yo‘li bilan mahsulotning yangi turlarini, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, tashkiliy qarorlar va boshqa innovatsiyalar hisobidan; • to‘rtinchi bosqichda -tashkil etilgan boylik hisobidan va to‘liq foydalanmayotgan barcha determinantlarga tayanadi. Raqobatni kuzatib borish tizimi quyidagi to‘rt asosiy savolga javob topishga asoslanadi: • raqobatchilar asosiy maqsadlari nimalardan iborat? • ushbu maqsadlarga erishish uchun ayni paytdagi joriy strategiya kanday? • rakiblar o‘z strategiyasini amalga oshirish uchun qanday vositalarga egalar? • ular kelgusida qanday strategiyalami ilgari surishlari mumkin? Dastlabki uch savolning javobi kelgusi strategiyalami avvaldan prognozlashga imkon beradi. To‘rtta savolning barchasi bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlami tahlil qilish natijasida raqiblarning faoliyati to‘g‘risida to‘lik tasawurga ega bo‘lish mumkin. Ko‘plab yirik firma va kompaniyalar raqobatni kuzatishga katta e’tibor berib, kerakli ma’lumotlami to‘plash uchun katta mablag‘lami sarflaydilar. Tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlovchi unsurlar quyidagi rasmda keltirilgan. Download 47.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling