Tutash-avlodlar iqtisodiy o‘sish modeli reja
Download 47.32 Kb.
|
TUTASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamg‘arish normasi
so'mmasini hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg‘arish
iqtisodiy o‘sishning muhim omilidir. Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg‘arish (noishlab chiqarish jamg‘arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o‘quv muassasalari, madaniyat, sog‘liqni saqlash, sport muassasalari, ya’ni nomoddiy soha va tarmoqlami kengaytirish, rekonstruksiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir. Jamg‘arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg‘arish normasi bevosita jamg‘arish so'mmasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi J N = (J S /M D ) x 100% bunda:
JS - jamg'arish so'mmasi; MD - milliy daromad. Jamg‘arish normasining ham o‘z chegarasi bo‘lib, uni me’yoridan oshirish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida iste’mol fondining hajmi kamayishi, investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag‘Iar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quwatlari, materiallar va uskunalar yetkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojlanishi o‘rtasida nomutanosiblik paydo bo‘ladi. Oqibatda iqtisodiy o‘sish pasayib ketish tamoyiliga ega bo‘ladi. Jamg‘arish hajmi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad hajmi ko'payishini belgilaydigan omillar jamg‘arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qoMlaniladigan resurslar massasi va ulaming unumdorligidir. Jamg‘arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xomashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog‘liq. Mahsulot birligiga ulami sarflashni kamaytirish moddiy vositalaming o‘sha miqdorida mahsulotlami ko‘proq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi Klassik iqtisodchilar nuqtai nazaridagi eng markaziy holat - bu ular tomonidan foiz stavkasining ham investitsiyaning, ham jamg‘armaning funksiyasi sifatida qaralishi hisoblanadi. Rasmdan ko‘rinadiki, klassik modelni tuzishda tik o‘q bo‘yicha real foiz stavkasi, yotiq o‘q bo‘yicha esa jamg‘arma va investitsiya hajmi ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Investitsiya va foiz stavkasi o‘rtasida teskari funksional bog‘liqlik mavjud: foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, investitsiya hajmi shu qadar past bo‘ladi va aksincha. Jamg‘arma esa to‘g‘ri, o‘suvchi funksional bog‘liqlikka ega, ya’ni foiz stavkasining yuqori bo‘lishi jam g‘arma darajasining ham yuqori bo‘lishiga olib keladi. Iqtisodiyotdagi investitsiya va jamg‘arma hajmlari o‘rtasida muvozanat (E nuqta)ga erishish uchun foiz stavkasining ro darajasi ta’minlanishi lozim. Foiz stavkasi darajasining muvozanat darajasidan shetlanishi (ri - past var2 - yuqori bo‘lgan holatlar) investitsiya va jamg‘arma hajmi o‘rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib keladi. Foiz stavkasining n darajasida investorlar uchun qulay narxlaming vujudga kelishi investitsion resurslarga bolgan talabni oshiradi, biroq bunday darajada jam g‘arma uchun rag‘bat pasayib ketadi. Natijada investitsion resurslar taqchilligi paydo bo‘ladi. гг darajada esa barcha subyektlar uchun jam g‘armaning nafliligi oshadi, biroq bunday foiz darajasida barcha investorlar ham o‘z faoliyatining foydaliligini ta’minlay olmaydilar. Natijada jamg‘armaning ahamiyatli qismi investitsiyalarga aylana olmaydi. Keynschilarning investitsiya va jamg‘arma o‘rtasidagi muvozanat modeli o‘z tuzilishiga ko‘ra klassik modeldan farq qiladi. Bunda eng markaziy nuqta - J.M.Keyns tomonidan jamg‘arma foiz stavkasining emas, balki daromadning funksiyasi deb qaralishi hisoblanadi: S = S(Y). Investitsiya esa, klassik modeldagi singari, foiz stavkasining funksiyasi deb olinadi: I =I(r). Ya’ni, keynscha konsepsiyaning asosida jamg‘arish va investitsiya darajalarining boshqa-boshqa omillar ta’sirida o‘zgarishi yotadi. Keynscha modelning mohiyatini quyidagi rasm orqali izohlash mumkin. Investitsiya va jamg‘arma darajalari muvozanatining klassik va keynscha modellari o‘rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi: Download 47.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling