Tutashmalar va lekalo egri chiziqlari


Download 395.5 Kb.
bet4/5
Sana29.03.2023
Hajmi395.5 Kb.
#1306273
1   2   3   4   5
Bog'liq
TUTASHMALAR VA LEKALO EGRI CHIZIQLARI

58-rasm. 59-rasm.


Berilgan o‘qlari bo‘yicha oval yasash. Oval deb, aylana yoylarining tutashuvidan hosil bo‘lgan, bitta yoki ikkita simmetriya o‘qiga ega bo‘lgan yopiq kavarik egri chiziqga aytiladi. Ovallar odatda to‘rt markaz bo‘yicha yasaladi. 60-rasmda oval yasash ko‘rsatilgan. O‘qlarning kesishi nuqtasi 0 dan katta o‘qning yarimiga teng bo‘lgan radius bilan, kichik o‘qning davomi bilan kesishadigan qilib aylana yoyi o‘tkaziladi. O‘qlar bunda AYe yoylar hosil bo‘ladi AS tutashtirilsa to‘g‘ri chiziq kesmasida F nuqta hosil bo‘ladi. To‘g‘ri chiziqning AF kesmasini teng ikkiga bo‘lib, bu kesma 1, 2 nuqtalarni hosil qiladi ularga simmetrik bo‘lgan 3 va 4 nuqtalar oval yoylarining markazi hisoblanadi. Shu markazlar bo‘yicha avval chiziladi (60-rasm).



60-rasm.

Lekalo egri chiziqlari deb, biror bir qonuniyatga bo‘ysinmaydigan har xil topilgan nuqtalar lekalo bilan tutashtirilgan egri chiziqlarga aytiladi. Hayotda shunday detallar uchraydiki ularni aylana radiusi yoki yoy bilan chizmasini chizib bo‘lmaydi, ular har xil egri chiziqlardan iborat bo‘ladi (61-rasm).



61-rasm.

63-rasm.
Konus kesimidan hosil qilinadigan ellips parabola va giperbola ikkinchi tartibli chiziqlar ham lekalo egri chiziqlar turkimiga kiradi. Ellipsni yasash 62-rasmda ko‘rsatilgan. Unda AV va SD o‘zaro perpendikulyar chiziqlarda kesma bo‘yicha aylanalar chiziladi va teng bo‘laklarga bo‘linadi. Tashqi aylanadagi nuqtalardan vertikal, ichki aylanadagi nuqtalardan esa gorizontal chiziqlar chizib, ular kesishgan nuqtalar lekalo bilan tutashtirilsa ellips hosil bo‘ladi. 63-rasmda parabola yasash ko‘rsatilgan. Bu shunday egri chiziq-ki, uning har bir nuqtasi fokus nuqta F va AB direktirisadan barovar uzoqlikda yotadi. Uning ikkinchi va uchinchi variantlari 64-a,b,rasmlarda bajarilgan. Ikki pallali giperbolani yasash 65-a,rasmda ko‘rsatilgan. Bunda ikkita F1 F2 (2b) fokus nuqtalar va ikki kaytish nuqtalar A1 A2 (2a) masofalar berilgan, giperbola yasash talab qilinadi. Giperbola ikkita (VS va DE) asimptotalarga ega, ularga giperbola pallalari intiladi, lekin kesishmaydi. Giperbola ikkita haqiqiy - X va mavhum - Y o‘qlariga ega bo‘lib, ular o‘zaro perpendikulyardir. F1, F2 fokus nuqtalar va pallalar uchi A1, A2 lar X o‘qida joylashgan. Giperbola egri chizig‘ida yotuvchi har bir M nuqta F1M-F2M ayirmasiga teng. 65-b,rasmda ikkinchi usulda yasalishi ko‘rsatilgan.
Sikloida. Grekcha «doirasimon» degan ma’noni anglatib, ochiq ravon egri chiziq. Uni hosil qilish uchun biror to‘g‘ri chiziq bo‘yicha aylananing sirpanmasdan bir tekis harakatlanishi natijasida shu ayla­nada yotgan nuqtaning izidan hosil bo‘ladi. Unda CD – yo‘naltiruvhi to‘g‘ri chiziq; R – radiusli aylana; O,O8 – yasovchi aylana markaz­lari; t – sikloida qadami aylana yoyilmasi (2R)ga teng (66-rasm).






Download 395.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling