Tuxliyev N., Bozorga oʻtishning mashaqqatli yoʻli, T., 1999


–rasm. Talab va taklif muvozanati


Download 196 Kb.
bet13/21
Sana29.03.2023
Hajmi196 Kb.
#1309057
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
ИКТ Матекубов.В курс иши

5–rasm. Talab va taklif muvozanati.
Bozor muvozanati barqaror deb tan olinadi, agarda bozor o‘zining ichki omillari evaziga oldingi holatiga qayta oish qobiliyatiga ega bo‘lsa. Bu holatda bozorning o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi ishga tushadi. Agar bozor barqaror bo‘lsa, davlat uning faoliyatiga aralashmaydi, agar u izdan chiqsa, davlatning aralashuvi shart va zarur bo‘lib qoladi.
Bozorni tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatdiki, bu yerda asosiy omil vaqt omili qisoblanadi. Vaqt omiliga bo‘yicha muvozanatning turli modellari kelib chiqadi. Masalan, statistik va dinamik modellar.
Talab va taklif omillarini kompleks tadqiq qilish aniq bir tovar yokii xizmatlar bozorining sifatli tahlilini va bozor kon’yunkturasini qisqa va uzoq muddatli kelajakda bashoratlash imkonini beradi.

Narx

Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.

Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli;
Bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda Narxni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan. 21-asr boshlaridagi nazariyalar N.ni pulning miqdoriy nazariyasi asosida izoxlab, N.ga harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi. N.ni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab va taklift bogʻliq. N. faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar oʻrnini bosa olishi, muomaladagi pulning harid qobiliyatiga ham bogʻliq.
Binobarin, N. qiymatdan miqdoran farqlanadi. Mahsulot tannarxi har qanday N.ning asosi boʻlib, mahsulotning hayotiy sikli davomida uning N.idagi oʻzgarishlarga katta taʼsir koʻrsatadi. N. miqdori harajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda, rakobatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi.

Bozor iqtisodiyotida N. bir nechta vazifalarni bajaradi:


1) hisob-kitob va oʻlchov vazifasi —N. vositasida qilingan harajatlar, olingan natijaning puldagi miqdori aniklanadi. Harajatlar ishlatilgan resurslar miq-orini uning N.iga koʻpaytirish opkali hisoblanadi;
2)ragʻbatlantirish vazifasi — N. ning oʻzgarishi ishlab chiqarish hajmini oʻzgartiradi. Talab N.ga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. N. pasaysa talab ragʻbatlantiriladi, aksincha, N. oshsa (boshqa shart-sharoit oʻzgarmagan takdirda) taklif ragʻbat oladi. N.dagi oʻzgarish ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarga ishtiyoq bagʻishlaydi;
3)raqobat vositasi vazifasi — N. raqibni bozordan si-qib chiqarish va bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqo-batchilar N.ni oʻzgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash or-qali oʻzaro bellashadilar. N. raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi;
4) iqtisodiyotni tar-tiblash vazifasi — N. bozor mexanizmidagi asosiy iqtisodiy dastak yoki vosita. N. oʻzgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi aniklanadi. Muayyan tovarlar N.ining oshishi ularni koʻplab ishlab chiqarish kerakligini bildiradi, aksincha, N.ning pasayishi tovar ishlab chiqarishni kamayishi yoki umuman toʻxtatilishi lozimligini anglatadi. N.ga qarab bozori kasod tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarishga oʻtiladi. Bu esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib oʻtishi-ga, eski soha qisqarib, yangi soxaning tez rivojlanishiga olib keladi. N. resurslarni qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi.
Narx qaysi bozorda amal qilishi, kimga moʻljallanganligi va qaysi maqsadni koʻzlashiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi.

1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling