Tuxliyev N., Bozorga oʻtishning mashaqqatli yoʻli, T., 1999


Download 196 Kb.
bet16/21
Sana29.03.2023
Hajmi196 Kb.
#1309057
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
ИКТ Матекубов.В курс иши

Raqobat strategiyasi — bu ma’lum bir firmaning bozorda olib boradigan raqobat kurashining uzoq davrga mo‘ljallangan asosiy rejasi, yo‘l-yo‘riqlaridir. Strategiya firmaning bosh asosiy maqsadlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, unda qanday qilib foydani eng yuqori darajaga ko‘tarish, kam xarajat qilgan holda o‘z bozorini

kengaytirish yoki boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarish, yangi bozorlarga sekin-asta kirib borishning yo‘llarini belgilab olishdan iborat bo‘ladi.


Raqobat kurashi quyidagi asosiy shakllarda namoyon bo‘ladi.

  • Тarmoq ichidagi raqobat — bunda bir tarmoq korxonalari o‘zaro raqobatlashadilar. Bu raqobat, eng avvalo, ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali olib boriladi. Korxonalar ishlab chiqarishda yuqori unumli texnika-texnologiyalar qo‘llash yo‘li bilan mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, uning tannarxini kamaytirish orqali o‘z tovarlari sotilishining qulayroq sharoitiga ega bo‘lish va qo‘shimcha foyda olish uchun kurash olib boradilar.

  • Тarmoqlararo raqobat — ishlab chiqarishning turli tarmoqlariga tegishli bo‘lgan korxonalar o‘rtasida yuqori foyda olish uchun olib boriladi. Bunday raqobat natijasida ayrim korxonalar foyda me’yori kam bo‘lgan muayyan bir tarmoqdan foyda me’yori yuqori bo‘lgan boshqa bir tarmoqqa o‘tib ketadi. Iqtisodiyot nazariyasida bu holat kapitallarning tarmoqlararo oqib yurishi deyiladi.

Raqobat kurash usullari jihatidan nohalol va halol raqobat bo‘lishi mumkin.
Nohalol raqobat - davlat tomonidan taqiqlangan g‘ayriinsoniy usullardan foydalanib, bozordagi raqobatchilarga qarshi kurash olib borishdir. Nohalol raqobatda uning ayrim ishtirokchilari tomonidan josuslik, qo‘poruvchilik, reket, tuhmat, tovar belgisini o‘g‘irlash, hatto qotillik kabi usullardan foydalanib o‘z raqibini bozordan chiqarib yuborishga harakat qilishdir.
Halol raqobat - bu bozor ishtirokchilarining davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar doirasida yo‘l berilgan usullardan foydalanib, o‘z faoliyatlaridan yuqori darajada foyda olishlari uchun o‘zaro kurashuvdir. Halol raqobatda, odatda, uning ishtirokchilari xalq tomonidan tan olingan, madaniy usullar qo‘llaniladi. Bu usullarning keng tarqalgani tovar va xizmatlarning narxi vositasida raqobatlashuvdir.
Raqobat juda ham kata mavzu bo’lgani uchun qisqaroq yoritishga harakat qildim.Jumldan prezidentimizning shu yil 6-iyuldagi PF-6019-son farmoni ham O’zbekistonda raqobatni rivojlantirishga urinishlar kata ekanligini ko’rsatdi.

Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling