Erkin bozor narxi (muvozanatli N.) — erkin bozorda sotuvchilar va haridorlar koʻpchilik boʻlganidan ulardan hech biri oʻzi xohlagan narxni oʻrnatolmaydi. Bu yerda talab-taklif nis-batiga qarab erkin savdolashuv N.i, yaʼni muvozanatli N. yuzaga keladi;
Monopol narx. — monopol bozorda so-tuvchi yoki haridor ozchilik yoxud tanho boʻlganida ular xohlagan N. oʻrnatiladi. Bu bozorga zoʻrlab kiritiladigan N. boʻlib, odatdagi N.lardan yuqori boʻla-di va monopol foyda olishga xizmat qiladi;
Ulgurji narx — tovar ishlab chikaruvchilar savdo firmalariga to-varlarni bir yoʻla koʻtarasiga sotishida qoʻllanadi. Tovar birjalari va savdo uylarida ham ulgurji N.lar qoʻllanadi; shartnoma N.lari — sotuvchi va haridorlarning roziligi bilan belgilanadigan va oʻzaro tuziladigan shartnomada koʻrsatiladigan N. Bunday N., odatda, shartnoma muddati amal qila-digan davrda oʻzgarmaydi. Koʻproq mil-liy va xalqaro bozorlarda qoʻllanadi;
Chakana narx — tovarlar bevosita is-teʼmolchilarga yakkalab sotilgan chogda qoʻllanadi va miqdori ulgurji N.dan yuqori boʻladi;
Preyskurant narx— haridor uchun bildirgich yoki maʼlumot-noma N. boʻlib xizmat qiladi va haqiqiy N. preyskurantlar (koʻrsatkichlar)da eʼlon qilingan N. atrofida boʻlishini anglatadi;
Dotatsiyalangan narx — davlat byudjeti hiso-bidan maxsus arzonlashtirilgan, bozor N.idan pastroq qilib belgilangan N., N.dagi farq byudjet beradigan dotatsiya bilan qoplanadi. Bu N.ni oʻtish davrida turgan mamlakatlarda davlat aholini ijtimoiy himoyalash uchun qoʻllaydi;
Demping narx — bozorda oʻz mavqeini mustahamlash va raqiblarni siqib chiqarishda qoʻllanadigan maxsus pasaytirilgan N. xalqaro bozorlarda koʻproq qoʻllanadi.
Bozor koʻlamiga koʻra narxlar xududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro bozor N.lar i ga boʻlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |