Tuxtanazarova sarvinoz umidjon qizi


- rasm. Ingliz tilidagi to‘y konseptiga oid qo‘shimchalar


Download 0.52 Mb.
bet17/23
Sana22.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1647069
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
tayyor TURLI TIZIMLI TILLARDA KONSEPTIGA OID TIL BIRLIKLARINING SATHLARARO QIYOSIY TADQIQI

3.1- rasm. Ingliz tilidagi to‘y konseptiga oid qo‘shimchalar71
Ikki mustaqil morfemalarni birktirgan holda to‘yga aloqador qo‘shma so‘zlar hosil qilinadi va ingliz tilida qo‘shma so‘zlar tuzilishi jihatdan 3 guruhga bo‘lib, ya’ni ochiq, yopiq, chiziq orqali beriladigan qo‘shma so‘zlarga bo‘linadi. To‘yga oid so‘zlar misolida qo‘shma so‘zlarni ko‘rib chiqamiz.
-stag night, best men, open marriage, bridal party kabi birikmalar ochiq qo‘shma so‘zlar(open compound words)
-brides/maid,bride/groom,grooms/men,honey/moon, newly/weds, pageboy kabilar yopiq qo‘shma so‘z bo‘lib(open compound words), ularning orasida qo‘llanuvchi qo‘shimchalar infikslar deb ataladi.
- (-) bilan shakllangan qo‘shma so‘zlar(hyphenated compound words): bride-to-be, mother-in-law,father-in-law, sister-in-law, brother-in-law, mail-order.
Misollardan shuni anglash mumkunki, ingliz tilidagi ochiq qo‘shma so‘zlar deb atalgan bridal party, wedding breakfast, wedding shower kabilar o‘zbek tilida so‘z birikmasi hisoblanadi. Chunki o‘zbek tilidagi qo‘shma so‘zlar so‘z birikmasidan farqli o‘laroq qo‘shib yozilib, umumlashgan ma’no hosil qiladi. Biroq ingliz tilidagi qo‘shma so‘zlarning tuzilishi o‘zbek tilidagi qoidalarga mustasno ekanligini anglashimiz mumkun. Ingliz tilida (-) belgisi nafaqat juft, takror so‘zlarni yasashda, balkim qo‘shma so‘zlarni yasashda ham qo‘llaniladi, farqli tomoni ohangning va takrorlashning mavjud emasligidir.
Bilamizki morfologik sath morfemalarning grammatik ma’nolarini, paradigmatik bog‘lanishi va so‘z turkumlarini o‘rganuvchi mikrotilshunoslikning bo‘limi hisoblanadi.
Tilshunos olima M.Qahhorova “O‘zbek etnografizmlarning sistemaviy tadqiqi” nomli dissertatsiyasida etnografizmlarning shakliy ifodalanishini quyidagicha turlarga bo‘ladi.

3.2-rasm. O‘zbek tilidagi etnografizmlarning ifodalanishi72
To‘y konseptiga oid birliklarni ham o‘zbek etnografizmlarning bir qismi sifatida yuqoridagicha tahlil qilishimiz mumkun. Misol uchun, fotixa, nikoh, kelin, kuyov, xatna, maslaxatoshi kabi leksemalarni ot so‘z turkumi orqali ifodalanadi. To‘y bilan bog‘liq ko‘plab marosim nomlari fe’ldan yasalgan yuzochar, mehmonchaqirdi, uyko‘rdi,og‘izbog‘landi,nonsindirdi, so‘qimso‘ydi, to‘yyubordi, ziyofatpishirdi, sabziarchdi, supraochdi, chaqirdi,yuzochdi, oyoqbosdi kabi qo‘shma so‘zlar fe’l so‘z turkumidagi ikki fe’lning birikishidan paydo bo‘lgan klassema sifatida shakllangan.73
To‘y konseptiga oid noverbal vositalarni ham ikkiga bo‘lgan holda o‘rganadigan bo‘lsak kelinning salom berishi, qo‘lining ko‘ksiga qo‘yib gapirishi, oyoq bosish kabi ishoralar orqali ma’no va ma’lum bir fikr bildirilsa, nikoh uzugi, osh, kabi ramziy belgilar o‘zbek madaniyatidagi to‘y konseptini tahlil qilishda yordam beradi.
Ingliz tilidagi to‘y konseptiga oid til birliklarning ushbu usulda guruhlarga bo‘lib chiqsak bo‘ladi.
1. Verbal:
a) bride, groom, wedding wow
b) to wed, get married, get divorced
2. Non-verbal:
a) throw the bucket/garter/rice
b) cake, veil, bell, ring
Ushbu faslda keltirilgan morfemik tahlillardan ingliz va o‘zbek tillaridagi ikki til doirasida o‘xshashlik va farqlarni aniqlab oldik.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling