Tuxtanazarova sarvinoz umidjon qizi
ingliz va o‘zbek tillarida to‘y/bayram konseptiga oid til birliklarining leksik sathda ifodalanishi
Download 0.52 Mb.
|
tayyor TURLI TIZIMLI TILLARDA KONSEPTIGA OID TIL BIRLIKLARINING SATHLARARO QIYOSIY TADQIQI
3.2 ingliz va o‘zbek tillarida to‘y/bayram konseptiga oid til birliklarining leksik sathda ifodalanishi
Tildagi har bir sath bir biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, fonetik sath fonemalarni o‘rgansa, ulardan tashkil topgan morfemalarni morfemik sath, hosil bo‘lgan so‘zlarni, ularning grammatik shakllarini va ma’nolarini, ma’lim bir so‘z turkumiga kirishini morfologik sath tadqiq etsa, keying pog‘ona, leksik sath, bu shu so‘zlarni atash ma’nosiga ega bo‘lgan tilning lug‘at boyligi hisoblagan lissoniy birlik sifatida o‘rganadi. Leksik-semantik sath o‘z navbatida leksik, semantik, frazeologik sathlarni o‘z ichiga oladi va biz uchinchi bobimizning bu qismida to‘y va to‘yga aloqador bayram konsepti bilan bog‘liq bo‘lgan til birliklarini leksema, semema, frazema sifatida tahlil qilib chiqamiz. To‘y konseptiga leksemalarni tadqiq qilar ekanmiz ularning lug‘aviy va ko‘chma ma’nolarining mavjudligi, ularning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlarini, yangi so‘zlar, eski so‘zlar, olinma so‘zlar, shevaga xos so‘zlarga to‘xtalib o‘tamiz. Ma’lum bir tilda faqat bir ma’noga ega bo‘lsa, ular monosemantik so‘zlar deb ataladi, sarpo, go‘shanga, nikoh, taloq, xatna, sovchi, qaynona, fotixa, yuzochar kabi so‘zlar shular jumlasidandir. Ikki va undan ortiq ma’nolarga ega bo‘lgan leksemalar polisemantik birliklar hisoblanib, o‘zlarida bir necha semalarni saqlaydi. To‘y leksemasining oladigan bo‘lsak nikoh to‘yida birlashish, xatna to‘yi islom diniga oidlilik, byutjet to‘yi, diplom to‘yi kabilarda yig‘in ma’nosi, to‘y(kelin tomonga yuboriladigan oziq-ovqat) yegulik ma’nosi mavjud bo‘lsa, barcha birliklardagi bazm, ziyofat, diydorlashmoq semasi ularni o‘zaro bog‘laydi. Misol uchun “bugun uyimizda to‘y” gapi uydagi to‘kin-sochin dasturxon, oilaviy yig‘in haqida so‘z borayotgan bo‘lishi yoki o‘z ma’nosida qo‘llanilib, to‘y marosimi bo‘layotganligini tushunishimiz mumkun. Tilshunos olima M.Qahhorova to‘y leksemasi xursand-chilik, urf-odat, milliylik, ko‘pchillikka aloqadorlik, yig‘in semalarini jamlashini keltirib o‘tgan va jins nuqtayi nazaridan to‘yning nomlari guruhlarga ajratib chiqilgan, xususan, sunnat to‘yi boshqa to‘ylarning nomlaridan farqli o‘laroq erkak jnsiga mansubligi bilan ajralib turadi, taloq so‘zining erkak so‘zlovchi tomonidan aytilishi ham shular jumlasidandir. Taloq so‘zi yuqorida sanab o‘tilgan semalarga qo‘shimcha ravishda noxushlik ma’nosini namoyon etadi deb yoziladi.74 To‘y leksemasi to‘ymoq fe’lining buyruq mayli shaklida omonim bo‘la oladi. Ingliz tilidagi wedding leksemasi faqat nikoh bilan bog‘liq bir necha ma’nolarni bildiradi: ikki kishi oila qurishi munosabati bilan o‘tkaziladigan nikoh to‘yi va nikoh to‘yining yillik nishonlovlari( silver wedding, gold wedding).Ushbu ma’nolarni ingliz va o‘zbek tilidagi wedding va to‘y so‘zining o‘xshashliklari deb olishimiz mumkun. Wedding leksemasida xursandchilik, bazm, urf-odat, milliylik kabi semalar bilan birgalikda ko‘pchilikka aloqadorlik semasining o‘rniga minimalizm,ya’ni kamchilikka aloqadorlik semasi namoyon bo‘lmoqda. Urf-odatlarga ko‘ra to‘y marosimlarini eskicha to‘y deb topilib, nikoh shartnomasining imzolanishi va eng yaqin insonlar davrasidagi kichik bazm nikoh to‘yi sifatida qabul qilinmoqda. Kelin leksemasining semantik strukturasiga to‘xtaladigan bo‘lsak hayo, ibo, xushmuomalalik, nazokat,mehnatkashlik semalari ushbu lingvistik birlikni tashkil etadi va aynan o‘zbek kelinining obrazini ochib beradi. O‘zbek kelin obrazi uyalganidan pastga qaragan ko‘zlar, qo‘li ko‘ksida, nutqdagi mayin ohang, doimiy xizmatga shaylik kabi hislatlarni o‘zida jamlaydi. Kelin leksemasi o‘zbek tilida ingliz tilidagi ekvivalentidan boshqa ma’nolarda ham qo‘llaniladi. To‘yi bo‘layotgan qiz, to‘ydan so‘ng kuyovning yaqin qarindoshlari uchun ham shu nom bilan ataladi. “Kelinningiz uydami?” kabi savol qaynota, qaynona, qaynsingilga berilishi va kelin deb murojaat etilishi mumkun. Ingliz tilidagi “bride” leksemasida faqat to‘y kuni qizga nisbatan qo‘llanilib, nafosat, go‘zallik, aybsizlik(innocence) semalari ustuvorligi bilan kelin konseptosferasi o‘zgaradi. Ingliz lingvokulturologiyasida qiz va yigitning maqomi unashtiruvdan boshlab uch xil ko‘rinishga o‘zgaradi: a)fiance - fiancee, nikoh qayd etilgangan keying maqomi; b)bride-groom(kelin va kuyov) – to‘y kunidagi nomlanadigan maqomi;c)husband-wife(er va xotin) – oila qurilganidan so‘ng aytiladigan maqomi.75 Qaynona va qaynota uchun o‘g‘lining ayoli daughter-in-law(so‘zma-so‘z tarjima etilganda qonun bo‘yicha qiz), qizining turmush o‘rtog‘i son-in-law(qonun bo‘yicha og‘il) deb ataladi. Nikoh (marriage) leksemasi monosemantik birlik hisoblanib, ikki jins vakili o‘rtasida tomonlarning o‘zaro roziligi asosida tuziluvchi ittifoq ma’nosini anglatib, nikoh konsepti ikki madaniyatdagi asosiy farqlardan biridir. Berilgan ta’rifdan tushunish mumkunki, nikoh arab tilidan kirib kelib, islom dinida faqat ayol va erkak jinsi o‘rtasida amalga oshiriladi, biroq marriage leksemasida ushbu sema yo‘qligini bir jins vakillari o‘rtasida tuziladigan nikohni misol keltirsak bo‘ladi. Islom dini aqidalariga ko‘ra nihoh oila qurilishining asosiy sharti hisoblanadi va o‘zbek xalqi uchun ushbu so‘zda ayol va erkak uchun ma’lum vazifalar topshirilishi: ayol uchun oila, itoat, mehr-muhabbat, ishonch, xurmat ehtiromi, himoyalanganlik, qo‘rg‘on kabi ma’nolarni anglatsa, erkak uchun oila, g‘urur, shan, nomus kabi ma’nolarga ega bo‘lib, har bir erkak o‘z oilasining podshohi va uning uchun farovonligi uchun mas’ul shaxsdir. Ingliz madaniyatida bu tushuncha ham sevgi va muhabbat, g‘amxo‘rlik va sadoqatni uyg‘unlashtiruvchi, yigit va qizga bir xil vazifalarning, maqomning berilishi demakdir, buni nikohlanayotganga yigit va qizning nikoh qasamida ko‘rishimiz mumkun(wedding vows). Nikoh konsepti bilan bog‘liq ingliz madaniyatiga xos belgilarni aks ettiruvchi same-sex marriage, gay marriage( bir jins vakillari o‘rtasidagi nikoh) tushunchalarning o‘zbek madaniyatiga nomutanosibligi sababli o‘zbek tilida ekvivalenti mavjud emas. Nikohning qayd etilganligini tasdiqlovchi nikoh shartnomasi(marriage contract) tushunchasi ingliz xalqi uchun muhim bo‘lib, oila qurayotganda mol-mulkdagi ikki tomonning huquqlari belgilab o‘tilganligi sababli, ajrim holati qayd etilganda haq-huquqlarining sug‘urtasi sifatida qaraydilar. Buning natijasida yigit va qiz nikohsiz ham bir oila tarzida yashashning afzal ko‘rilishiga va nikoh ahamiyatini aholi o‘rtasida kamayib borishiga olib kelmoqda. O‘zbek lingvokulturologiyasida shariat qoidalari asosida tuzilgan nikohning diniy jihatdan majburiyligi tufayli katta ahamiyat kasb etadi va rasmiy nikoh shartnomasi tushunchasi nikoh qayd etilganligini tasdiqlovchi hujjat ma’nosiga ega bo‘lib va Yevropa madaniyatidan farqli o‘laroq uni tuzishda ajrimdagi huquqlarga umuman e’tibor berilmaydi. Chunki har bir yosh kun kelib oilasining yakunlanishi hayol etmaydi, oilani muqaddas deb bilgan holda orzu-umidlar bilan boshlaydi. Shuni ta’kidlash lozimki ko‘p ma’noli so‘zlarni omonim so‘zlardan farqlash lozim. Biroq omonimiya hodisasi ingliz va o‘zbek tillarida farqliligi sababli to‘y konseptiga oid leksemalarning shakldoshlik holati turlicha bo‘ladi. To‘y leksemasini to‘ymoq fe’li bilan omonim bo‘la olishini ko‘rishimiz mumkun. Qalin so‘zi ham omonim bo‘la oladi: a)ot – kuvov tomonidan kelin uchun beriladigan pul, jonliq,mol(qalin bermoq) b) sifat – zich joylashgan, bir-necha qavatli(qalin soch, qalin kiyingan) Kampiro‘ldi, sochsiypatar, qo‘lushlatar, yuzochar, mehmonchaqirdi kabi leksemalarni omonim deb hisoblamaymiz, chuni bu marosim nomlari shu harakatni ifodalovchi fe’llardan o‘sib chiqqan. Inliz tilida o‘zbek tilidan farqli o‘laroq omonimlar(homonyms) omograf (homograph) va omofon(homophone) tarzida namoyon bo‘ladi. Homophone – bir xil talaffuz etiladigan, ma’nosi farqlanuvchi, bir xil yoki turli yoziluvchi so‘zlar: Marital – nikohga oid, oilaviy/marshal – harbiy unvon Bridal – nikoh marosimi va unga oid/bridle – otning boshiga o‘rnatiladigan uni jilovlash uchun ishlatiladigan jabduq. Aisle( yo‘lak)/isle(orol). Bu ikki so‘zning bir xil tallafuz etilishi sababli omofon bo‘lib, walking down the aisle – turmushga chiqish, walking down the isle-orol sayr qilish degan ma’noni bildiradi Marry – fe’l, turmushga chiqmoq/merry – sifat, quvnoq Veil – ot, kelinning yuzini berkitish maqsadida ishlatiladigan mato(fata)/vale- ma’lum bir hududni bildiruvchi ot, hudud/vail – fe’l, cho‘ktirmoq, pasaytirmoq Homograph – omograflar, yozilishi bir xil biroq turli ma’noni bildiruvchi so‘zlardir. Misol uchun ring so‘zining ma’nolarini quyidagicha keltirish mumkun. -barmoqqa taqiladigan qimmatbaxo metal; -ba’zi bir sport turlarida jang o‘tkaziladigan maydon -noqonuniy faoliyat yurituvchi odamlar jamoasi To‘y konsepti bilan bog‘liq so‘zlar o‘rtasidagi omonimiya hodisasi ingliz tilida o‘zbek tiliga nisbatan ko‘proq uchrashining sababi ham omofonlarning mavjudligi bilan izohlanishi mumkun,chunki o‘zbek tilidagi so‘zlar tallafuzdagi ayrim fonetik o‘zgarishlarni hisobga olmasak qanday yozilsa shunday talaffuz etiladi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi to‘y/bayram konseptiga oid til birliklarini shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlaridan to‘y/bayram konseptiga oid leksemalarda sinonimiya hodisasini ko‘rib chiqamiz. Marriage(nikoh) leksemasi ushbu konseptning markaziy qismida joylashgan bo‘lib, birlashish va marosim ma’nolarini aks ettirib, quyidagi so‘zlar bilan ma’nodosh bo‘la oladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling