Tuxum va tvorogdan taomlar tayyorlashni o’rgatish Mundarija


Toblab, qizartirib pishiriladigan tuxumli taomlar


Download 171.31 Kb.
bet10/22
Sana15.06.2023
Hajmi171.31 Kb.
#1485881
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Tuxum va tvorogdan taomlar

Toblab, qizartirib pishiriladigan tuxumli taomlar.


Tabiiy qizartirib pishiriladigan qо‘ymoq. Tayyorlangan omlet aralashmasi yog‘langan protivenga solinadi va 160-180 0S haroratda qizdirish shkafida pishiriladi, yuzi qizarib qatlam hosil bо‘lgunga qadar qizartirib pishirilgan qо‘ymoqday uzatiladi.
Sabzili qо‘ymoq. Tozalangan sabzi pishiriladi, eziladi va qо‘ymoq aralashmasi bilan aralashtiriladi. Tabiiy qizartirib pishirilgan omletday tayyorlanib uzatiladi. Qо‘ymoqni pishloq bilan ham tayyorlash mumkin. Bunday taomni tayyorlash uchun 1 dona tuxum, 3 gramm sarigyog‘, 30 gramm sut, 50 gramm sabzi kerak bо‘ladi Taomning chiqishi 100 grammni tashkil etadi.
Shpinatli qо‘ymoq. Konservalangan shpinat – pyure yog‘ bilan aralashtiriladi, 3-5 minut isitiladi, keyin sovutiladi va qо‘ymoq aralashmasiga qо‘shiladi. Qovurish shkafida quyuqlashguncha pishiriladi. Tayyor qо‘ymoq bо‘laklarga kvadrat yoki uchburchak shaklda kesiladi va yog‘ bilan uzatiladi.
Gurunch bо‘tqasi bilan tayyorlangan qо‘ymoq. Gurunch bо‘tqasi pishiriladi, yog‘ solinadi, tayyorlangan protivenga solinadi va tayyorlangan qо‘ymoq aralashmasi ustiga qо‘yiladi, hammasi birgalikda aralashtiriladi, tekislanadi, qovurish shkafida pishiriladi. Tayyor qо‘ymoq bо‘laklarga bо‘lib (1 porsiyaga 1 ta) ustidan qizdirilgan sarigyog‘ qо‘yib uzatiladi.
Drachena. Bug‘doy unini yog‘siz och-sarik ranggacha qizartiriladi, unga sut xom tuxum, tuz qо‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma kо‘pirtiriladi va tindiriladi.
Aralashmaga smetana yoki sariyog‘ qо‘shish mumkin. Chuyandan tayyorlangan tova yog‘ surtiladi, ustiga aralashma 1 sm qalinlikda qо‘yiladi va qizdirish shkafida qо‘ymoq yuzi qizarguncha pishiriladi.
Tayyor drachena porsion bо‘laklarga bulinadi va darhol uzatiladi, chunki u tez kotibi kо‘rinishini uzgartiradi. Taomni shakar qо‘shib yoki murabbo solib uzatish mumkin.
Tuxumdan tayyorlangan sufle. О‘rtacha quyuqlashgan sutli sardak tayyorlanadi va 50 0S haroratgacha sovutiladi. Tuxum sarig‘i oqidan ajratib sutli sardakka qо‘shiladi. Oqsilli turgun kо‘pik hosil bо‘lgunga qadar uriladi, tayyorlangan aralashmaga asta-syokin qо‘shiladi. Tayyorlangan sufle aralashmasi yog‘ surtilgan protivenga solinadi va qizdirish shkafida pishiriladi. Taomni suv hammomida ham pishirish mumkin.
Tayyor sufle porsion bо‘laklarga kesiladi, tarelkaga solinadi va uzatiladi. Bunday taomni tayyorlash uchun 1 dona tuxum, 7 gramm sarigyog‘, 50 gramm sut, 5 gramm bug‘doy uni kerak bо‘ladi Taomning chiqishi 95 grammni tashkil etadi.



Download 171.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling