TUXUMNI QAYNATISH USULLARI:
Tuxumni yumshoq pishirish uchun 2 daqiqa qaynatish kerak. Natijada oqsil chala pishib, sarig‘i o‘sha holicha qoladi.
“Xaltacha” usulida pishirishda qaynayotgan suvda 4–5 daqiqa qay natish kerak – oqsili pishadi, sarig‘i pishmaydi
Qattiq qaynatib pishirish uchun tuxumni qaynoq suvda 7–10 daqiqa ushlash kerak – oqsili ham, sarig‘i ham pishadi. Qaynatilayotganda tuxum yorilib ketmasligi uchun suvga 1 choyqoshiqda tuz solib qo‘yish kerak (suv tuxumni 1 santimetrcha ko‘mib turishi lozim).
Pishgan tuxum qobig‘ini oson archish uchun pishganidan keyin uni darrov sovuq suvda 30 daqiqa tutib turish kerak.
Tuxum quyidagicha pishiriladi:
Unchalik katta bo`lmagan idishni tanlab oling.
Unga suv quying;
Yuvilgan tuxumni suvga soling;
Plitani ishlating;
Suvni qaynating;
Qaynatishni pastlatib, vaqtni belgilab oling;
Tayyor bo`lguncha pishiring
Pishirib bo‘lgach, tuxumni sovuq suvga soling.
DIQQAT QILING!
Ishni boshlashdan oldin unni yaxshilab elab oling. Tuxumni esa iliq suvda yaxshilab yuving.
TUXUMNI QOVURISH.
Tuxumdan qovurilgan taom tayyorlash mumkin, masalan, qovurilgan tuxum (oqini sarig‘iga aralashtirmasdan) yoki omlet. Omlet uchun 2 dona tuxum, 30 g sut, 5 g yog‘ kerak bo‘ladi. Qovurishdan oldin yuvilgan tuxum alohida idishga chaqiladi. Unga sut, tuz qo`shib, yaxshilab iylanadi. Yaxshi qizi tilgan tova dagi paxta yog‘i yoki o‘simlik yog‘ida omlet qovuriladi. Pishgan omletning chetlarini o`rtasiga qayirib, cho`zinchoq shaklda o`raladi. Qovurilgan omletni garnir bilan pomidor, piyoz v. b.) tovada oldindan qovurib olinadi.
Qovurilgan tuxumning oqini sarig`iga aralashtirmasdan tayyorlash texnologiyasi.
Buning uchun tuxumning sarig`ini buzmasdan, ehtiyotkorlik bilan chaqiladi. Tayyorlangan tuxumlar qizdirilgan tovaga solinafi, tuz sepiladi va past olovda tuxumning oqi pishguniga qadar qovuriladi. Sarig`i chala pishirilishi, shakli saqlanishi kerak. Qovurilgan tuxum ehtiyotlik bilan idishga solinadi. Ko`katlar va boshqa mahsulotlar bilan dasturxonga tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |