Tuzlarning gidrolizi pH. Suvning ion ko’paytmasi. Kationlararo
)anion bo’yicha; 2) kation bo’yicha; 3) ham anion, ham kation bo’yicha
Download 144.99 Kb.
|
10-M
1)anion bo’yicha; 2) kation bo’yicha; 3) ham anion, ham kation bo’yicha.
Har qanday tuz ham gidrolizlanavermaydi. Tuzlar gidrolizga uchrashi uchun: 1)Tuz suvda erishi; 2) Tuz kuchsiz asos yoki kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan bo’lishi kerak. Kislota yoki asos qancha kuchsiz bo’lsa, gidroliz shuncha kuchli boradi: Gidroliz reaksiyasining asosiy qonuniyatlari: 1) Kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlar gidrolizga uchramaydi va eritmaning muhiti neytral pH=7 bo’ladi. Ya’ni indikator qog’ozining rangi o’zgarmaydi. Chunki anion ham, kation ham suv bilan kimyoviy ta’sirlashmaydi va kuchsiz elektrolit hosil qilmaydi. 2) Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlar kation bo’yicha qaytar gidrolizlanadi va eritmaning muhiti kislotal (pH <7) bo’ladi. Indikator qog’ozining rangi qizaradi. Masalan; NH4I + H2O ↔ NH4OH +HI NH +I- + H2O ↔ NH4OH +H+ + I- Reaksiya tenglamasidan ko’rinib turibdiki, eritmada erigan holda H+ ionlari bo’lib, ularning konsentratsiyasi toza suvdagidan ko’proq, shuning uchun bunday tuzlar eritmalarining muhiti kislotali bo’ladi (pH<7). Ushbu reaksiyada suv bilan NH ionlari reaksiyada ishtirok etadi, shuning uchun bunday turdagi gidroliz reaksiyalari kationi bo’yicha boradi. Agar gidroliz reaksiyasi ko’p kislotali (negizli) kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlar ishtirokida borsa, reaksiya natijasida asosli (gidrokso) tuz hosil bo’ladi. 1-bosqich: Aℓ(NO3)3 + H2O ↔ Aℓ(OH)(NO3)2 + HNO3 Al+3 + 3NO + H2O → Al(OH)+2 + 2NO + H+ + NO Aℓ3+ + H2O ↔ [Aℓ(OH)]2+ + H+ 2-bosqich: Aℓ(OH)(NO3)2 + H2O ↔ Aℓ(OH)2 (NO3) + HNO3 [Al(OH)]+2 + 2NO + H2O → [Al(OH)2]+ + NO + H+ + NO [Aℓ(OH)]2+ + H2O ↔ [Aℓ(OH)2 ]+ + H+ 3-bosqich: [Aℓ(OH)2 ] (NO3) + H2O ↔ Aℓ(OH)3 + HNO3 [Al(OH)2]+1 + NO + H2O → Al(OH)3 + H+ + NO [Aℓ(OH)2 ]+ + H2O ↔ Aℓ(OH)3 + H+ Gidrolizning birinchi bosqichi kuchli, ikkinchi bosqichi kuchsiz, uchinchi bosqichi esa juda kuchsiz boradi. Uchinchi bosqichning borishi uchun eritmani suyultirish va qizdirish kerak bo’ladi. Xulosa: a) kation bo’yicha tuzlar qaytar gidrolizlanadi; b) gidroliz reaksiyasining muvozanati chap tomonga kuchli siljigan bo’ladi; d) bunday tuzlarning eritmalari kislotali muhit hosil qiladi; e) ko’p kislotali (negizli) kuchsiz asoslardan hosil bo’lgan tuzlar gidrolizlanganda asosli tuz hosil bo’ladi. Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan HgCl2, CdI2, PtCl4, AuCl3 larga o’xshash ba’zi tuzlar suvda eriydi, ammo gidrolizlanmaydi. Kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuzlar eritmalarida [H+] va pH qiymatlarini hisoblash formulalari Kgid = ; [H+] = = ; pH = (pK - pKb – lgCo); pH = (pKa – lgCo) Bu yerda Co – tuzning boshlang’ich konsentratsiyasi; Kgid- tuzning gidroliz konstantasi; Kb – kuchsiz asosning dissotsilanish konstantasi; Ka – kislotaning dissotsilanish konstantasi. Gidroliz darajasi αgid = = 3) Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar anion bo’yicha qaytar gidrolizlanadi va eritmaning muhiti ishqoriy pH >7 bo’ladi. Masalan; Reaksiya tenglamasidan ko’rinib turibdiki, eritmada erkin OH- ionlari bo’lib, uning konsentratsiyasi toza suvdagi OH- ionlarining konsentratsiyasidan ko’proq, shuning uchun muhit ishqoriy (pH > 7) bo’ladi. Yuqoridagi tenglamaga ko’ra suv molekulalari bilan CH3COO- (atsetat) ionlari orasida reaksiya boradi. Shuning uchun gidroliz reaksiyasi anion bo’yicha sodir bo’ladi. Shunday qilib, quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin: a) tuzlar anion bo’yicha qaytar gidrolizlanadi; b) reaksiya muvozanati bunday reaksiyalarda chap tomonga kuchli siljigan bo’ladi; d) kuchli asos va kuchsiz kislotalardan hosil bo’lgan tuzlar eritmalarining muhiti ishqoriy bo’ladi; e) kuchli asos va ko’p asosli kuchsiz kislotalardan hosil bo’lgan tuzlar gidrolizlanganda kislotali tuzlar hosil bo’ladi va gidroliz bosqichma-bosqich boradi. Masalan: 1-bosqich: K2CO3 + H2O ↔ KHCO3 + KOH CO + H2O ↔ HCO-3 + OH- 2-bosqich: KHCO3 + H2O ↔ H2CO3 + KOH HCO-3 + H2O ↔ H2CO3 + OH- Kuchli asos va kuchsiz kislotalardan hosil bo’lgan tuzlar eritmalarida [H+] va pH qiymatlarini hisoblash formulalari Kgid = ; [H+] = ; pH = (pK + pKa + lgCo); gid = = Ka – kuchsiz kislotaning dissosilanish konstantasi. 4) Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuz ham kation, ham anion bo’yicha qaytmas gidrolizlanadi va eritmaning muhiti kuchsiz ishqoriy yoki kuchsiz kislotali yoxud neytral bo’lishi mumkin. Reaksiyaning muhiti kislota va asosning kuchiga ya’ni ularning dissotsilanish konstantalariga bog’liq. > bo’lsa, pH > 7; < bo’lsa, u holda pH < 7 bo’ladi. Kuchsiz asos va kuchsiz kislotalardan hosil bo’lgan tuzlar qaytmas gidrolizlanadi, shuning uchun ular (masalan; Aℓ2S3) suvli eritmalarda mavjud bo’la olmaydi: 3) kation anion neytral Bunday tuzlar „quruq usulda”, masalan; yuqori temperaturada elementlardan 2Aℓ + 3S → Aℓ2S3 reaksiya bo’yicha olinadi hamda nam o’tkazmaydigan germetik idishlarda saqlanadi. Kuchsiz asos va kuchsiz kislotalardan hosil bo’lgan tuzlarning gidrolizlanishiga misollar keltiramiz: 1) kation anion kuchsiz ishqoriy 2) anion kation kuchsiz kislotali 3) kation anion neytral Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar eritmalarida [H+] va pH larni hisoblash formulalari: Kgid = ; [H+] = ; pH = (p + pKa – pKb); αgid = Ham anion, ham kation bo’yicha gidrolizlanadigan tuzlarning gidroliz reaksiyalarida kimyoviy muvozanat o’ng tomonga kuchli siljigan bo’ladi, ya’ni gidroliz reaksiyasi qaytmasdir. Shuning uchun tuzlarning suvli eritmalarida boradigan almashinish reaksiyalarida 2 ta yangi tuz hosil bo’lmaydi. Bu tuzlardan biri qaytmas gidrolizga uchrab mos holda kam eriydigan asos va kuchsiz, uchuvchan (kam eriydigan) kislota hosil qiladi. Masalan: 3K2S + 2FeBr3 = Fe2S3 + 6KBr Fe2S3 + 6H2O = 2Fe(OH)3↓ + 3H2S↑ Umumiy holda 3K2S + 2FeBr3 + 6H2O = 2Fe(OH)3↓ + 3H2S↑ + 6KBr yoki ionli holda: 3S-2 + 2Fe+3 + 6H2O = 2Fe(OH)3↓ + 3H2S↑ Yana bir misol: Al2(SO4)3 + 3Na2CO3 + 3H2O = 2Al(OH)3↓ + 3Na2SO4 + 3CO2↑ Buni quyidagicha tushuntirish mumkin: Al2(CO3)3 + 3H2O = 2Al(OH)3↓ + 3CO2 Download 144.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling