Tuzlarning gidrolizi pH. Suvning ion ko’paytmasi. Kationlararo
Suvning ion ko’paytmasi. Vodorod ko’rsatkich
Download 144.99 Kb.
|
10-M
Suvning ion ko’paytmasi. Vodorod ko’rsatkich
Suv kuchsiz elektrolit bo’lganligi uchun juda kam dissotsilanadi: H2O ↔ H+ + OH- Suvning dissotsiyalanish konstantasi 250C da Bu yerda [H2O] suvning dissotsilanmagan molekulalari konsentratsiyasi bo’lib, uning miqdori 1 l suv uchun mol ga teng. 1000 ml (55,56 mol) suvdagi ionlarning konsentratsiyalarini hisoblasak, 1,8 ∙ 10-16 ∙ 55,56 = [H+] ∙ [OH-] = 10-14; 10-14 = Ksuv bu suvning ion ko’paytmasi deyiladi. Suvning dissotsiyalanishi endotermik jarayon bo’lganligi uchun temperatura ortishi bilan dissotsiyalanish kuchayadi va Ksuv oshadi. Toza suvda [H+] va [OH-] o’zaro teng bo’lib, 10-7 mol/l ni tashkil etadi: [H+] = [OH-] = 10-7 mol; kislotali eritmalarda > 10-7 mol/l; ishqoriy eritmalarda esa < 10-7 mol/l bo’ladi . [H+] va [OH-] o’rniga ularning manfiy ishora bilan olingan o’nli logarifmini ishlatish qulay ya’ni pH = - lg[H+]; pOH = - lg[OH-]. Suv uchun 250C da pH = - lg107- = 7; pOH = - lg107- = 7 bo’ladi. Demak, neytral muhitda pH = pOH = 7 bo’ladi. Ularning yig’indisi esa pH + pOH = 14. Kislotali eritmalarda pH <7; neytral eritmalarda pH = 0; ishqoriy eritmalarda pH > 7 bo’ladi. pH qiymati 7 dan qancha ko’p kichik bo’lsa, eritmaning kislotaligi shuncha yuqori bo’ladi. pH qiymatni aniqlashning bir necha usullari mavjud.Elektrolitlar suvli eritmalarining pH qiymatini aniqlash uchun ko’p hollarda indikatorlar ishlatiladi. Eritmaning muhitiga (pH qiymatiga) bog’liq holda o’zlarining ranglarini qaytar o’zgartiradigan moddalar indikatorlar deyiladi. Amaliyotda lakmus, fenolftalein va metiloranjlar indikator sifatida ko’proq ishlatiladi. Ular pH ning kichik oraliqlarida ranglarini o’zgartirishadi: Lakmus pH qiymatining 5÷8, metiloranj 3,1÷ 4,4 va fenolftalein 8,2 ÷ 10 . Indikatorlar rangining o’zgarishi quyidagi sxemada keltirilgan: Download 144.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling