Tuzlarning gidrolizi pH. Suvning ion ko’paytmasi. Kationlararo
Download 144.99 Kb.
|
10-M
Tuzlarning gidrolizi. pH. Suvning ion ko’paytmasi. Kationlararo, anionlararo va kation-anionlararo gidroliz jarayonlari. Tuzlar gidrolizi Erigan modda molekulalari bilan suv orasida boradigan ion almashinish reaksiyalariga gidroliz deyiladi. Anorganik moddalar – tuzlar, metallarning karbidlari, fosfidlari va gidridlari, metallmaslarning galogenidlari; organik moddalar- galogenalkanlar, murakkab efirlar, yog’lar, uglevodlar, oqsillar va nuklein kislotalar gidrolizga uchraydi: Aℓ4C3 + 12H2O = 4Aℓ(OH)3↓ + 3CH4↑; Ca3P2 + 6H2O = 3Ca(OH)2 + 2PH3↑ CaH2 + 2H2O = Ca(OH)2 + 2H2↑ Uglerod, azot, oltingugurt kabi tipik metallmaslarning yuqori galogenidlari (CCl4, SF6, NI3 va h.z) suvda kam eriydi va amalda gidrolizlanmaydi. Organik moddalalrdan murakkab efirlar, poli va disaxaridlar, nuklein kislotalar, oqsillar gidrolizlanadi: Murakkab efirlar (C6H10O5)n + H2O → 2C6H12O6; C12H22O11 + H2O → C6H12O6 + C6H12O6 kraxmal saxaroza glyukoza fruktoza C12H22O11 + H2O → 2C6H12O6 maltoza glukoza Gidroliz reaksiyasi qaytar yoki qaytmas bo’ladi. Gidroliz reaksiyalari orasida tuzlar gidrolizi muhim ahamiyatga ega. Ba’zi tuzlarning suvdagi eritmalari indikator qog’ozining rangini qizartiradi (kislotali muhit), ba’zilariniki esa indikator qog’ozining rangini ko’kartiradi (ishqoriy muhit), ba’zilariniki esa indikator qog’ozining rangini o’zgartirmaydi (neytral muhit). Bu o’z navbatida tuzlar gidrolizi bilan tushuntiriladi. Masalan, AlCl3 ning suvli eritmasi kislotali (pH<7), K2CO3 eritmasi ishqoriy (pH>7), NaCl va Pb(NO2)2 larning suvli eritmalari neytral (pH ≈ 7) muhitga ega. Bu tuzlar tarkibida eritmaning muhitini aniqlovchi OH- va H+ ionlari yo’q. Ammo shular va shularga o’xshash tuzlarning eritmalari qandaydir muhit (kislotali yoki asosli yohud neytral)ga ega bo’ladi. Bunga sabab tuzlarining gidrolizlanishidir. Tuzlar gidrolizi 3 xil bo’ladi: Download 144.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling