Tuzlarning gidrolizi
Ragʻbat ijobiy natijaga yetaklamoqda
Download 21.49 Kb.
|
Asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash.
Ragʻbat ijobiy natijaga yetaklamoqda
Soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar tufayli sanoat boʻyicha mehnat unumdorligining jadal oʻsishiga erishildi. Bunga, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korxonalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning barqaror faoliyatini taʼminlash, iqtisodiyotning real sektorida resurs bazasini kengaytirish hamda investitsiyaviy faollikni oshirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, xususiy tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar sabab boʻldi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga toʻgʻri kelib, uning ulushi 2020-yilda 83,0 foizni, shuningdek, YAIM tarkibida sanoatning ulushi 28,5 foizni tashkil etdi. 2019-yilning mos davri bilan solishtirganda ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida yuqori texnologiyali tarmoqning ulushi 1,9 foiz, oʻrta-yuqori texnologiyali — 22,4 foiz, oʻrta-quyi texnologiyali — 40,1 foiz va quyi texnologiyalisi 35,6 foiz boʻldi. Jami ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqarish, taʼmirlash hamda oʻrnatish, avtotransport vositalari, yarimtirkamalar va boshqa tayyor buyumlarni ishlab chiqarish sohasining ulushi — 19,4 foiz, metallurgiya sanoatining ulushi — 26,0 foiz, toʻqimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi — 15,8 foiz, oziq-ovqat, ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi — 16,9 foiz, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi — 6,9 foizni tashkil etdi. Bu mamlakatimizda sanoat tarkibini diversifikatsiya qilish borasidagi amalga oshirilgan chora-tadbirlarning ijobiy natijasi sifatida izohlanadi. Shuningdek, yaqin istiqbolda milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlovchi sanoat tarmogʻini tarkibiy jihatdan oʻrganish, tahlil qilish va sanoat mahsuloti ishlab chiqarish uchun eng samarali tarmoqlarga alohida eʼtibor qaratish lozim. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida milliy iqtisodiyotda chuqur tarkibiy islohotlar orqali uzoq muddatli barqaror oʻsishni taʼminlashning qator muhim yoʻnalishlari belgilab berildi. Ulardan biri sifatida yangi eksport bozorlariga chiqish Hukumatning eng asosiy vazifalaridan ekanligi qayd etildi. Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, qayta ishlangan mahsulotlarning jahon bozorlaridagi ulushi sezilarli boʻlsada, uni yana-da oshirish imkoniyatlari mavjud. Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini rivojlantirish va uning mahsulot tarkibini diversifikatsiya qilish oʻzaro aloqador boʻlgan ikkita omil guruhi orqali belgilanadi. Bir tomondan bu, tabiiy resurslar sohasidagi qiyosiy ustunliklar bilan tavsiflangan statik omillar boʻlib, ularning taʼsiri natijasida keyinchalik yuqori texnologik hamda yuqori darajada qayta ishlangan mahsulotlarga eʼtiborni kuchaytirishga imkon yaratiladi. Boshqa tomondan bu, innovatsiyalar va ilmiy-texnik yutuqlar bilan bogʻliq boʻlgan dinamik ravishda oʻzgarib turadigan raqobat ustunligi omillari hisoblanadi. Ularning birgalikda uzviy harakati natijasida milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish, eksportning barqaror oʻsishini va umuman, iqtisodiyot rivojida ragʻbatlantiruvchi taʼsirni taʼminlashga erishiladi. Xulosa oʻrnida aytganda, milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlash borasida soʻnggi yillarda mamlakatimiz hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar iqtisodiy oʻsishning barqaror poydevori sifatida xizmat qilmoqda. Jahon iqtisodiyotida pandemiyaning salbiy taʼsiri hali toʻliq bartaraf boʻlmaganligini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotning yaqin istiqbolda barqaror yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlashda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha chora-tadbirlarni yana-da faollashtirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Download 21.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling