Tuzlarning gidrolizi
Pandemiyaning salbiy taʼsiri
Download 21.49 Kb.
|
Asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash.
Pandemiyaning salbiy taʼsiri
Oʻtgan yili butun dunyoda yuzaga kelgan va hanuzgacha davom etayotgan pandemiya nafaqat odamlar salomatligiga, balki milliy iqtisodiyotlarning rivojlanishiga ham salbiy taʼsir koʻrsatdi. Bu jahonning qariyb barcha mamlakatida infeksiya tarqalishidan himoyalanish maqsadida bir qator cheklovlar hamda karantin tadbirlari joriy etilishi natijasida iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan koʻplab yirik kompaniya va korxonalarda ishlab chiqarish surʼatlari hamda aholi bandlik darajasi keskin pasayishi kabi holatlarda namoyon boʻldi. Umuman olganda, pandemiyaning taʼsiri oqibatida global iqtisodiyotda inqirozli holatning shakllanishi quyidagilar orqali yuzaga keldi: milliy iqtisodiyotda yalpi talab hajmining keskin tushishi va uning tarkibida sezilarli oʻzgarishlarning roʻy berishi; mamlakatlar oziq-ovqat, energiya, tibbiyot, ishlab chiqarish vositalari, mudofaa sanoati mahsulotlari bilan toʻliq oʻzini oʻzi taʼminlashga intilishi; aholi real daromadlarining kamayishi, ishsizlik va kambagʻallikning ortishi; neft inqirozlari va savdo “urushlari” natijasida ayrim mamlakatlarda salbiy saldo yuzaga kelishi; tadbirkorlik subyektlari daromadlarining keskin pasayishi, makro va mikro darajada moliyaviy oqimlar harakati hamda hajmidagi oʻzgarishlar; jahon bozorlarida talabning susayishi hisobiga milliy mahsulotlar eksporti hajmining qisqarishi; global iqtisodiyot va logistika tarkibining oʻzgarishi; ishlab chiqarishning asosiy mintaqalarida oʻzgarishlar roʻy berishi va raqobatbardoshlikning pasayishi; iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish va xizmatlar hajmining tushishi; yalpi talab va yalpi taklif oʻrtasidagi muvozanatning buzilishi; boy hamda qashshoq mamlakatlar oʻrtasidagi tavofutning kengayishi va boshqalar. Yuqoridagi holatlar eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va isteʼmol hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish “zanjir”lari hamda savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida xom ashyo tovarlari narxining pasayishi va konyunkturaning yomonlashuviga olib keldi. Download 21.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling