Tuzuvcchi: Omonaliyev Asadbek Mavzu: O’qigan badiy kitobi haqida taqriz yozish. Xalqa
Download 56.88 Kb.
|
Akademik yozuv 2 fanidan 2-topshiriq Omonaliyev Asadbek 651-22 guruh talabasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asardan parcha
Akademik yozuv 2 fanidan 2-topshiriq Guruh:651-22 guruh talabasi Tuzuvcchi:Omonaliyev Asadbek Mavzu: O’qigan badiy kitobi haqida taqriz yozish. Xalqa Akrom Malik 1991 yilda Toshkent viloyati Piskent tumanida tug'ilgan. Toshkent davlat milliy universiteti magistri, Alisher Navoiy ijod bilimdoni, "Halqa", "Jangi" va yana bir necha kitoblar muallifi hisoblanadi. Hali yosh bo'lishiga qaramasdan o'z ijodi bilan ko'pgina muxlislar yig'a olganligi tahsinga sazovardir. "Halqa" asari haqida xulosa qilib shuni aytishim kerakki asar "Islom" dini haqida bo'lib, bu dinni qanchalik sof ekanligi va qiyinchiliklar vaqtida ham o'z dinidan voz kechmagan hamda Islom diniga kirgan insonlar haqida yozilgan asarni qo'lingizga olar ekansiz, asarni o'qib bo'lganingizgacha tinchimaysiz qahramonlar haqida ularni kechmishlari haqida o'ylayverasiz. Va kitobni qanday tugatib qo'yganingizni sezmaysiz. “Halqa” qissasidagi voqealar oxirgi yuz yillikda bo‘lib o‘tadi. Va asarda Hind ummonidan suzib borayotgan “Urtvatul vuqso” kemasida ming nafar yo‘lovchilar ichidan ikkita jurnalist suhbati bilan boshlanib, musulmonlarning qanchalik diniga sodiqligini, qancha chidab bo‘lmas qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazsa ham o‘z dinidan kechmaganligiga tassanolar aytadi. Va asar so‘ngida er-xotin jurnalistlar ham, “Islom” dinini qabul qilishadi. “Qahramonlar qismati sizni goh Malayziya, goh Hind ummoni, goh Hind o‘lkasi, Afg‘on sahrolari, qadim Turkiston zamini, Bolqon yarimoroli va uyg‘ur diyorlariga yetaklaydi.”Asarda Abdulloh ismli yigitni hayoti haqida gap ketar ekan, siz kitobdan boshingizni ko‘tarolmay qolasiz. Kitobga shunaqangi bog‘lanasizki voqealar sizni o‘zingiz bilan yuz berayotganday tuyiladi go‘yo. Iymon va kufr, mo‘min va shayton orasidagi kurash, zolimning halokati, mazlumning saodati haqida hikoya qiladi. Unda iymonli insonning hayot mashaqqatlarini yengib g‘olib bo‘lishi, matonatning yuksak mukofoti haqida so‘z boradi. Asardan parcha: Hind ummonidan suzib borayotgan kemaning nomi «Urvatul vusqo» bo‘lib, yo‘lovchilar bu kemaga Indoneziya bandargohidan chiqishib, Saudiya sohillarida tuproqqa tushadilar. Musulmon shirkatiga tegishli kema ming nafar yo‘lovchini sig‘diradi. Ular ichida har toifa insonlarni uchratish mumkin. Biroq kemaning qatʼiy qoidasi bor: unda Islomiy axloq hukm suradi. Kemaga chiqishda bu qoida har bir insonga tushuntiriladi. Ochiq kiyinish, ajnabiy musiqalar tinglash, behayo odatlar taʼqiqlangan. Sarxush qiluvchi ichimliklar ichilmaydi, tamaki chekilmaydi. Kemada ixchamroq masjid bor. Download 56.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling