Tuzuvchi : abdusalomov shoxibek


Download 281.43 Kb.
bet3/4
Sana16.04.2023
Hajmi281.43 Kb.
#1360622
1   2   3   4
Bog'liq
11 -SINF ASOSIY JOYI

Hamsoyalik: gorchak baliq ikki pallali molluskaning mantiya bo‘shlig‘iga tuxum qo‘yadi.

  • Protokooperatsiya: aktiniya «zohid» qisqich- baqasini yirtqich baliqlardan himoya qiladi, u esa aktiniyalarning tarqalishini ta’minlaydi




    1. Raqobat bir turga mansub (tur ichidagi raqobat) va har xil turlarga mansub (turlararo raqobat) individlarning oziq, yashash joyi uchun va boshqa ekologik sharoitlar uchun kurashda namoyon bo‘ladi.




    1. Turlararo raqobat rus biologi G. F. Gauze (1932) tomonidan yaxshi o‘rganilgan




    1. U o‘z tajribasida oziqlanish xususiyatlari o‘xshash bo‘lgan infuzoriyalarning ikki turini pichan ivitmasida avval alohida idishlarda, so‘ng bitta idishda ko‘paytirdi.

    2. Alohida idishlarda infuzoriyalar normal ko‘payib, soni optimal darajagacha yetadi.

    3. Har ikki turni bir idishda ko‘paytirilganda esa, dastlab ikki turning soni avvaliga o‘sib boradi, lekin keyinchalik birinchi turga mansub infuzoriyalar soni asta-sekin kamayib borib, so‘ngra oziq muhitidan butunlay yo‘qolib ketdi.

    4. Bunda ikki turga mansub infuzoriyalar bir-biriga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmagan, faqat bir turga mansub infuzoriyalarning o‘sish jadalligi ikkinchi turnikidan yuqori.

    5. O‘zaro raqobatli munosabatlarda ekologik muhitga ko‘proq moslashgan tur g‘olib chiqadi




    1. Ushbu tajribadan «raqobatni cheklovchi prinsip» deb ataluvchi qonun kelib chiqadi:

    2. ikkita o‘xshash ekologik ehtiyojga ega turlar birgalikda yashay olmaydi, bir tur (raqobatbardosh tur) ikkinchi turni (kam raqobatbardosh) albatta siqib chiqaradi




    1. Agar birgalikda yashayotgan turlarning ekologik ehtiyojlari turlicha bo‘lsa, ular o‘rtasida raqobat kuzatilmayd




    1. Shunday qilib, turlar o‘rtasidagi raqobat «raqobatni inkor etuvchi prinsip» qonuniga ko‘ra bir turning ikkinchisini siqib chiqarishi orqali yoki turlarning birgalikda yashashiga imkon beruvchi turlicha ekologik ixtisoslashuv orqali bartaraf etiladi.




    1. Amensalizm – o‘zaro biotik munosabat turi bo‘lib, bu munosabatda bir turning faoliyati ikkinchi turga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan organizmning o‘zi esa bu munosabatdan foyda ham, zarar ham ko‘rmaydi.

    2. Masalan, yorug‘sevar o‘t o‘simliklar baland daraxtlar soyasida o‘sganda yorug‘lik yetishmasligi tufayli rivojlanishdan orqada qoladi.

    3. Daraxtlarga esa bu «qo‘shnichilik»dan foyda ham, ziyon ham yetmaydi.


    4. Download 281.43 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling