Tuzuvchi : abdusalomov shoxibek


Lishayniklar tanasidagi zamburug‘ va suvo‘tining o‘zaro simbioz usulda yashashi


Download 281.43 Kb.
bet2/4
Sana16.04.2023
Hajmi281.43 Kb.
#1360622
1   2   3   4
Bog'liq
11 -SINF ASOSIY JOYI

Lishayniklar tanasidagi zamburug‘ va suvo‘tining o‘zaro simbioz usulda yashashi misol bo‘ladi. Zamburug‘ mitselliylari suv va unda erigan mineral tuzlarni shimib, suvo‘tining yashashi uchun sharoit yaratadi.

  • Suvo‘tida sodir bo‘ladigan fotosintez jarayoni natijasida sintezlangan uglevodlar zamburug‘ning oziqlanishi, o‘sishi va rivojlanishiga zamin tayyorlaydi.

  • Dukkakli o‘simliklarning ildizida uchraydigan tugunak bakteriyalar o‘simlik ildizida joylashib, havo tarkibidagi azotni o‘zlashtiradi, azotdan avval ammiak, so‘ngra aminokislotalar sintezlaydi.




    1. Mikoriza – qalpoqchali zamburug‘lar va yuksak o‘simliklar o‘rtasidagi munosabat bo‘lib, yuksak o‘simliklar zamburug‘dan suv va unda erigan mineral tuzlarni shimadi, zamburug‘ esa o‘z navbatida hamkoridan uglevodlarni o‘zlashtiradi


    1. Termitlar va ularning ichagida yashovchi bir hujayrali xivchinlilar o‘rtasidagi munosabatlar. Termitlar yog‘och bilan oziqlanadi, lekin ular sellulozani parchalaydigan fermentlari bo‘lmagani uchun uni hazm qila olmaydi. Bir hujayrali xivchinlilar esa sellulozani parchalovchi ferment sintezlab, sellulozani shakarga parchalaydi







    1. Protokooperatsiya – (yunoncha – «protos» – dastlabki, «cooperatio» –

    2. hamkorlik) har ikki populatsiya hayot faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, ikki tomon ham manfaatdor, lekin majburiy bo‘lmagan, ya’ni har bir populatsiya alohida faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘zaro munosabat turi.




    1. Tabiatda shunday baliq turlari borki, ular yirik baliqlar terisini, jabra va og‘iz bo‘shlig‘ini parazitlardan tozalab beradi.

    2. Asalarilar gulli o‘simliklardan o‘ziga oziq (chang, nektar) olish davomida o‘simliklarni changlantiradi




    1. Kommensalizm (fransuzcha «commensal» – hamtovoq) – birgalikda yashaydigan organizmning biri ushbu munosabatdan foyda oladi, ikkinchisi hech qanday naf yoki zarar ko‘rmaydigan o‘zaro munosabatning bir turi sanaladi




    1. O‘z navbatida kommensalizm: hamsoyalik, hamtovoqlik, hamxo‘raklik kabi turlarga ajratilad

    2. Bir tur ikkinchisidan yashash joyi sifatida foydalanadigan va bu munosabatda o‘z «yashash joyi»ga zarar ham, foyda ham yetkazmaydigan o‘zaro munosabat turi sinoykiya (yunoncha «syn» – birga, «oikos» – uy) – hamsoyalik deb yuritiladi.




    1. Masalan, daraxtlarning tanasi va shoxlarida epifit o‘simliklar (orxideya, yo‘sinlar) va lishayniklar joylashib oladi.

    2. Qushlar, kemiruvchi hayvonlarning uyalarida turli o‘rgimchaksimonlar va hasharotlar yashaydi.

    3. Ayrim baliqlar meduzalar va aktiniyalarning paypaslagichlari orasiga yashirinib oladi.

    4. Boshqa bir baliq turi esa ikki pallali molluskalarning mantiya bo‘shlig‘iga tuxum qo‘yadi.

    5. Baliq tuxumlari molluskaga hech qanday zarar ham, foyda ham keltirmagan holda chig‘anoqlar himoyasida bo‘ladi.




    1. Hamtovoqlik – bitta oziq manbayining turli qismlarini iste’mol qilishda ifodalanadi. Masalan, tuproqda yashovchi saprofit bakteriyalar va o‘simliklar o‘rtasidagi munosabat chirituvchi bakteriyalarning o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanib, ularni mineral moddalargacha parchalashi va o‘simliklarning shu mineral moddalarni o‘zlashtirishida aks etadi.




    1. hamxo‘raklik , bu munosabat oziq orqali bog‘lanishlarga asoslangan. Bir tur boshqa turning oziq qoldiqlari bilan oziqlanishi hamxo‘raklik deyiladi.


    1. Masalan, ayrim qushlar timsoh va sirtlonning, tasqara esa sherning ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi. Odamning yo‘g‘on ichagida yashovchi bakteriyalar odamga ziyon yoki foyda yetkazmagan holda hazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi. Yopishqoq baliq esa maxsus so‘rg‘ichlari bilan akulalar terisiga yopishib olib akula bilan birgalikda harakat qiladi va uning ovqatlari qoldiqlari bilan oziqlanadi




    1. Kommensalizm tabiatda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir hududda ko‘plab turlarning yashashi va yashash muhitidan hamda resurslardan to‘liqroq foydalanishga imkon beradi.




    1. Antibioz. Antibioz munosabatlarga o‘zaro raqobat, parazitizm, yirtqichlik, amensalizm kabi munosabat shakllari misol bo‘ladi.





    1. Download 281.43 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling