SINONIMIK QATOR - SINONIMIK UYA
Sinonimik qator - ma'nodosh so'zlarning jamlanmasi.
Dominant - lotincha ustunlik, hokimlik qiluvchi.
Dominant - sinonimik qatorda barcha uslublarda birdek qo'llanila oluvchi so'z
odat ~ rasm-rusum, urf, an'ana
inson ~ odam(salbiy), banda, kishi, shaxs
botir - jasur, mard, qo'rqmas
kerak - lozim, darkor, shart
lapashang - landavur, so'tak, latta, noshud, bo'shang
dunyo - gardun, jahon, olam, koinot
bitirmoq - tugatmoq, tamomlamoq, ado qilmoq, nihoyalamoq, yakunlamoq
ayyor - mug'ombir, tulki, xiylagar, ustamon
aziz - arjumand, muhtaram, qimmatli, qadrli
atoqli - dongdor, mashhur, taniqli
allaqanday - qandaydir, g'alati, allanechuk
behisob - ulkan, beadad, cheksiz
pokiza - sof, iffatli, toza
qiziq - g'alati, ajoyib, ajib, ajab
sira - hech, aslo, zinhor
alohida - ba'zi, ayrim
xulq - axloq, odob, atvor
balli - tasanno, qoyil, yasha, ofarin, barakalla
beparvo - beg'am, loqayd, parvosiz, parvoyi palak
tayyor - hozir, taxt, shay
Sinonimlik sondan boshqa barcha so'z turkumlarida uchraydi :
Ot ~ yurak, qalb, dil
Sifat ~ chiroyli, ko'rkam, go'zal, suluv, barno
Olmosh - hamma, barcha, bari
Ravish - ko'p, bisyor, serob, talay, mo'l, ancha
Fe'l ~ tushunmoq, fahmlamoq, anglamoq, ilg'amoq
Bog'lovchi - va, hamda, bilan
Ko'makchi - doir, muvofiq, asosan, ko'ra, haqida, to'g'risida
Yuklama - faqat, xolos
Modal - lozim, darkor, kerak, zarur
Taqlid - qirs, qurs, qars
Undov - oh, voh, voy, dod
Es : songa mansub bitta so'zi yagona, yakka(sifat) so'zlari bilan konteksual sinonimlik
hosil qilishi mumkin.
Baytda sinonimlarni ketma-ket qo'yish orqali Tadrij (daraja) san'ati yuzaga keladi.
M : Agar oshiqlig'im aytsam
Kuyib jon-u jahon o'rtar
Bu ishq sirrin bayon qilsam
Taqi ul xonumon o'rtar.
Es : Sinonimlar faqat bir turkum doirasidagina qo'llanadi :
ozod, mustaqil, erkin (sifat) ; ozodlik, istiqlol, mustaqillik (ot)
Do'stlaringiz bilan baham: |