Tuzuvchi : shohruh arabjonov


Download 2.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/91
Sana16.11.2023
Hajmi2.34 Mb.
#1778889
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   91
Bog'liq
1-KITOB (SH.A.H.)

 
ANTONIMLAR (ZID MA‟NO) 
Antonimlar ( yunoncha- qarama-qarshi) bir-biriga qarama-qarshi ma‘noli so‘zlar 
bo‘lib, birini aytganimizda zid xayolimizga keladi. 
Misol : baland-past, oq-qora, katta - kichik. 
Eslatma: Antonimlar inson faoliyatidagi eng muhim siyosiy, axloqiy, fanniy qarashlar 
umumlashmasini aynan ifodalashning eng qulay usullaridir. 
Yaxshidan bog‟ qolar, Yomondan dog‟ qolar 
Rumiyning aytishicha: “ Har qanday narsaning qiymati uning zidi bilan namoyon 
bo‟ladi. Zidi bo‟lmagan narsani ta‟rif etish imkoniyatdan tashqaridadir. Shuning 
uchun ham Tangri Taolo odam qarshisida iblisni (shayton, azozil) Muso qarshisida 
Fir‟avn , Ibrohin oldida Namrudni, Mustafo qarshisida Abu Jahilni zid qilib yaratgan. 
Eslatma: Antonimlik faqat bir turkum doirasidagina bo‘ladi. 
M: yaxshi-yomon(sifat) oz-ko‘p (ravish) yaxshilik-yomonlik (ot) qish-yoz ( ot)
kelmoq-ketmoq ( fe‘l) 
Eslatma: Antonimlik sifat va ravishlarda keng uchraydi, ot va fe‘lda kam uchraydi. 
Eslatma: O‘zbek tilida son, olmosh, oraliq va yordamchi so‘zlar antonimlikdan 
holidir. Fe‘llardagi bo‘lishsizlik shakli (-ma) antonimlik hosil qilmaydi. Son, olmosh, 


fe‘llarning bo‘lishsizlik shakli (-ma) badiiy adabiyotda antonim sifatida kelib tazod ni 
yuzaga keltirishi mumkin. 
M: Xoh inon, Xoh inonma. 
M : Kecha kelgumdur debon
Ul sarvi gulro' kelmadi. 
Tazod (arabcha - zid) - Antonim so'zlarni qo'llash san'ati. 
M : Bunda yondosh shodlik va qayg'u 
M : yer-u osmon, kecha-yu kunduz 
Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadi. 
M : Kishi ko'rsa ayirmas hazon ila bahorimdin 
Es : antonimlar badiiy uslubda keng qo'llaniladi. 
"Kecha-yu kunduz", "Urush va tinchlik" 
ANTONIM TURLARI :
1.leksik-antonimliklar - so'zlar o'rtasidagi antonimlik : keng-tor, baland - past 
2.affiksal - antonimlik ~ qo'shimchalar 
M : hunarmand - hunarsiz, beodob-odobli 
3.Frazeologik - antonimlik(iboralar) 
qo'li uzun - qo'li kalta, oq ko'ngil - ichi qora 
4.lekso-frazeologik antonimlik 
suvtekin - qimmat, ogzi qulogida - xafa 
5.Konteksual ( shartli) antonimlik 
aytar so'zni ayt - aytmas so'zdan qayt 
holvani hokim yer - kaltakni yetim 
Es : ayrim zid ma'noli so'zlar juftlashib semantik usulda yangi lug'aviy ma'noga ega 
yasama so'zlar yasashi mumkin :
nari-beri(tez), achchiq-chuchik(salat) 
erta-kech(hamisha), bugun-erta(yaqinda) 
qishin-yozin(doimo), yosh-u qari (hamma) 
bordi-keldi(mehmondorchilik), kirdi-chiqdi(g'alati) oq-u qora(yaxshi-yomon), oldi-
berdi (savdo-sotiq) 

Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling