Tuzuvchi : shohruh arabjonov


SINONIMIK QATOR - SINONIMIK UYA


Download 2.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/91
Sana16.11.2023
Hajmi2.34 Mb.
#1778889
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91
Bog'liq
1-KITOB (SH.A.H.)

SINONIMIK QATOR - SINONIMIK UYA 
Sinonimik qator - ma'nodosh so'zlarning jamlanmasi. 
Dominant - lotincha ustunlik, hokimlik qiluvchi. 
Dominant - sinonimik qatorda barcha uslublarda birdek qo'llanila oluvchi so'z 
odat ~ rasm-rusum, urf, an'ana 
inson ~ odam(salbiy), banda, kishi, shaxs 
botir - jasur, mard, qo'rqmas 
kerak - lozim, darkor, shart 
lapashang - landavur, so'tak, latta, noshud, bo'shang 
dunyo - gardun, jahon, olam, koinot 
bitirmoq - tugatmoq, tamomlamoq, ado qilmoq, nihoyalamoq, yakunlamoq 
ayyor - mug'ombir, tulki, xiylagar, ustamon 
aziz - arjumand, muhtaram, qimmatli, qadrli 
atoqli - dongdor, mashhur, taniqli 
allaqanday - qandaydir, g'alati, allanechuk 
behisob - ulkan, beadad, cheksiz 
pokiza - sof, iffatli, toza 
qiziq - g'alati, ajoyib, ajib, ajab 
sira - hech, aslo, zinhor 
alohida - ba'zi, ayrim 
xulq - axloq, odob, atvor 
balli - tasanno, qoyil, yasha, ofarin, barakalla 
beparvo - beg'am, loqayd, parvosiz, parvoyi palak 
tayyor - hozir, taxt, shay 
Sinonimlik sondan boshqa barcha so'z turkumlarida uchraydi : 
Ot ~ yurak, qalb, dil 
Sifat ~ chiroyli, ko'rkam, go'zal, suluv, barno 
Olmosh - hamma, barcha, bari 
Ravish - ko'p, bisyor, serob, talay, mo'l, ancha 
Fe'l ~ tushunmoq, fahmlamoq, anglamoq, ilg'amoq 
Bog'lovchi - va, hamda, bilan 
Ko'makchi - doir, muvofiq, asosan, ko'ra, haqida, to'g'risida 
Yuklama - faqat, xolos 
Modal - lozim, darkor, kerak, zarur 
Taqlid - qirs, qurs, qars 
Undov - oh, voh, voy, dod 
Es : songa mansub bitta so'zi yagona, yakka(sifat) so'zlari bilan konteksual sinonimlik 
hosil qilishi mumkin. 
Baytda sinonimlarni ketma-ket qo'yish orqali Tadrij (daraja) san'ati yuzaga keladi. 
M : Agar oshiqlig'im aytsam 
Kuyib jon-u jahon o'rtar 


Bu ishq sirrin bayon qilsam 
Taqi ul xonumon o'rtar. 
Es : Sinonimlar faqat bir turkum doirasidagina qo'llanadi : 
ozod, mustaqil, erkin (sifat) ; ozodlik, istiqlol, mustaqillik (ot) 

Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling