Tuzuvchi : shohruh arabjonov


-a,-sa,-ka, -bon, -chil,-sil, -vul, -ag'on


Download 2.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/91
Sana16.11.2023
Hajmi2.34 Mb.
#1778889
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91
Bog'liq
1-KITOB (SH.A.H.)

-a,-sa,-ka, -bon, -chil,-sil, -vul, -ag'on 
-a : tun+a 
-sa : suvsa 
-ka : iska 
-bon : bog'bon 
-vul : qorovul 
-chil : dardchil 
-ag'on : chopag'on 
-sil : yo'qsil
Unumli yasovchilar
Eng unumli fe'l yasovchi : -la : gulla, oqla, ishla 
Eng unumli ot yasovchi : -chi : Paynetchi, ishchi 
Eng unumli sifat yasovchi : -li, -siz : suvli, tuzsiz
So'z yasovchi morfemalar tarkibiga ko'ra sodda va murakkab bo'ladi. 
Gul+chi+lik : 2 ta sodda qo'shimcha 
Dehqon+chilik : murakkab qo'shimcha (-chilik) 
Morfemaga ajratishni eslab qoling : 
Gul+chi+lik (sodda) 
Choy+xona+chi+lik (sodda) 
G'alla+chi+lik (sodda) 
Baliq+chi+lik (sodda) 
Mardikor+chilik (murakkab) 
Qul+chilik (murakkab) 
Oz+chilik (murakkab) 
Sherik+chilik (murakkab) 
Sahar + lab (murakkab) 
Erta+lab (murakkab) 
Tonna+lab (murakkab) 
Kilo+lab (murakkab) 
Yo'q+chilik (murakkab) 
Ish+la+b (sodda) 
Tayyor+la+n (sodda) 
Faxr+lan (murakkab) 
Bosh+la+sh (sodda) 
Yordam+lash (murakkab) 
Odam+garchilik (murakkab) 
Qiyin+chilik (murakkab) 
Yog'+in+garchilik (sodda, murakkab) 
Bog'+dor+chilik (sodda, murakkab) 
O'qi+t+uvchi+lik (murakkab, sodda)


Shakl yasovchi qo'shimchalar : 
1.Sintaktik shakl yasovchi 
2.Lug'aviy shakl yasovchi
Es : shakl yasovchi qo'shimchalar so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalar nomi bilan ham 
kelishi mumkin.
Lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar - yetakchi morfemaga (asos) ga qo'shilib 
undan yangi so'z yasamaydigan va o'zi qo'shilgan so'zni boshqasiga bog'lamaydigan 
uning ma'nosiga qo'shimcha ma'no yuklab, leksik ma'noni biroz o'zgartiradigan 
qo'shimchalar. 
M : kitob+lar (miqdorini ko'paytirdi) 
Katta+roq (kattalik darajasi me'yordan kamaydi) 
Qiz+cha( qizning yoshi kichikligini ko'rsatdi) 
Salima+xon (so'zlovchining Salimaga hurmatini ifodaladi)
Es : so'z yasovchilar leksik ma'noni tubdan o'zgartiradi, lug'aviy shakllar esa qisman 
o'zgartirib ma'noga unchalik ta'sir ko'rsatmaydi.

Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling