Tuzuvchi : shohruh arabjonov
Download 2.34 Mb. Pdf ko'rish
|
1-KITOB (SH.A.H.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Yetakchi morfema
MORFEMIKA (SO'Z TARKIBI) So'zlarning eng kichik ma'noli qismlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi morfemika deyiladi. Morfema - so'zning eng kichik ma'noli qismi. Morfema 2 ga bo'linadi : 1.Yetakchi morfema - asos, o'zak 2.Ko'makchi morfema - har qanday turdagi qo'shimcha. Bil+im+don+lik+dan Jami morfema : 5 ta Yetakchi morfema : bil Ko'makchi morfema : im,don,lik,dan Turkiy tilda asosan qo'shimcha asosdan so'ng qo'shiladi : Video+chi, tadbir+kor, toy+choq Ammo ayrim sifat va ravishlarga old qo'shimcha qo'shilib biror narsaga egalikni (badavlat, baquvvat, serfarzand, serqatnov) yoki ega emaslikni (beibo, behayo, noo'rin, nomard) bildiradi. Bir asosdan yasalgan so'zlar asosdosh so'zlar sanaladi. Fikrdosh, fikran, fikriy, hamfikr. Eslab qoling : toshloq, toshqin, toshsiz so'zlaridan toshloq va toshsiz o'zaro asosdosh. Tosh - qattiq jism Toshloq - toshi ko'p bo'lgan joy Toshsiz - toshga ega emaslik Ya'ni o'zaro aloqa mavjud!!! Toshqin - asosdagi tosh bu toshmoq ma'nosini bildiradi tosh - qattiq jismga aloqador emas, shunchaki shakldosh. Toshqin esa toshish xususiyatiga egalik ma'nosini bildiradi. Toshqin so'zi toshloq va toshsiz so'zlari bilan asosdosh emas !!! Tepki - tepishga xoslangan so'z. Tepmoq so'zi bilan mazmuniy bog'lanadi, yasama so'z. Tep+ki Eski va tulki so'zlaridagi -ki qo'shimchasi esa qismlarga ajralmaydi. Chunki tulki so'zi tul - beva so'zi bilan, eski so'zi esa esmoq fe'li bilan aloqador emas. Ter+im : termoq : terish jarayoni Bil+im : bilish harakati; bilish jarayonida qo'lga kiritilgan axborot. Qo'n+im : qo'nish, joylashish ; muqim joylashish, yashash. So'lim -> SO'LMOQ FE'LI: so'lim bog' deganda so'lib qolgan bog'ni tushunib bo'lmaydi. So'lim ma'nosi yoqimli, go'zal. Tila+k : tilamoq; tilangan narsa, niyat Kura+k : kuramoq ; kurash uchun mo'ljallangan asbob Terak -> bu so'zni ter+ak tarzida ajratib bo'lmaydi. Terakni termoq yoki inson teriga aloqasi yo'q. Ter -> terim (jarayon), terimchi (terish vazifasini o'tovchi shaxs) Tara+q -> taramoq ; tarovchi asbob Es : Gul, o'tov, kurak, do'st, aya so'zlari omonim hisoblanadi. So'zning yasalish tuzilishi bilan morfemik tuzilishi bir-biridan farqlanadi. Yasalish tuzilishida faqat yasovchi qo'shimchalar hisobga olinadi. Morfemik tuzilishda esa nechta ma'noli qism bo'lsa barchasi sanaladi. M : ter+im+chi+lar+ga 5 ta ma'noli qism, 5 ta morfema So'z yasovchi morfemalar : 2 ta. Yasashga asos qism haqida gaplashamiz : So'z yasalish tuzilishi doimo ikki tarkibiy qismdan iborat bo'ladi : Download 2.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling