Tuzuvchi : shohruh arabjonov


Download 2.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/91
Sana16.11.2023
Hajmi2.34 Mb.
#1778889
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91
Bog'liq
1-KITOB (SH.A.H.)

 
MORFEMIKA (SO'Z TARKIBI)
So'zlarning eng kichik ma'noli qismlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi morfemika 
deyiladi.
Morfema - so'zning eng kichik ma'noli qismi.


Morfema 2 ga bo'linadi : 
1.Yetakchi morfema - asos, o'zak 
2.Ko'makchi morfema - har qanday turdagi qo'shimcha.
Bil+im+don+lik+dan
Jami morfema : 5 ta 
Yetakchi morfema : bil 
Ko'makchi morfema : im,don,lik,dan
Turkiy tilda asosan qo'shimcha asosdan so'ng qo'shiladi : 
Video+chi, tadbir+kor, toy+choq 
Ammo ayrim sifat va ravishlarga old qo'shimcha qo'shilib biror narsaga egalikni 
(badavlat, baquvvat, serfarzand, serqatnov) yoki ega emaslikni (beibo, behayo, noo'rin, 
nomard) bildiradi.
Bir asosdan yasalgan so'zlar asosdosh so'zlar sanaladi. 
Fikrdosh, fikran, fikriy, hamfikr.
Eslab qoling : toshloq, toshqin, toshsiz so'zlaridan toshloq va toshsiz o'zaro asosdosh. 
Tosh - qattiq jism 
Toshloq - toshi ko'p bo'lgan joy 
Toshsiz - toshga ega emaslik 
Ya'ni o'zaro aloqa mavjud!!! 
Toshqin - asosdagi tosh bu toshmoq ma'nosini bildiradi tosh - qattiq jismga aloqador 
emas, shunchaki shakldosh.
Toshqin esa toshish xususiyatiga egalik ma'nosini bildiradi. 
Toshqin so'zi toshloq va toshsiz so'zlari bilan asosdosh emas !!!
Tepki - tepishga xoslangan so'z. Tepmoq so'zi bilan mazmuniy bog'lanadi, yasama 
so'z. Tep+ki 
Eski va tulki so'zlaridagi -ki qo'shimchasi esa qismlarga ajralmaydi. 
Chunki tulki so'zi tul - beva so'zi bilan, eski so'zi esa esmoq fe'li bilan aloqador emas.
Ter+im : termoq : terish jarayoni 
Bil+im : bilish harakati; bilish jarayonida qo'lga kiritilgan axborot. 
Qo'n+im : qo'nish, joylashish ; muqim joylashish, yashash. 
So'lim -> SO'LMOQ FE'LI: so'lim bog' deganda so'lib qolgan bog'ni tushunib 
bo'lmaydi. So'lim ma'nosi yoqimli, go'zal. 
Tila+k : tilamoq; tilangan narsa, niyat 
Kura+k : kuramoq ; kurash uchun mo'ljallangan asbob 
Terak -> bu so'zni ter+ak tarzida ajratib bo'lmaydi. Terakni termoq yoki inson teriga 


aloqasi yo'q.
Ter -> terim (jarayon), terimchi (terish vazifasini o'tovchi shaxs) 
Tara+q -> taramoq ; tarovchi asbob
Es : Gul, o'tov, kurak, do'st, aya so'zlari omonim hisoblanadi.
So'zning yasalish tuzilishi bilan morfemik tuzilishi bir-biridan farqlanadi. 
Yasalish tuzilishida faqat yasovchi qo'shimchalar hisobga olinadi. 
Morfemik tuzilishda esa nechta ma'noli qism bo'lsa barchasi sanaladi. 
M : ter+im+chi+lar+ga 
5 ta ma'noli qism, 5 ta morfema 
So'z yasovchi morfemalar : 2 ta.
Yasashga asos qism haqida gaplashamiz :
So'z yasalish tuzilishi doimo ikki tarkibiy qismdan iborat bo'ladi : 

Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling