Tuzuvchi : shohruh arabjonov
Download 2.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Mashq : Ko'p qayg'urdim, ozroq bo'ldim shod Yerga qarab ko'zim yoshladim Yoki erta tugadi hayot Yo men kechroq yashay boshladim... Savollar : 1)faqat til undoshlaridan tuzilgan so'zlar soni? 2)faqat jarangli undoshlardan tuzilgan so'zlar soni? 3)hosil bo'lish o'rniga ko'ra birlashtiruvchi belgiga ega bo'lgan so'zlar soni? 4)faqat lablanmagan unlilardan tashkil topgan so'zlar soni? 5)lab undoshlari necha o'rinda qatnashgan? 6) necha o'rinda fonetik o'zgarish ro'y bergan? 7)nechta so'zda fonetik hodisa kuzatilgan? 8)hosil bo'lish o'rniga ko'ra ikki guruhga kiruvchi undoshlar qatnashgan so'zlarda nechta portlovchi, jarangli, til oldi undoshi mavjud? 9)sonor tovush bilan tugagan yopiq bo'g'inlar soni? 10)portlovchi undoshlardan tuzilgan so'zlar soni sirg'aluvchi undoshlardan tuzilgan so'zlar sonidan qanchaga ko'p? 11)jarangli jufti yoq jarangsizlar nechta? 12)jarangsiz jufti yo'q jarangli til oldi portlovchi undoshi nechta? 13)tovushlar soni harflar soniga teng kelmagan so'zlarda jami nechta jarangsiz sirg'aluvchi til undoshi qatnashgan? 14)chuqur til orqa undoshi necha o'rinda mavjud? 15)til orqa undoshlari mavjud so'zlar soni? 16)keng unlilar va portlovchi undoshlargina qatnashgan so'zlar soni? 17)hosil bo'lish usuliga ko'ra birlashtiruvchi belgiga ega undoshlardan tarkib topgan so'zlar soni? Download 2.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling