Orfografiya - To'g'ri yozish me'yorlari (imlo qoidalari)ni o'rganuvchi bo'lim.
Imlo quyidagi qoidalarga asoslanadi :
✔1. FONETIK yozuv tamoyili
✔2.MORFOLOGIK yozuv tamoyili
✔3. SHAKLIY yozuv tamoyil
✔4.TARIXIY - AN'ANAVIY tamoyil
✔5. FARQLASH tamoyili
Fonetik tamoyil - so'zlarga qo'shimcha qo'shilsa qanday aytilsa, shunday yoziladigan
tamoyil.
Es : fonetik tamoyil asosida yozilgan so'zlar soni doimo fonetik hodisaga uchragan
so'zlar soniga teng keladi.
Shu sabab fonetik hodisaga uchragan so'zlarni topish kifoya!!!!
M : ukamni bunchalik tez ulg'ayadi deb o'ylamagandim.
Fonetik hodisaga uchragan so'zlar : bunchalik, ulg'ayadi, o'ylamagandim
Fonetik tamoyil asosida yozilgan so'zlar :
Bunchalik, ulg'ayadi, o'ylamagandim
Morfologik tamoyil - so'zlarni eshitganimizcha emas, balki imlo qoidalariga
asoslanib
yozilishini ta'minlovchi tamoyil.
Ya'ni so'zlarni eshitganimizcha emas, asliga qarab yozish nazarda tutiladi.
Masalan : kitob so'zini biz og'zaki talaffuzda kitop deymiz. Ammo kitop yozmaymiz.
Demak bu morfologik tamoyilda yozilgan.
M : g'isht, go'sht, farzand, do'st, past kabi qator undoshli so'zlar ham morfologik
tamoyil asosida yoziladi!!
SHAKLIY TAMOYIL - boshqa tillardan kirgan so'zlar qanday yozilsa, shu shaklda
bo'ladi...
Ustol emas stol, Tanka emas tank, Rektir emas rektor
Do'stlaringiz bilan baham: